Mavzu: qobiliyat reja: Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari


Download 49.86 Kb.
bet4/9
Sana11.10.2023
Hajmi49.86 Kb.
#1697717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu qobiliyat reja Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzili-fayllar.org

Tabiiy qobiliyatlar odamlar va hayvonlar uchun xos bo‘lib, idrok qilish
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik
jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo‘lish jarayoni
tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi bu
qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
Maxsus insoniy qobiliyatlar ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo‘lib, ijtimoiy
hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o‘z navbatida
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo‘linadi.
Umumiy 
qobiliyatlar
insonning
turli
faoliyatlari
muvaffaqiyatini
ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira va nutqning rivojlanganligi, qo‘l harakatlarini
aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat. Maxsus qobiliyatlar deb, inson
yutuqlarini amalga oshirish uchun alohida turdagi iste’dod va uning rivoji zarur
bo‘lgan maxsus faoliyat turlarida aniqlaydigan qobiliyatlar tushuniladi. Bunday
qobiliyatlarga musiqa, matematika, lingvistik, texnikaviy, badiiy, adabiy, sportga
bo‘lgan qobiliyatlarni kiritish mumkin.
Qobiliyatlar muammosini tadqiq qiluvchilarning ko‘pchiligining fikriga
ko‘ra, umumiy va maxsus qobiliyatlar nizoga bormaydilar, ular o‘zaro bir-birini
to‘ldirgan va boyitgan holda birgalikda mavjud bo‘ladilar. Bundan tashqari, ayrim
holatlarda umumiy qobiliyatlar rivojlanganligining darajasi ma’lum faoliyat
turlariga nisbatan maxsus qobiliyatlar sifatida namoyon bo‘lishi mumkin.
Inson umumiy qobiliyatlari sirasiga muloqotda, odamlar bilan o‘zaro 
aloqada ifodalanadigan qobiliyatlarni ham kiritish zarur. Bu qobiliyatlar ijtimoiy
belgilangan bo‘lib, insonning jamiyatdagi hayoti jarayonida shakllanadilar. Xuddi
shunday, nutqni muloqot vositasi sifatida o‘zlashtirmasdan, insonlar jamiyatiga
moslashish malakasiga ega bo‘lmasdan turib, ya’ni, odamlar harakatini to‘g‘ri
idrok qilish va baholash, ular bilan o‘zaro munosabatda bo‘lish va turli ijtimoiy
vaziyatlarda yaxshi aloqalarni o‘rnatish, insonning normal hayoti va psixik
rivojlanishining imkoniyati bo‘lmas edi.

Download 49.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling