Mavzu: qobiliyat reja: Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzilishi va turlari


Download 49.86 Kb.
bet9/9
Sana11.10.2023
Hajmi49.86 Kb.
#1697717
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mavzu qobiliyat reja Layoqat va qobiliyat. Qobiliyatlar tuzili-fayllar.org

Ikkinchi daraja – u yoki bu kasb yoki guruhga yaroqlilik. Bu darajada odam u
yoki bu mehnat sohasiga nisbatan qarshi ko‘rsatmalarga ega emas, lekin
ko‘rsatmalar ham berilmagan bo‘ladi. Uchinchi darajada – ushbu faoliyat
sohasiga muvofiqlik: qarshi ko‘rsatmalar yo‘q, ma’lum kasb yoki kasblar guruhi
talablariga aniq mos keladigan ba’zi shaxs sifatlari mavjud. To‘rtinchi darajada –
faoliyatning ushbu kasb sohasiga moyillik. Bu inson kasbga yaroqliligining oliy
darajasi.
Har qanday holatda ham individning u yoki bu faoliyatga yaroqliligini
oldindan belgilash faoliyatdagi qobiliyatlarning rivojlanishi haqidagi nizomdan
kelib chiqqan holda tarkib topishi zarur. S.L. Rubinshteyn inson qobiliyatlari
rivojlanishining asosiy qoidasini quyidagicha ifodalaydi: «Qobiliyatlar rivojlanishi
spiral bo‘yicha amalga oshiriladi: biror darajadagi qobiliyatdan iborat bo‘lgan
imkoniyatni joriy etish, undan yuqori darajadagi qobiliyatlarning keyingi
rivojlanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Inson qobiliyati xususiy
imkoniyatlarni joriy etish ochib beradigan yangi imkoniyatlar kengligi bilan
belgilanadi»
1
.
Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun kasbiy qobiliyatlarining shakllanishi
o‘qitishning birinchi kunlaridan boshlab o‘quv-tarbiyaviy ishlarning yaxlit tizimi
vositasida amalga oshirilishi muhimdir. Ma’lum kasb tomonidan talabaga
qo‘yilayotgan psixologik talablarni tushungan holda, uning kasbiy qobiliyatlarini
to‘g‘ri baholash va ularni rivojlantirish mumkin.
15 Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. СПб.: Питер Ком, 1998.- Б.547.

http://fayllar.org



Download 49.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling