Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа


Download 39.25 Kb.
bet7/11
Sana30.04.2023
Hajmi39.25 Kb.
#1417712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа

5.1. Pullar taklifi
M. Fridmen maktabining pullar taklifi xususidagi qarashlari
tahlilidan iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi pul massasining mo‘tadil
va muntazam o‘sishini talab qiladi, degan xulosa kelib chiqadi25. Mazkur xulosa pul massasining o‘sish sur’ati doimiy bo‘lishi lozim va uning o‘zgarishi iqtisodiy kon’yunkturaning tebranishlariga umuman bog’liq emas, degan monetarizmning nazariy qoidasi shakllanishiga sabab bo‘ldi. Ushbu qoida M. Fridmenning «pullarga bo‘lgan talabning barqaror funktsiyasi» konsepsiyasiga asoslanadi27. Ushbu konsepsiyaning mohiyati shundaki, pullarga bo‘lgan talab kassa qoldiqlari va nominal daromadning o‘sishiga mos ravishda kamaymaydi, aksincha o‘zgarmasdan qoladi. Chunki, pullar taklifidagi har bir o‘zgarish nafaqat investitsiyalar darajasiga, balki shaxsiy iste’molning hajmiga ham ta’sir qiladi. Shaxsiy iste’molning hajmi esa, o‘z navbatida, nominal daromadlarning dinamikasiga mutanosib ravishda o‘zgarib boradi. Natijada pullarga bo‘lgan talab har bir alohida olingan davr mobaynida barqaror miqdor sifatida saqlanib qoladi, pullar taklifi esa doimiy ravishda tebranib turadi. Umuman, monetarizm maktabi vakillari Markaziy bank pullar taklifini tartibga solish uchun real imkoniyatlarga ega28, degan xulosani himoya qiladilar. Ularning fikricha, inflatsiya sof pul fenomeni bo‘lib, ko‘p omilli jarayon emas. Monetarchilar inflatsiyaning yuzaga kelish sababi sifatida pul massasining ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori sur’atlarda o‘sishini ko‘rsatadilar. Inflatsiyaning mohiyati xususidagi qarashlaridan kelib chiqqan holda, ular, pul massasini tartibga solish yo‘li bilan inflatsiyani jilovlash mumkin, deb hisoblaydilar va bu vazifani faqatgina Markaziy bank bajara oladi29, degan fikr ilgari suriladi. J. Keynsning pul massasining iqtisodiy tizimning holatiga ta’sirini tavsiflovchi pul-kredit siyosatining uzatish mexanizmi to‘g’risidagi nazariyasi, uning pullar taklifi xususidagi qarashlariga sezilarli darajada oydinlik kiritdi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, J. Keyns, foiz stavkalarining rejali investitsiyalarga ta’sirini pul-kredit siyosati uzatish mexanizmining asosiy bo‘g’ini, deb hisobladi. Bunda pullar taklifining o‘sishi natijasida foiz stavkasining pasayishi investitsiyalarning muqobil qiymatini pasaytiradi, degan xulosaga kelindi. Ayni vaqtda, foiz me’yorining pasayib borishi bilan firma va kompaniyalar o‘zlarining rejali
investitsiyalari hajmini oshiradilar. Bu xarajatlar rejali xarajatlarning
umumiy summasi bilan qo‘shilib, tovar zaxiralarining ko‘zda tutilmagan
miqdorda sarflanishiga olib keladi. Firma va kompaniyalar esa, bunday
sharoitda mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytiradilar. Bu esa, o‘z
navbatida, milliy daromadning ko‘payishiga olib keladi.

Download 39.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling