Mavzu: psixologning kommunikativligi va ta’sir etish usullari


Download 112.19 Kb.
bet9/11
Sana20.12.2022
Hajmi112.19 Kb.
#1039206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
QnB2WGnkw3zXbTJL5gxmRXEk5tKFArMm629KfCHF

Og‘zaki nutq texnikasi — tovush, bo‘g‘in, so‘zlar, uning shakllarini talaffuz etishni yaxshilash borasida nutq organlarining faollashtiruvchi mashqlarni anglatadi. Bunga nafasdan foydalanish, tovush tembrlarini yaxshilash, diksiyaga e’tibor berish, tovushlarning past-baland tovlanib turishi, undoshlarni talaffuz etish, ohang kabilar kiradi. Nutq texnikasidagi muhim ko‘rsatkichlardan biri uning hissiyligidir. Psixologlar ijobiy hissiyotni inson foaliyatidagi qudratli omil deb hisoblaydilar. Umuman olganda nutq sifati, ovoz har bir o‘qituvchida har xil bo‘ladi. Biroq tegishli mashqlar natijasida ovozni o‘zgartirish mumkin. Nutqdagi kamchiliklarni yo‘qotish uchun tinmay mashq qilib borish zarur. Ovozdan foydalanishda nutq texnikasining asosini tashkil qiluvchi nutq apparatlarini yaxshi bilish kerak.
O‘qituvchilik kasbi bevosita uning ovoz xususiyatlari bilan bog‘liq. YOqimli va jarangdor ovozga ega bo‘lgan o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarini ovozining shiradorligi bilan ham o‘ziga maftun etadi. Bunday xususiyatga ega bo‘lish uchun o‘qituvchi o‘z ovozining yanada shirador, yoqimliligini oshirishga harakat qilishi, ovozdan foydalanish va uni yaxshilash texnikasi ustida muntazam mashq qilib borishi lozim. O‘qituvchi ovozida quyidagi xususiyatlar mavjudligi talab qilinadi:
Jarangdorlik (tovushning tozaligi va tebranish yorqinligi).
Keng diapazonlik (ovozning eng pastdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi).
Havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlikka ega bo‘lish).
Ixchamlik, harakatchanlik.
Chidamlilik (uzoq gaplashish qobiliyatiga ega bo‘lish).
Qarshi tovushlarga nisbatan barqarorlik.
Ovozni hayajonli bo‘lishi — qanday so‘z aytilayotganidan qat’iy nazar, tinglovchining xulqiga ta’sir qilish xususiyati.
Yozma nutq texnikasi, yozma nutq uchun zarur bo‘lgan texnik va ish qog‘ozlariga xos bo‘lgan texnik xususiyatlar. YOzma nutqqa xos bo‘lgan xususiyatlar: har bir gapni boshlashda bosh harf bilan boshlanishi, tugallanganda nuqta qo‘yilishi, xat boshidan yozganda abzatslar, gapning mazmuniga qarab qo‘yiladigan belgilar va boshqalardir.

Download 112.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling