Mavzu: Qo’shishni ustun shaklida yechish, misol va masalalar


Download 1.25 Mb.
bet4/6
Sana27.03.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1300905
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
27-maktab Jurayeva Gulsevar dars ishlanmasi

2–misol.
7301 2346 4964 4385 7539
+347 + 3875 +2847 + 876 + 1764
7648 6221 7811 5261 9303
Mustaqil ravishda bajarib bo’lgan o’quvchilarni daftarlarini tekshirib baholab boraman. Doska oldidagi o’quvchilar bilan alohida-alohida ishlayman.
3-masala.
O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish maqsadida avvalo hammaga o’zlari mustaqil ravishda masala shartini o’qib chiqishlarini aytaman . So’ngra bir o’quvchiga baland ovozda o’qishini qolgan o’quvchilar esa kuzatib borishlarini aytaman.
Masala shartini o’zim oqib beraman va barcha o’quvchilarga kuzatib borishlarini aytaman.
1437-yil Ulug‘bek observatoriyasida 1018 ta yulduz xaritasi tuzilgan. Unda bir yil 365 kun 6 soat 10 minut 8 sekund ekanligi aniqlangan. Bu vaqtda Mirzo Ulug‘bek (1394–1449) necha yoshda edi?
Shu o’rinda o’quvchilar diqqatini monitorga qarataman.
5-slayd:

Mirzo Ulug’bek bobomizning suratini monitordan ko’rsatib tug’ilgan yillari va Samarqand shahrida qurdirgan observatoriya haqida tushuncha beraman:
-Mirzo Ulug’bek bobomiz 1394- yilda tug’ilganlar. Bu bobomiz Samarqand shahrida yulduzlar sirini o’rganish maqsadida yulduzlarni osmon jismlarini o’rganuvchi observatoriyani qurdirgan va shu observatoriyada olim bobomiz yulduzlar haqidagi aniq ma’lumotlarni o’rgangan va bu ma’lumotlar hozirgi kun olimlari o’rganayotgan ma’lumotlar bilan mos holda kelyapti.
Yurtimiz mustaqil bo’lgandan so’ng observatoriya qaytadab ta’mirlandi va yurtimiz aholisi va boshqa davlatlardan tashrif buyuradigan mehmonlar uchun observatoriya atrofida kerakli shart –sharoitlar yaratildi.(6-slayd).
Observatoriyaning ichki qismi (7-8-slayd) zinalar bilan pastga qarab tushirilgan holatda yaratilgan, bu esa yulduzlar kunduzi ham ko’rish imkonini bergan.

Rasmalar asosida shu bilimlarni o’quvchilar tushuntiraman va ushbu masala orqali o’quvchilar yodlarida saqlashlari kerak bo’lgan quyidagi ma’lumotlarga qarataman:

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling