Mavzu: Qo’shishni ustun shaklida yechish, misol va masalalar


Download 1.25 Mb.
bet2/6
Sana27.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1300905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
27-maktab Jurayeva Gulsevar dars ishlanmasi

Bosh qomus kitobimiz
Kitoblar ko’p dunyoda ,
Barchasidan ziyoda,
Nur sochar misli oftob,
Bizning bosh Qomus kitob!
Har so’zida ming ma’no,
Ham mehr, ham qudrat jo,
Qadrlidir doimo,
Bizning bosh Qomus kitob!
Adolatdan so’zlaydi,
Ezgulikni ko’zlaydi,
Teng-tenglikni istaydi,
Bizning bosh Qomus kitob!
Huquqimiz qalqoni,
Erk , baxtimiz posboni,
Insoniylik dostoni,
Bizning bosh Qomus kitob!
Dadil bo’l men bor deydi,
Senga madadkor ,deydi,
Qonun ustuvor ,deydi,
Bizning bosh Qomus kitob!
Fasl haqida monitorga 1-slayd orqali “Klaster” metodidan foydalangan holda suhbat o’tkazaman. Bu menga o’quvchilarni diqqani jamlab olishim uchun xizmat qiladi.
2-slayd :

Matematika faniga kirish maqsadida bir o’quvchim ijrosida “Matematika” she’rini yoddan aytib berishini so’rayman va shu she’r orqali o’quvchilarda Vatanga muhabbat tuyg’usini ham shakllantirib o’taman.
Bitta –bitta qo’shib chiq
Men aytajak so’zlarni!
Ota , ona qo’shnilar,
Aka , uka, do’stlarni!
Opa , singil, amaki,
Tog’a , xola, ammani.
Bir –bir qo’shibv boraver
Bobo , buvi – hammani.
Maktab plyus mahalla,
Qirlar , soylar, buloqlar,
Yana qo’shuv bir gala
Sigir echki uloqlar.
Ularga qo’sh hovlini
Qozon , o’choq va tandir.
Barining yig’indisi,
Bilsang , ona Vatandir.
Ushbu she’r mazmunidan kelib chiqib o’quvchilarga Vatan tushunchasi nima ekanligini yana bir bor takrorlab o’taman.
II. O’tilgan mavzuni mustahkamlash:
- O’quvchilar biz o’tgan matematika darsida qanday mavzuni o’tgan edik?
Uyga vazifa va mavzuni so’raganimdan so’ng o’quvchilar tomonidan 7-misol va 8-masalaning qay darajada bajarilganligini og’zaki tekshirish usuli bilan monitor orqali tekshiraman.
3-slayd:
7-misol
1100 + 4400=5500 6430 – 3500=2930 5700 + 3400=9100
4400 – 2500=1900 5300 + 2700=8000 9200 – 8670=530
Misollarda ishlatilgan har bir sonni o’qilishini o’qitaman va xona birliklariga hohlagan o’quvchimdan so’rayman. Bu esa menga o’tilgan mavzu o’quvchilar tomonidan qay darajada o’zlashtirilganligini bildiradi. Masalan. 6430 sonida 6 ta minglik, 4 ta yuzlik, 3 ta o’nlik bor…
8-masalani ham berilishiga ko’ra bajarilganligini nazorat qilib chiqaman.
8-masala
Nurilloning jami 6000 so‘m puli bo‘lib, 3800 so‘mi plastik kartochkada. U shundan 2000 so‘mini bankomat orqali naqd pulga almashtirdi. Nurilloning naqd puli qancha bo‘ldi?
Yechish : 1) 6000-3800=2200 so’m
2) 2200+2000= 4200 so’m
Javob : 4200 so’m
O’quvchilar haqiqatdan ham shu tariqa o’z daftarlariga bajartganliklarini partalar opalab tekshirib chiqaman va to’g’ri bajargan o’quvchilarni ball to’plash usuli orqali rag’batlantiraman. O’quvchilarga daftarlarini almashtirishlarini aytaman. (Bunda oldindan daftarlarni 3 qatorga o’quvchilar ketma-ketligiga qarab tayyorlab qo’yaman va qator boshliqlaridan foydalangan holda tashkillashtiraman.)

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling