Dt «Pul mablag’lari» 500000
Kt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
2004 yilning 14 yanvar kuni xaridorga mahsulot jo’natilganda
Dt «Buyurtmachi va xaridorlardan olingan bo’naklar» 500000
Kt «Mahsulotni sotishdan olingan daromad» 500000
Hisoblangan soliqlar bo’yicha majburiyatlar hisobi.
Хo’jalik yurituvchi sub’ektlar mamlakat hududida amaldagi qonunlarga ko’ra faoliyatlarining barcha turlaridan olayotgan daromadlari, yaratayotgan qo’shimcha qiymati summasi, mulki, xodimlarining ish haqidan ushlab qolingan daromad solig’i hamda boshqa soliqlar va majburiy ajratmalar bo’yicha yuzaga kelayotgan majburiyatlarning hisob-kitobini to’g’ri yuritishlari lozim. Bir necha misol yordamida soliqlar bo’yicha yuzaga keladigan majburiyatlarni hisobga olish tartibini keltiramiz.
6-misol. «XYZ» kompaniyasi qo’shilgan qiymat solig’i to’lovchisi hisoblanadi. Hisobot davrida korxona xaridorlarga nasiyaga 300000 so’mlik mahsu-lot sotdi. Qo’shilgan qiymat solig’ining harakatdagi stavkasi 20 %. Ushbu holatda qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblab topish va buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtirish lozim.
Dt «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar» 300000
Kt «Qo’shilgan qiymat solig’i» (300000 x 20 %) : 120 % 50000
Kt «Mahsulot sotishdan olingan daromad» 250000
7-misol. Ishlab chiqarish korxonasi bo’lgan «XYZ» kompaniyasi tomonidan hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxi va majburiy ajratmalar va soliqlar chiqarib yuborilgan davr xarajatlari summasi 1000000 so’mni tashkil qildi. Shu davr uchun ekologiya solig’ining harakatdagi stavkasi 1% ga teng. Ekologiya solig’i bo’yicha yuzaga kelgan majburiyatni hisoblash va uni buxgalteriya yozuvlarida aks ettirish lozim.
Dt «Davr xarajatlari» (1000000 x 1 %) 10000
Do'stlaringiz bilan baham: |