7.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit tahlili
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarning pul-kredit sohasini tadqiqot qiluvchi mutaxassislari biror-bir mamlakatga xos bo‘lgan tizimiy va institutsional xarakterga ega bo‘lgan muayyan muammolarga duch kelishadi.
-Pul aylanish tezligining tez-tez o‘zgarib turishi.
-Tijorat banklari orasida raqobatning yo‘qligi.
-Korxonalarning o‘zaro qarzdorligi.
-Pul va moliya bozorlarining mavjud emasligi.
-Foiz stavkalari sohasidagi muammolar.
-Depozit va kredit stavkalari orasidagi katta farq.
-Davlat sektorining moliyalashtirishga katta ehtiyojlari.
7.2.Pul agregatlarini bashoratlash. Pulga talabni bashoratlash. Pul taklifini bashoratlash
PKBIning moliyaviy dasturlashni amalga oshirishdagi asosiy vazifasi
belgilangan inflatsiya sur’atlari va YaIMning real o‘sish sur’atini
ta’minlovchi pul taklifi bilan pulga talab darajalarini
muvofiqlashtirishdan iborat bo‘ladi. Pulga talab bashorati PKBI
belgilangan pul massasi hajmiga erishish maqsadida boshqaruv
vositalariga o‘zgartirishlar kiritish uchun zarurdir.
Pulga talab bashorati Pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarni miqdoriy baholash va ularni iqtisodiyotning boshqa sektorlari bilan bog‘lash uchun asos bo‘lib pulkredit sharhi (PKSh) xizmat qiladi. PKShning asosiy ayniyati quyidagicha yoziladi:
NFA+NDC=M2-OIN, bu yerda:
M2 – keng ma’nodagi pul massasi, ya’ni tor ma’nodagi pul massasi (M1) bilan kvazi pullar (QM) yig‘indisi;
NFA – sof xorijiy aktivlar; NDC – sof ichki kreditlar;
OIN –boshqa sof moddalar.
PKBIning muhim vazifalaridan biri yuqorida keltirilgan
o‘zgaruvchilarning talabga javob beradigan va kutilayotgan boshqa
makroiqtisodiy o‘zaruvchilarga mos keluvchi kelgusidagi miqdorlarini
bashoratlashdir. Bu yo‘lda birinchi muhim qadam sifatida pulga talabni
bashoratlash hisoblanadi. Pulga talabni baholashda ikkita asosiy yondashuv mavjud. Ulardan birinchisi nominal YaIM ni pul massasi miqdoriga bo‘lish orqali hisoblanadigan pul aylanish tezligining oxirgi o‘zgarishlarini ekstropolyatsiyalashga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |