Mavzu: Qo’shishni ustun shaklida yechish, misol va masalalar


III.Yangi mavzuning bayoni


Download 1.25 Mb.
bet3/6
Sana27.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1300905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
27-maktab Jurayeva Gulsevar dars ishlanmasi

III.Yangi mavzuning bayoni:
Mavzu: Qoshishni ustun shaklida yechish (4-slayd)
1-misolni berilishiga ko’ra yechilashini tushuntiraman.
Hamma o’quvchilar diqqatini doskaga qarataman va o’zim quyidagi sonlar orqali qo’shishning ustun shaklida bajarilishini tushuntiraman.
435 2435 2435
+386 + 386 +4386
821 2821 6821
O’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishini tarbiyalab borish maqsadida 2 tasini o’zim tushuntiraman va 1 ta misolni kim mendek tushuntirib berishini aytaman o’quvchilarning xohishiga qarab 3 ustundagi misolni biror bir o’quvchi doskaga chiqib tushuntirib beradi. Hosil bo’lgan yig’indini o’qib berishini va shu sonni xona birliklari ajratib berishini aytaman.
Tushuntirish jarayonida quyidagil;arni yana bir bor eslatib o’taman:
10000 ichida sonlarni ustun shaklida qo’shish 1000 ichida sonlarni ustun shaklida qo’shish kabi bajariladi. Bunda birliklar birliklarga, o’nliklar o’nliklarga , yuzliklar yuzliklarga , mingliklar mingliklarga qo’shiladi va yig’indi hosil qilinadi.
Shu o’rinda bugungi darsni o’tkazishni qay tariqa rejalashtirganligimni o’quvchilarga ma’lum qilaman.
- O’quvchilar sinf xonada o’tirib zerikmadizmi? Biror joyga sayohatga chiqmaymizmi? Kelinglar Dengizga sayohatga chiqamiz.
Aziz o’quvchilar yaqinda mamalakatimizda yurtimiz hayotiga oid muhin bir tadbir o’tkaziladi bu qanday tadbir bilasizmi?
Ha albatta Respublikamizda 22-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi, viloyat , tuman kengashlariga deputatlikka nomzodlarning munosibini saylash to’g’risida saylov bo’lib o’tadi. BU yilgi ushbu saylovda ommaviy axborot vositalarini ko’rgan bo’lsangiz qanday yangi partiya o’z saylov oldi dasturini e’lon qilyapti?
Ha bolajonlar O’zbekiston Ekologik partiyasi o’z saylov oldi dasturini e’lon qilmoqda.
(Magnit doskada oldindan tayyorlab qo’yilgan kema va dengiz suratini ilaman, va dengizda baliqchalar suzib yurganini tasvirlab qo’yaman)
-Voy aziz bolajonlar qaranglar dengizda baliqlar nobud bo’lmoqda . Bu qanday sodir bo’lyapti deb o’ylarsiz?(O’quvchilarni mustaqil fikrlashga undash)
-Ha demak Ekologiyamizda buzilishlar yuz beryapti , aholining e’tiborsizligi atroflarga, ariqlarga chiqindilarni oqizishi sababli .(Kundalik turmush bilan bog’lash)
Aziz bolajonlar biz bugungi sayohatimiz davomida qolgan baliqchalarni saqlab qolmasak bo’lmaydi . Buning uchun har bir baliqchamizning misollarini yecha olsak biz uni sinfimiz akvariumiga solib o’zimiz bilan olib ketishimiz mumkin.
( Demak darsni xayoliy sayohat tarzida olib boraman)
Mavzu tushunarli bo’lgan bo’lsa 2- misolni berilishi asosida
(Misollarni ustun shaklida yeching: ) sinf doskasiga bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarni chiqaraman va dengizdagi baliqlardan birini tutishlarini aytaman ,iqtidorli o’quvchilarga esa mustaqil ravishda daftarlariga bajarishlarini aytaman.



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling