Mavzu: Qadimgi Xitoy


Download 359.26 Kb.
bet5/15
Sana09.10.2023
Hajmi359.26 Kb.
#1696238
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mavzu Qadimgi Xitoy

Davlat tuzumi. In podsholigining dastlabki bosqichlarida davlat tuzumida urug`-qabila harbiy demokratiyasi qoldiqlari saqlanib qolgan. Lekin vaqt o`tgan sari podsho asta-sekin butun hokimiyatni o`z qo`liga olib borgan. Shan (In) oqsoqollari qabila boshliqlaridan yakka hukmdorlarga aylanganlar. Fuqarolar orasida ular to`g`risida go`yo ular hokimiyatni ilohiy kuch irodasi bilan olgan. "Osmon o`g`li" bo`lganligi
haqidagi tasavvurlar mustahkamlangan.
Podsho birinchi va eng yirik quldor, oliy harbiy boshliq, eng oliy sudya va eng katta ruhoniy hisoblangan. Din uni xalq ommasi ko`zi o`ngida ilohiy kelib chiqqanligini tasavvur etgan. Podsho davlat apparatiga boshchilik qilgan, o`ziga yaqin kishilardan va qarindosh urug`laridan oliy mansabdor shaxslarni tayinlagan. Ancha mayda mansablarni o`zlariga kasb qilib olgan qator chinovniklar: kotiblar, mirzalar, soliq yig`uvchilar, sudyalar va boshqalar egallab turgan.
Mansabdor shaxslar uchta asosiy toifaga: oliy fuqarolik chinovniklari; harbiy chinovniklar; turli xil maslahatchilar, avliyolarga bo`lingan. Shuningdek davlatning muhim ajralmas qismi hisoblangan armiya va turmalar ham mavjud bo`lgan.
Miloddan avvalgi XII asrda Shan (In) davlati ichki ziddiyatlar kuchayishi natijasida tushkunlikka uchragan. In davlati kuchsizlangach, u tomondan bo`ysundirilgan qabilalar, jumladan, chjou qabilasi ham unga itoat etmay qo`ygan. Chjou qabilasi rahbarligida qator qabilalar birlashib, In davlatiga qarshi kurash boshlab yuborganlar. Miloddan avvalgi 1076 yilda Chjou qabilasi in armiyasini tor-mor etgan, Shan davlati qulagan, uning o`rniga Chjou podsholigi tashkil topgan.
Chjou davlati(miloddan avvalgi xi-iii asrlar). Chjou podsholigi Xitoy tarixida quyidagicha uchta davr: g`arbiy Chjou (miloddan avvalgi 1122-742 yillar); Sharqiy Chjou (miloddan avvalgi 770-403 yillar); "urushqoq podsholiklar" davri (miloddan avvalgi 403-221 yillar)ga bo`linadi.8
G`arbiy Chjou davlatining chegarasi Vey daryosi boshidan Sharqda Sariq dengizgacha davom etib, uning poytaxti Xao shahri bo`lgan.
G`arbiy Chjou podsholigi hukmdorlari davrida ular atrofdagi qabilalar, xususan junlar bilan urush olib borganlar. In podsholigini bosib olgan chjou qabilalari inlar qo`lga kiritgan xo`jalik, harbiy va moddiy madaniyat sohasidagi yutuqlarni o`zlashtirganlar. Bu davrda ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishining ancha yuqori darajasiga erishilgan, yirik yer egaligi rivojlangan, qulchilik ham o`sgan, davlat ancha mustahkamlanib, uning tarkibiy tuzilishi murakkablashgan.





Download 359.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling