Mavzu: Qo’shishni ustun shaklida yechish, misol va masalalar
Download 1.25 Mb.
|
27-maktab Jurayeva Gulsevar dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Rivojlantiruvchi
- Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: (Tashkiliy qism rejasi 1-slayd)
12.12.2019-yil Mavzu: Qo’shishni ustun shaklida yechish, 1 - 7 – misol va masalalar Darsning maqsadi: Ta`limiy: O’quvchilarga 10000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajarish, 10000 ichida sonlarni ustun shaklida qo’shish usullari haqida bilim berish. Ijodiy fikrlashni rivojlantiruvchi mantiqiy misollar, boshqotirmalar, rebuslar bilan ishlash malakalarini o`stirish. Fk1. sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 10000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi; Tarbiyaviy:Yurt tinchligi, xalq farovonligi, millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik tushunchalarining mazmunini tushuntirish. Tk3. o‘qituvchi bilan birgalikda yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzata olish; Tk4 boshqalar fikrini tinglab, tushuna olish, agar bu fikrni noto‘g‘ri deb hisoblasa, o‘z fikrini himoya qila olish; atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning og’zaki va yozma hisoblash malakalarini rivojlantirish.Yangi dars texnologiyalari orqali o’quvchilardagi fikriy bog’liqlikni, mantiq va xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratish, qandaydir muammoni hal qilishda o’z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantirish. Fk2. o‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni o‘quv vaziyatlarda qo‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qila oladi; Darsning turi:Yangi bilim beruvchi: Darsning metodi:Aqliy hujum, suhbat, mustaqil ishlash, bahs - munozara. Darsning jihozi: mavzuga oid slaydlar ,darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: (Tashkiliy qism rejasi 1-slayd) Salomlashaman O’quvchilarning davomatini aniqlayman va darsga tayyorgarligini nazorat qilaman. O’quvchilardan bayramlar haqida so’rayman va o’qish darsida Konstitutsiya bayrami arafasida yod olingan Dilshod Rajabning “Bosh qomus kitobimiz” she’ridan bir o’quvchidan aytib berishini so’rayman. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling