Mavzu: reklama faoliyatining mohiyati mundarija: Kirish Reklama tushunchasi va markrtingda reklamaning mohiyati Reklama turlari va qo’llanilish usullari
Download 391.42 Kb.
|
REKLAMA FAOLIYATINING MOHIYATI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reklamaning ko‘p uchraydigan maqsadlari
- Reklama jarayonining mutanosib chizmasi
- Reklama faoliyatini amalga oshirishning asosiy bosqichlari
reklama ahamiyatiReklama - tovar va xizmatlar turlariga talabni yaratish maqsadida ularning iste‘mol qiymatlari to’g’risida ma‘lumot o’zatish, ularni ommaviylashtirish. Reklama maqsadi - turistik korxonada qabul qilingan marketingning umumiy strategiyasi va uning kommunikatsion strategiyasi bilan belgilanadi. Maqsadlarning xilma-xilligini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin: sotuv sohasidagi maqsad, ular sotishlar hajmi sezilarli qo’shimcha o’sishiga olib kelishi kerak yoki iste‘molchilarni turistik xizmatlarni sotib olishga undashi kerak; kommunikatsiya sohasidagi maqsadlar – uzoq vaqt davomida sotishlar hajmining o’sishiga undaydigan aniq g’oyalarni o’zatish, korxona obruyini shakllantirish va iste‘mol odatlarni o’zgartirishga qaratilgan bo’ladi. Lekin o’sha vaqtni o’zida oldinga surilgan g’oyaning tasnifini aniqlash qiyin kechadi. Bu yuqorida ko’rsatilgan guruhlar o’rtasida aniq belgilangan tafovutlar yo’qligida namoyon bo’ladi. Reklama faoliyatini amalga oshirganda ko’p holatlarda ularning kombinatsiyasiga murojat qiladi. Kommunikatsiyalar sohasida reklama axborot berish va eslatish vazifalarni bajaradi, sotish sohasida esa asosan ko’ndirish (ishontirish vazifasi)ga qaratilgan bo’ladi. Bu uchta vazifani hisobga olgan holda reklamaning eng ko’p uchraydigan maqsadlarini quyidagicha ajratish mumkin: Reklamaning ko‘p uchraydigan maqsadlari
Reklama maqsadlarini amalga oshirish uchun reklama jarayonini o’rganib chiqish kerak, chunki uning yordamida marketing yo’nalishlarni va turistik korxonaning tijorat siyosatini oshirish mumkin. Reklama jarayonini tushunish uchun uning asosli texnologiyasini aniqlash kerak va alohida unsurlarga ajratish kerak.
R eklama o’zatuvchisi – turistik korxona Reklama jarayonining mutanosib chizmasiTuristik firmalar reklama jarayonini tashkil etilishiga har xil yondashadi. Kichik firmalarda reklama agentligi bilan aloqada bo’ladigan marketing bo’limi xodimlaridan birontasi Shug’ullanadi. Yirik turistik firmalar, odatda reklama chora-tadbirlarni amalga oshiradigan reklama xizmatlarni tashkil etadi. Keng ko’lamli reklama aksiyalar uchun ko’p hollarda reklama agentliklarning mutaxassislari jalb qilinadi. Shu vaqtning o’zida marketing tamoyillarini amalga oshiruvchi ko’pgina firmalar oldida savol tug’iladi: o’zining reklama xizmatini yaratish (kengaytirish) kerakmi yoki ixtisoslashgan tashkilotlar (reklama agentligi) xizmatlaridan foydalansa bo’ladimi? o’z reklama xizmatini yaratish savoliga yakka holda javob berish qiyin, chunki hamma narsa ish hajmi, taxmin qiladigan yo’nalish va reklamaga ajratiladigan mablag’larga bog’liq. Bir narsani aniq aytish mumkinki, reklama agentligi xizmatlarsiz ishni uddalab bo’lmaydi. Reklama bilan bog’liq Shunday ishlar borki, ular mutaxassislar tajribasiga muxtoj bo’ladi yoki maxsus jihozdan foydalanishga (masalan, radioroliklarni, reklama taxtalarni, esdalik sovg’alar reklamasini tayyorlash) majbur bo’ladi. Reklama agentligi reklama beruvchilarning buyurtmasiga binoan reklama materiallari bilan bog’liq ijodiy va bajaruvchi vazifalarni amalga oshiradi, reklama asl nusxasini tayyorlaydi, majmuali reklama kompaniyalarni va alohida reklama chora-tadbirlarni o’tkazadi, reklamaning uzatish vositalari bilan aloqa o’rnatadi, majmuali marketing tadqiqotlari bo’yicha xizmatlarni amalga oshiradi. Ta‘kidlab o’tish kerakki, u yoki bu agentlikning xizmatlaridan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak. Nigel forstar o’zining «Reklama ishida o’z yo’lingni top» kitobida reklama agentliklar faoliyati to’g’risida quyidagini yozgan: «Kimga o’z pulimni to’lasam, ulardan qo’rqaman». Reklama agentligini tanlashda xavf-xatar darajasini kamaytirish uchun, quyidagilarga e‘tibor berish maqsadga muvofiq bo’lardi: agentlikni yaratish vaqti va ish tajribasi; zaruriy mutaxassislarning yetarli qiziqtiradigan yo’nalish bo’yicha ixtisosligi; tavsiya etadigan xizmatlarning qiymati. Reklama marketingi – tadqiqotlarning eng qimmat turadigan unsuri. Agar reklama maqsadlari, uni uzatish vositalari, reklama murojatlarining maqsadga muvofiqligi va boshqalar to’g’ri tanlangan bo’lsa, turistik korxonasi reklamaga ketgan harajatlarni qoplaydi va kuzda tutilgan maqsadga erishadi. Demak, harakatlar va harakatlari kerakli natija berishi uchun, reklama faoliyatini amalga oshirishda tizimli va majmuali yondashish kerak. Turistik korxonaning faoliyati mantiqiy jarayon bo’lib, quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi: aniqlash Reklama faoliyatini amalga oshirishning asosiy bosqichlariReklama bilan murojaat etish uchun ommaviy axborot vositalari: gazetalar, jurnallar, radio, televideniyadan, Shuningdek, alohida nashr etiladigan varaqalar, bukletlar, afishalar va boshqa reklama ishlaridan foydalaniladi. Yodgorlik reklamasi ham bor: kalendarlar, avtoruchkalar, yon daftarlar, xaltacha va boshqalar Shular jumlasidandir. Turli marketing tamoyillarida ko’zda tutiladigan reklama to’g’risida aytilgan gaplar reklama ishlarini o’tkazish va reklama faoliyatini olib borish – juda katta va murakkab ishdir, u san‘atkorona yuksak did bilan bajariladigan yumush, deb ta‘riflanadi. Download 391.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling