Mavzu: Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexanizmi Reja


* Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish boʼyicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar


Download 255 Kb.
bet13/14
Sana22.04.2023
Hajmi255 Kb.
#1377838
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Mavzu Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexaniz (3)

* Inflyatsion targetlash rejimini joriy qilish boʼyicha mavjud muammolar, xatarlar va cheklovlar
Inflyatsion targetlashga oʼtishning huquqiy asoslari yaratilganligi hamda pul-kredit siyosatining tamoyil va mexanizmlarini amaliy jihatdan qayta koʼrib chiqish jarayonining boshlanganligiga qaramasdan, ushbu rejimga toʼlaqonli oʼtish qator xatar va cheklovlar hisobiga qiyinlashadi.
Xususan, aholi va xoʼjalik yurituvchi subʼektlar inflyatsion kutilmalarining barqaror yuqori darajada saqlanib qolayotganligi inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli oʼtish jarayonidagi asosiy cheklovlardan biri hisoblanadi. Bunda iqtisodiyotning barcha sektorlarini erkinlashtirish davrida inflyatsion bosimning oshishi inflyatsion xatarlar saqlanib qolishiga sabab boʼlmoqda.
Inflyatsion kutilmalarning oʼtgan yillardagi narxlar dinamikasi asosida shakllanishini hisobga olganda, iqtisodiyotdagi inflyatsion kutilmalarni pasaytirish va barqarorlashtirish oʼtish davridagi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Inflyatsiyaga nomonetar omillar taʼsirining yuqori boʼlganligi sababli ushbu vazifalarni amalga oshirish yanada qiyinlashadi va inflyatsion targetlashga muvaffaqiyatli oʼtishda qator toʼsiqlarni vujudga keltiradi.
Bunday omillar qatoriga ayrim tovarlar boʼyicha maʼmuriy tartibga solinadigan narxlarning saqlanib qolishi, mahalliy bozorlarning monopollashganligi, xomashyo narxlarining yuqoriligi, jahon iqtisodiyotining tiklanayotganligi munosabati bilan inflyatsiyaning import qilinishi, ishlab chiqarish samaradorligining pastligi va energiya sarfining yuqoriligi, infratuzilmaning yaxshi rivojlanmaganligi va boshqalar kiradi.
Mazkur sharoitlarda inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi Markaziy bank kommunikatson siyosatining taʼsirchanligi hamda aholining amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosatiga nisbatan ishonchiga bogʼliq boʼladi. Bunda narxlar oʼsishining sabablari va narxlar barqarorligini taʼminlash borasida koʼriladigan choralarni aholiga tushuntirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, valyuta bozorining shakllanishi sharoitida valyuta siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyatning liberallashtirilishi jarayonlarining davom ettirilishi bilan bogʼliq xatarlar ham kuzatiladi.
Bunda erkin suzib yuruvchi valyuta kursiga oʼtishda valyuta kursining qisqa muddatli keskin tebranishlarini yumshatish va valyutani xedjirlash instrumentlarini rivojlantirish orqali salbiy oqibatlarni kamaytirish muhim hisoblanadi.
Ushbu maqsadlarga erishish, pul-kredit siyosati instrumentlarining taʼsirchanligi hamda samaradorligini kamaytiruvchi sabablarni bartaraf etish bilan uzviy bogʼliq.
Moliya sektorining institutsional jihatdan sust rivojlanganligi va yashirin iqtisodiyotda katta hajmdagi naqd pul mablagʼlari aylanmasining mavjudligi Markaziy bank pul-kredit siyosatining samaradorligini pasaytiruvchi omillardan hisoblanadi.
Davlat qarz majburiyatlarining muomalada mavjud emasligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalarini amalga oshirish hamda bank sektorining ushbu qarz instrumentlaridan garov taʼminoti sifatida foydalanib, qisqa muddatli likvidlikni jalb qilish imkoniyatlarini cheklaydi.
Soʼnggi yillarda Davlat byudjeti balanslashgan holda ijro etilishi sharoitida davlat qarz majburiyatlarini chiqarishning obʼektiv sabablari mavjud emasligiga qaramasdan, investitsion, shu jumladan, hududiy va tarmoqlar rivojlanish dasturlarini moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiyalash va maqbullashtirishda qarz qimmatli qogʼozlarining afzalligi ularni yaqin istiqbolda muomalaga chiqarish uchun asos boʼlishi mumkin.
Tashqi iqtisodiy xatarlar koʼp jihatdan eksport tarkibi va iqtisodiyotga valyuta tushumlari dinamikasi bilan bogʼliq hisoblanadi. Bunday holatlarda, qimmatbaho metallar bozoridagi narxlar oʼzgarishi hisobiga hamda qoʼshni mamlakatlar va asosiy savdo hamkor davlatlardagi iqtisodiy muammolar natijasida yuzaga keluvchi xatarlarni minimallashtirish talab etiladi.
Xulosa: Milliy iqtisodiyot xususiyatlarini inobatga olgan holda, pul-kredit siyosati rejimlarining oʼziga xos jihatlari va taʼsirchanligi tahlili oʼrta muddatli istiqbolda Markaziy bankning ustuvor maqsadi sifatida narxlar barqarorligiga erishish vazifasiga inflyatsion targetlash rejimi juda mos kelishini koʼrsatmoqda. Shundan kelib chiqqan holda, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning tamoyil va usullarining inflyatsion targetlashga bosqichma-bosqich yoʼnaltirish uchun zaruriy huquqiy asoslar va tayanch iqtisodiy sharoitlar yaratildi.
Xususan, valyuta siyosatining liberallashtirilishi va bozor sharoitlarida almashuv kursining shakllanishini taʼminlash boʼyicha choralar, Markaziy bankning ustuvor maqsadlari va amaliy mustaqilligini aniq belgilanishi, pul-kredit siyosatini amalga oshirishning faol bosqichiga oʼtilishi, inflyatsiyani hisoblash va baholash usullarini takomillashtirilishi, shuningdek shaffoflikning oshirilishi va kommunikatsion siyosatning kuchaytirilishi kabi amaliy choralar inflyatsion targetlashga oʼtish uchun asosiy sharoitlarni yaratadi.
Shu bilan birga, mavjud xatarlar va toʼsiqlar inflyatsion targetlash rejimini joriy etish vazifasining bajarilishini qiyinlashtiradi. Oʼz navbatida, Markaziy bank asosiy eʼtiborni prognozlash va tahliliy bazani mustahkamlashga, pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirish va ularning taʼsir kanallarini kuchaytirishga, komunikatsion siyosatni rivojlantirish va aholining ishonchini oshirish kabi vazifalarga qaratadi.
Markaziy bank ushbu rejimga bosqichma-bosqich oʼtish boʼyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda tegishli vazirlik va idoralar bilan saʼy-harakatlarni birlashtiradi va hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Umuman olganda, inflyatsion targetlashga oʼtish pul-kredit siyosati sohasining barcha jihatlarini tubdan qayta koʼrib chiqish va takomillashtirishni talab etadi. Bu esa, oʼz navbatida, uzoq muddatli istiqbolda barqaror iqtisodiy oʼsishning asosi boʼlgan makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlashda sifat jihatdan yangi bosqichga oʼtilishini anglatadi.
Ushbu Konsepsiya Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan.



Download 255 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling