Mavzu: qobiliyat reja: Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari


Download 49.86 Kb.
bet7/9
Sana11.10.2023
Hajmi49.86 Kb.
#1697717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu qobiliyat reja Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzili-fayllar.org

Lingvistik qobiliyatlarni A.X. YUgay o‘rgangan. Lingvistik qobiliyatlar
tarkibida u fonematik eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi), lingvistik tafakkur va
verbal xotirani ajratdi.
Qobiliyatlarning mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni bajarishga
yaroqsizligini bildirmaydi, chunki ega bo‘lmagan qobiliyatlarning o‘rnini to‘ldirish
psixologik mexanizmi mavjud. Ko‘p hollarda faoliyat bilan faqat qobiliyatlilar
emas, balki ularga ega bo‘lmaganlarning ham shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi. Agar
odam bu faoliyat bilan shug‘ullanishni davom ettirishga majbur bo‘lsa, u ongli
ravishda yoki anglanmagan holda, o‘z shaxsining kuchli sifatlariga tayanib,
qobiliyatlar etishmovchiligini to‘ldirishga harakat qiladi. E.P. Ilinning fikriga
ko‘ra, bu to‘ldirish egallanadigan bilim va ko‘nikmalar, yoki faoliyatning
individual-tipik uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa, rivojlanishi yuksakroq
bo‘lgan qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin. Etishmagan qobiliyat juda
keng muayyan insondagi yuksak rivojlangan qobiliyatlar bilan to‘ldirilishi
mumkin. Aynan, shu xususiyat insonning turli sohalarda samarali faoliyat
yuritishiga imkoniyat yaratadi.
Qobiliyatlarda bir qancha darajalarni ajratish mumkin: layoqat, mohirlik,
iste’dod, geniallik.
Qobiliyat deb, insonni u yoki bu faoliyatning samarali bajarilish imkoniyati
bilan ta’minlovchi layoqatlarning o‘ziga xos uyg‘unligiga aytiladi. Ushbu ta’rifda
qobiliyatga bog‘liq ravishda faoliyatning samarali bajarilishi emas, balki, faqat
shunday bajarilishi mumkin bo‘lgan imkoniyatga e’tibor qaratish lozim. Faoliyatni
samarali tarzda amalga oshirish uchun muvofiq keladigan qobiliyatlar
uyg‘unligining mavjudligi emas, balki, zarur bilim va ko‘nikmalarning
egallanganligi ham muhimdir. Qobiliyat faqat u yoki bu faoliyatda muvaffaqiyatga
erishish imkoniyatini belgilaydi, bu imkoniyatning joriy qilinishi esa muayyan
qobiliyatlarning rivojlanish darajasi va qanday bilim va ko‘nikmalarning
egallanganligi bilan belgilanadi.
Qobiliyatli insonlarning individual farqlari qiziqishlarning yo‘nalganligi
bilan belgilanadi. Xuddi shunday, ayrimlar matematikaga, boshqalar tarixga,
uchinchilar esa jamoatchilik ishiga qiziqadilar.
Inson qobiliyatlarini xarakterlaganda ko‘pincha, ular taraqqiyotining
mohirlik deb ataluvchi, ya’ni, ma’lum faoliyatda mukammallikka erishish darajasi
alohida ko‘rsatiladi. Insonning mohirligi haqida so‘z yuritilganda, avvalambor,
uning ishlab chiqaruvchi faoliyat bilan muvaffaqiyatli shug‘ullanish qobiliyati
nazarda tutiladi. Lekin bu, mohirlik orttirilgan malaka va ko‘nikmalarning
yig‘indisi, degani emas. Mohirlik yuzaga keladigan muammolarni ijodiy hal
qilishga psixologik shaylikni taqazo etadi. «Mohirlik – bu «nima» va
«qanday»larning bir vaqtning o‘zida kelishi»,- deb bejizga aytilmagan, bu bilan,







Download 49.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling