Mavzu: psixologning kommunikativligi va ta’sir etish usullari


Download 112.19 Kb.
bet8/11
Sana20.12.2022
Hajmi112.19 Kb.
#1039206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QnB2WGnkw3zXbTJL5gxmRXEk5tKFArMm629KfCHF

Aloqa kanallarining haddan tashqari ko‘payib ketishi ham kommunikatsion jarayonga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Bunday muammo axborotlarni qayta ishlash va ularni uzatish vositalarining etishmovchiligi yoki ularning nomukammalligi oqibatida sodir bo‘ladi.
Nomaqul tashkiliy struktura ham kommunikatsion jarayonda muammo tug‘diruvchi omillardan biri hisoblanadi. Qanchalik boshqaruv bo‘g‘inlari ko‘p bo‘lib, funktsiyalar, vazifalar va vakolatlar bir-birini ko‘p takrorlasa, shunchalik axborotning manziliga etib borishi sekinlashadi. Natijada shu davr ichida har bir bo‘g‘inda o‘ziga maqbul bo‘lgan "tuzatishlar" kiritiladi. Bu jarayonda bo‘limlar va bo‘g‘inlarda sodir bo‘ladigan ixtiloflar, axborotlar almashuviga va qarorlarni qabul qilishga jiddiy to‘siqlarni yaratadi.
Kommunikatsiya - bu odamlarning o‘zaro ish faoliyatidagi bir-biri bilan bo‘lgan axborot ayirboshlashuvi. Boshqacha aytganda, kommunikatsiya-bu muloqot.
O‘qituvchi nutq yordamida, shuningdek imo-ishora vositasida o‘z fikri hamda his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyatiga ega bo‘ladi va bu o‘qituvchilik kasbi uchun juda ham muhimdir. Har qanday ma’lumotni ishoralar tizimi orqali uzatishi mumkin. Bu borada verbal va noverbal kommunikatsiya turlarini ajratmoq lozim. 
Verbal - kommunikatsiya-bu nutq. 
Noverbal - nutqsiz, so‘zlashuvsiz kommunikatsiyadir. Noverbal kommunikatsiya usullari nutq bilan so‘zlashuvni to‘ldiradi. O‘rtacha olganda kishi bir kunda 30 daqiqa atrofida so‘zlashadi. Verbal kommunikatsiya orqali axborotning taxminan 7% uzatiladi (ishbilarmonlar orasida muloqotda 35%), noverbal muloqotda sea 60% dan 70% gacha axborot uzatiladi. Shuning uchun ham, ming marotaba eshitgandan ko‘ra, bir marotaba ko‘rgan afzal deyishadi. Boshqacha aytganda, noverbal kommunikatsiya nutqiy so‘zlashishga qaraganda ma’lumotlarga ancha boydir.
Verbal kommunikatsiya - bu so`z va nutqimiz orqali ko`rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so`zlardir. Ma’lumki, nutq - bu so`zlashuv, o`zaro muomala jarayoni bo`lib, uning vositasi - so`zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham, dialogik nutqda ham odam o`zidagi barcha so`zlar zahirasidan foydalanib, eng ta’sirchan so`zlarni topib, sherigiga ta’sir ko`rsatishni xohlaydi. Verbal kommunikatsiya - bu so‘zlashish. Ritorika - notiqlik sana’ti bo‘lib, kishidan chuqur bilim, yuksak madaniyat va maxsus ijrochilik salohiyati (chiroyli va ta’sirchan ovozi, aniq va ravshan talaffuzi) ni talab qilgan.
O‘qituvchining nutqi darsda hamisha o‘quvchilarga qaratilgan bo‘ladi. O‘qituvchi yangi materialni tushuntirayotgan, o‘quvchining javobini tahlil qilayotgan yoki ma’qullamayotgan bo‘lsa ham uning nutqi hamisha ta’sirchanligi, o‘zi so‘zlab berayotgan mavzuga qiziqayotganligi bilan ajralib turadi. Fikrning ifodasi o‘quvchilar uchun aniq, sodda, tushunarli bo‘ladi.
O‘qituvchining bayoni o‘quvchilar fikri va diqqatini yuksak darajada faollashtirishga qaratiladi; o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yib, ularni asta-sekin to‘g‘ri javob berishga undaydi, o‘quvchilarning diqqatini kuchaytiradi hamda fikrini faollashtiradi. SHuningdek, o‘rinli qochiriq, hazil, engilgina istehzo nutqni jonlantirib yuboradi va uni o‘quvchilar tez o‘zlashtiradilar.
O‘quvchining nutqi aniq, jonli, talaffuzi jihatidan yorqin, ifodali bo‘lib, unda stilistik, grammatik, fonetik nuksonlar uchramasligi lozim. Bir xildagi chiziq, zeriktiradigan nutq o‘quvchilarni tez charchatadi, ularni lanj va loqayd qilib qo‘yadi. Ayrim o‘qituvchilar tez gapirishga moyil bo‘ladilar. Biroq o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari uchun o‘rtacha jonli nutq yaxshi natija berishini esdan chiqarmaslik lozim. SHoshqaloqlik materialni o‘zlashtirishga halaqit beradi va bolalarni tez charchatadi. Haddan tashqari sekin nutq lanjlik va zerikishga sabab bo‘ladi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o‘quvchilarning asabini buzadi, toliqtiradi. Tavsiya etilgan nutq texnikasida ma’yor bir daqiqada 60 — 80 so‘zni tashkil etadi. (Novyu pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskie masterstvo. Tashkent, 2005 god, str.65.)
Demak, nutq texnikasi deganimizda nutqni o‘quvchiga etkazishda qo‘llaniladigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil bo‘lganidan, uning texnikasi ham ikki xil ko‘rinishdadir:
a) Og‘zaki nutq texnikasi;
b) Yozma nutq texnikasi.

Download 112.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling