Мавзу: Ўрта Осиё Эвропа сайёхлари наздида
Kurs ishining ilmiy yangiligi
Download 86.81 Kb.
|
KURS ISHI YEVROPALIK SAYYOHLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining amaliy ahamiyati
- I.Bob. O‘rta Osiyoga kelgan ilk sayyohlar. 1.1. Sharq sayyohlarining xotiralari.
Kurs ishining ilmiy yangiligi: Kurs ishida Yevropa sayyohlarining O‘rta Osiyo haqidagi tarixiy ma’lumotlarini XV-XIX asrlardagi tarixi O‘rta Osiyoga oid tarixiy-sayyohlik kundaliklari, tarixiy kartalar va turli adabiyotlar asosida ilk bor taxlil qilindi. Ularning O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi ahamiyati ilk bor, umumlashtirildi. Yevropada O‘rta Osiyoning tarixiga oid ma’lumotlarni qamrab olgan barcha tadqiqot ishlari va ularning natijalari tarixiy davriylik jihatdan jamlangan holda, xolisona yondashuv asosida o‘rganildi. Ularning o‘rganilish natijalariga konseptual nuqtai nazardan yondashilgan holda yangicha xulosalar berishga harakat qilindi.
Kurs ishida O‘rta Osiyoning sayyohlar tomonidan tuplangan ma’lumotlarning shakllanishi va taraqqiyoti eng so‘nggi tarixiy tadqiqotlar asosida yangicha ko‘rib chiqilgan va turli xil qarashlar, fikrlarni qiyoslab muammoga bir qator oydinliklar kiritishga harakat qilingan. Yevropa sayyohlarining O‘rta Osiyo haqidagi tadqiqot ishlarining keng ko‘lamda olib borilganligining asosiy sabab va maqsadlari mavjud adabiyotlar, kartografik materiallar (tarixiy karta va planlar) va arxiv hujjatlari asosida ilmiy jihatdan asoslab berildi. Shu tariqa Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlarning shakllanish va rivojlanish taraqqiyotining yaxlit talqini ochib berilgan. Kurs ishining amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijasida qo’lga kiritilgan yakuniy xulosalardan ma‘ruza matnlari va kurs ishlari tayyorlashda foydalanish mumkin. Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 2 ta bob,4 fasl, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati, ilovalardan iborat. I.Bob. O‘rta Osiyoga kelgan ilk sayyohlar. 1.1. Sharq sayyohlarining xotiralari. Axmad ibn Fadlan. X asirning birinchi yarmida yashab o`tgan arab sayyohi, tarix, geografiya fanlarini yaxshi egallagan olim va yozuvchi. Hayotiga oid ma’lumotlar kam. Ibn Fadlan 921-922 yillar Bulg`or (Bolga bo`yi) podshosining iltimosiga binoan bulg`orlar orasida islomni mustahkamlash, Bulg`or podsholigini qo`shni Hazar xoqonlarining hujumidan himoya qilish uchun qal’alar bino qilishda yordam berish uchun xalifa Muqtadir (908-932 y) tomonidan Bog`dodddan yuborilgan elchilik bilan (uning kotibi lavozimida) Bulg`orga kelgan.Bog`dod elchilarga Bulg`orga Hamadon, Ray, Domg`on, Nishopur, Saraxs, Marv, Poykand, Buxoro, Xorazm, Ustyurt, Yoyiq, (O`rol) orqali bordilar.5 Ibn Fadlan ana shu sayohat vaqtida ko`rgan va eshitganlari haqida “Risola” deb atalgan bir kitob yozib qoldirgan. “Risola”xususan etnogirafik ma’lumotlarga boy bo`lib, unga og`izlar boshqirdlar, Bolga va Kama daryolari atrofida istiqomat qilgan xalqlar: bulg`orlar, Ruslar yugralar, shuningdek, Bolg`aning quyi oqimi hamda Kasbiy dengizi bo`ylarida istiqomat qilgan xazar xalqlari haqida, ularning turmushi, mashg`uloti va urf-odati xususida qimmatli ma’lumotlar beradi. Ibn Fadlanning mazkur asari XII-XIII asrlardayoq ilmiy jamoatchilikning diqqat- e’tiborini o`ziga tortgan; gegrafiya va tarixshunos olimlar undan birinchi manbasifatida foydalanganlar. Lekin, risolarining asli bizgacha yetib kelmagan. Undan ayrim parchalar Yoqut Hamavining (Q.) “Mu’jam ul- buldon” asarida saqlangan. 1923 yili uning qisqartirilgan nusxasi Mashhaq kutibxonalaridan birida topilgan. Bu Ibn Fadlan va uning asarini keng o`rganishga yo`l ochib berdi. Ibn Fadlan risolasining arabcha matni 1823 yili Peterburgda (Yoqut Omaviy asarida saqlangan parchalar asosida) va 1959 yili Damashqda nashr qilingan. Asarning ruscha tarjimasi (tarjimon A.P.Kovalevskiy) 1939 yilda nashr qilingan. Abu Dulaf X-asrda o`tgan arab sayyohi va geograf olimi. To`la ismi: Mis’ar ibn Muhalhil al-Yanbuiy. Nisbasiga qaraganda, Madinaning mashhur xazraj qabilasiga mansub bo`lib, asli Qizil dengizning bandargoh shahari Yanbudandir. X.asr boshlarida Buxoraga kelgan va shoir sifatida Nasr II ibn Ahmad Somoniy (Taxm. 914-943 yy) xizmatiga qabul qilingan. 942 yili Buxorodan qaytayotgan Xitoy elchilariga qo`shilib, Iarqiy Turkiston orqali Xitoy poytaxtiga brogan, u yerdan Xindistonga o`tgan. So`ngra Sejiston (Sebston) orqali Eronga qilib, Buvayhiylar (932-1062 yy) vaziri, adib va ma’rifatparvar Ismoil ibn abbos (995 yili vafot etgan) xizmatiga kirgan.6 Abu Dulaf shu yerda o`zlarini Sosoniylar deb atovchi daydi va darbadarlarning qiliqlari va xos sozlari (Jardaylari) tafsifiga bag`ishlangan “sosoniylar qasidasi” hamda Buxoradan Xitoy va xindistonga qilqan safari vaqtida ko`pgan-bilganlari haqida “Ricolayi avval” (“Birinchi risola”) asarini yozgan. Olimning Ozarbayjon, Armaniston va Eron shaharlari bo`ylab qilgan sayohati va ularning asari atiqalari haqida hikoya qiluvchi “Risolayi uxro” (“Ikkinchi risola”) asari ham eronda o`sha vaqtda yozilgan. Lekin, har ikkala risola ham Eronda o`sha vaqtda yozilgan. Lekin, har ikkala risola ham 1923 yilga qadar ilmiy jamoatchilikka ma’lum emas edi. Ulardan ayrim parchalar Yoqut Hamaviy xamda Zakariya ibn Muxammad Qazviniy asrlari orasida saqlangan. Bu parchalar, nemizcha tarjimasi bilan birga, F.Fyustenfeld (1842 y.) hamda K.Shlyosser (1843 y.) tomonidan chop etilagan Abu Dulaf va uning asarlari rus sharqshunos olimali V.V.Grigoref , V.V. Bartold, I.Y.Krachkavskiy, V.F.Minorskiy, P.G.Bulgakov, A.B.Xolidov, shuningdek, nemis olimi I.Markvartning diqqat- e’tiborini qozongan. Ammo ularning ayrimlari (V.V.Grigoref , V.V. Bartold, V.F.Minorskiy,)Abu Dulaf keltirgan, dalillarga shubha bilan qaraganlar. 1923 yili Mashhad kutubhonalarining biridan Abu Dulaf risolalarining qo`lyozmasi topildi. I.Y.Krachkavskiy qo`lyozmani atroflicha tahlil etish va uni Yoqud Hamaviy asrlardagi parchalr bilan solishtirib o`rganish natijasida Abu Dulaf asarida keltirilgan dalillar holis ekanligi, binobarn, u O`rta Osiyo, Xitoy , Hindiston, Eron, Ozarbayjon va Armanistonning tarixiy geografiyasining o`rganishda muhim manba bo`lib hizmat qilishi mumkinligini aytdi. “ Risolayi uxro” P.G.Bulgakov, hamda A.B.Xolidov, tomonidan rus tiliga tarjima qilingan (1960 y.) Download 86.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling