Mavzu: Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexanizmi Reja


Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari (inflyasion targetlash rejimiga o'tishning ahamiyati)


Download 255 Kb.
bet11/14
Sana22.04.2023
Hajmi255 Kb.
#1377838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexaniz (3)

Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning usul va mexanizmlari (inflyasion targetlash rejimiga o'tishning ahamiyati)

  • Inflyatsion targetlash rejimi nima?

Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida Markaziy bank tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga yo‘naltiriladi. Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda, xususan, Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlarda keng qo‘llanib kelinmoqda. MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada ham ushbu rejimdan foydalanilmoqda. Qozog‘iston va Belarus respublikasi Markaziy banklari tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va dasturlari e’lon qilingan.
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta'minlash vazifasi pul-kredit siyosatini amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo'lishini hamda maqsadli ko'rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab etadi.Pul-kredit siyosati rejimlaridan foydalanishning xalqaro tajribasi Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar markaziy banklari tomonidan keng qo'llanilayotgan usullar inflyasion targetlash, monetar targetlash, valyuta kursini targetlash va nominal yakorsiz rejimlarni o'z ichiga oladi. Inflyasiyaning maqsadli ko'rsatkichlariga erishish vazifasi aksariyat markaziy banklar uchun bosh maqsad hisoblansa-da, yuqorida qayd etilgan uslublar asosan tezkor va oraliq mo'ljallarga qarab farqlanadi.


Monetar targetlash rejimi
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning ushbu usulida narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida pul agregatlari, rezerv pullar va pul massasi hajmlari o'zgarishini nazorat qilish nazarda tutiladi.
Ushbu strategiyaning samarali qo'llanilishi inflyasiya ko'rsatkichlari va pul agregatlari o'rtasidagi mustahkam doimiy bog'liqlik bo'lishini talab etadi. Bunda inflyasiyaning maqsadli ko'rsatkichlariga pul agregatlari hajmini maqbul darajada ushlab turish vositasida erishiladi.
Monetar targetlash rejimi 1970-chi va 1980-chi yillarda AQSh, Kanada, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveysariya va boshqa rivojlangan davlatlarda faol qo'llanilgan.Shu bilan birga, so'nggi yillarda moliya bozorlarining rivojlanishi va yangi moliyaviy instrumentlarning amaliyotga joriy etilishi hisobiga pulga nisbatan talabning nobarqaror darajada bo'lishi mazkur usul samaradorligining pasayishiga olib keldi.Natijada markaziy banklar pul massasidagi o'zgarishlarga samaralari ta'sir ko'rsatish va inflyasiyaning maqsadli ko'rsatkichlarini ta'minlash imkoniyati cheklanishi kuzatildi.
Pul agregatlari va inflyasiya darajasi o'rtasidagi bog'liqlikning kuchsizlanishi tufayli ko'pchilik markaziy banklar tomonidan pul agregatlarini targetlash amaliyotidan voz kechilib, inflyasion targetlash rejimini joriy qilinishiga sabab bo'ldi.

Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling