Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа
Download 39.25 Kb.
|
Мавзу Pul-kredit sektorining iqtisodiy tahlili Режа
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.1.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari. Qayta moliyalash siyosati.
- Majburiy zaxira siyosati.
3.1. Pul-kredit siyosati vositalari va ularning amal qilish
mexanizmi 3.1.1. Pul-kredit siyosati vositalari (instrumentlari) ning turkumlanishi Iqtisodiy adabiyotda pul-kredit siyosati vositalari, ya’ni instrumentlarini quyidagi ikki guruhga ajratish keng tarqalgan: 1. An’anaviy instrumentlar. 2. Noan’anaviy instrumentlar. Pul-kredit siyosatining an’naviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: - qayta moliyalash siyosati; - majburiy zaxira siyosati; - ochiq bozor siyosati; - valuta siyosati; - depozit siyosati. Pul-kredit siyosatining noan’anaviy instrumentlariga quyidagilar kiradi: - tijorat banklarining kreditlash hajmiga nisbatan limitlar belgilash; - tijorat banklari kreditlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; - tijorat banklari depozitlari foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilash; - selektiv kreditlash. 3.1.2. Pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlari. Qayta moliyalash siyosati. Markaziy bank pul-kredit siyosatini amalga oshirishda uning an’anaviy instrumentlaridan (qayta moliyalash siyosati, majburiy zaxira siyosati, ochiq bozor siyosati, valuta siyosati va depozit siyosati) foydalanish muhim o‘rin tutadi. Nafaqat taraqqiy etgan mamlakatlarda (katta yettilik davlatlari – AQSh, Yaponiya, GFR, Frantsiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Kanada), balki o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida ham an’anaviy monetar instrumentlardan foydalanish pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tayanch vositalari vazifasini bajarmoqda. Markaziy bankning qayta moliyalash siyosati Markaziy bank tomonidan tijorat banklarini kreditlash bilan bog’liq bo‘lgan tadbirlar majmui bo‘lib, ushbu siyosat quyidagi uch xil kreditlash usulidan foydalanilgan holda amalga oshiriladi: 1. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi trattalarni qayta hisobga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli. 2. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan, ularning balansidagi qimmatli qog’ozlarni garovga olish yo‘li bilan, kreditlash usuli. 3. Tijorat banklarini Markaziy bank tomonidan to‘g’ridan - to‘g’ri kreditlash usuli. Majburiy zaxira siyosati. Majburiy zaxira siyosati Markaziy bank pul-kredit siyosatining an’anaviy instrumentlaridan biri hisoblanadi. Bunda uch xil tushuncha qo‘llaniladi: 1.Zaxira talablari (reserve requirements). 2.Minimal zaxiralar (minimum reserves). 3.Majburiy zaxiralar (legal reserves). Majburiy zaxira siyosati pul-kredit siyosatining instrumenti sifatida dastlab AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) tomonidan mamlakat bank tizimining likvidliligiga ta’sir etish maqsadida joriy qilingan edi. Hozirgi davrga kelib majburiy zaxira siyosati muomaladagi pul massasini tartibga solishning, milliy bank tizimining likvidliligiga Markaziy bank tomonidan ta’sir etishning muhim, ta’sirchan vositasiga aylandi. Download 39.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling