Mavzu: qobiliyat reja: Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari


Download 49.86 Kb.
bet3/9
Sana11.10.2023
Hajmi49.86 Kb.
#1697717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu qobiliyat reja Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzili-fayllar.org

Umumiy boshlang‘ich qobiliyatlar – bu qobiliyatlar turli darajadagi
ifodalanishda bo‘lsada, barcha odamlarga xos. Ularga psixik aks ettirishning asosiy
shakllari: sezish, idrok qilish, esda olib qolish, qayg‘urish, fikrlash, xayol surish,
qaror qabul qilish va amalga oshirish kiradi. Bu qobiliyatlarning boshlang‘ich
ifodalari mos bo‘lgan sensor, mnemik, tafakkur, irodaviy samaralar bilan
bajariladigan psixik harakat. Mashqlar natijasida u muvofiq ko‘nikmaga aylanishi
mumkin.
Maxsus boshlang‘ich qobiliyatlar – bu qobiliyatlar barcha odamlarga xos
bo‘lmay, ular psixik jarayonlarning qandaydir sifat tomonlarining ma’lum
ifodalanishini taqazo etadi. Ko‘z bilan chamalash – bu ko‘rish orqali idrok
qilinadigan ob’ektlarning kattaliklarini, ular o‘rtasidagi va ulargacha bo‘lgan
masofalarning turli aniqlikda idrok qilish, baholash va taqqoslash qobiliyati, ya’ni,
ko‘rish orqali idrok qilishning ma’lum sifati. Musiqaviy eshitish qobiliyati – bu
musiqali tovushlarni farqlash va ularni aniq joriy etish qobiliyatida namoyon
bo‘ladigan eshitish orqali idrok qilishning ma’lum sifati sanaladi. Musiqali
eshitish qobiliyati – bu musiqali qobiliyatlarning tarkibiy qismlaridan biri. Maxsus
odatdagi qobiliyatlar ta’lim jarayonida iste’dod nishonalari asosida rivojlanadi.
Umumiy murakkab qobiliyatlar – bu umuminsoniy faoliyat turlari: mehnat,
ta’lim, o‘yin, bir-biri bilan muloqotga bo‘lgan qobiliyatlar. Ular u yoki bu darajada
barcha odamlarga xos. Bu guruhga mansub qobiliyatlarning har biri shaxs
xossalarining murakkab tarkibini tashkil etadi.





Maxsus murakkab qobiliyatlar turli darajada emas, umuman barcha
odamlarga xos bo‘lmagan qobiliyatlar. Ular inson madaniyati tarixi jarayonida
yuzaga keladigan ma’lum kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyatlar hisoblanadi. Ular,
odatda, kasbiy qobiliyatlar deb ataladi.
«Umumiy psixologiya» (Sankt-Peterburg, 2002) darsligining muallifi A.G.
Maklakov qobiliyatlarni tabiiy yoki odatdagi qobiliyatlar, va ijtimoiy-tarixiy kelib
chiqqan maxsus qobiliyatlarga ajratadi.

Download 49.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling