Мавзу: Ўрта Осиё Эвропа сайёхлари наздида


II. Bob. O‘rta Osiyo Yevropa sayyohlari nigohida


Download 86.81 Kb.
bet5/7
Sana22.02.2023
Hajmi86.81 Kb.
#1221943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI YEVROPALIK SAYYOHLAR

II. Bob. O‘rta Osiyo Yevropa sayyohlari nigohida.
2.1. XIV-XV asrlarda Yevropa sayyohlarining O‘rta Osiyoga amalga oshirgan sayohatlari.
Yevropalik sayyoh Marko Polo (1254-1324) ning 1272-1275 yillari Mug`iliston va Honbaliq (Xitoy) ga qilgan sayyohati ham shu maqsadni ko`zlagan edi. Marko Polo 17 yil davomida Xitoyning ko`p viloyatlarini borib ko`rgan . U Samarqandda ham bo`lgan va u haqida mana bu ma’lumotlarni qoldirgan: “Samarqand katta, mashhur shahar. Unda sarasinlar bilan birga xiristiyanlar ham istiqomat qiladilar ”. Marko Poloning kitobida oltin o`rda va chig`toy ulusiga qarashli shaharlar, ularning halqi haqida ham qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Uning asari 1298 yili chop etilgan va bir qancha Yevropa tillariga tarjima qilingan. Asarning ruscha nashri 1995 va 1990 yillari amalgam oshirilgan.
Amur Temur davriga oid xotira asarlar va estaliklar orasida ,avariyalik rissar, qurchi Iogani Shil’tbergin va Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III (1390-1407) ning elchisi Lup Gonsales de Klavixoning “Esdaliklari” aloxida o`rin tutadi.
Ma’lumki, usmonli turklar XIV asrning 60-yillarida Bolqon yarimorolida istilochilik davom ettirdilar.1362 yili ular sharqiy Frakiyaning Adrionopol (Edirne) bilan qo`shni bekliklarni, shundan keyin Bulg`oriyaning Filipopol (Plovdiv), Sofiya, Shumer, Nish va Serviyaning bir qator shaharlarini egalab oldilar Serbiya bilan Bosniya ularning hijumkorlik harakatlarini to`xtatmoqchi bo`ldilar. Lekin 1389 yilning 15 iyun kuni Turklar Serbiyaning birlashgan kuchlarini Kosovo poleda tor- mor keltirdilar.
Usmonli turklarinning harbiy tazeqi tobora ortib bordi. Yildirim Boyazid 1 (1389-1402) davrda ular tamoman Bulg`oriya, Serbiya, Makidoniya va Fessaliyani bo`yso`ndirdilar; 1394 yili Moreyaga bostirib kirib, uning shahar va qishloqlarini tanon-taroj qildilar; Balaxiyani o`lpon to`lashga majbur qildilar; Vizantiya ustidan nazorat o`rnatdilar. Shundan keyin bir qator Yevropa davlatlari ; Firansiya, Ispaniya, Italiya, Angliya, Germaniya, Chexiya, va b.q. usmonli turklarning Yevropadagi hujum harakatini to`xtatishga qasd qildilar va harbiy kuchlarini birlashnirib, Bo`lg`oriya ustiga keldilar. Ikki o`rtadagi urush Bulg`oriyaning Niropol shahri yonida 1396 yilning 15 sentyabrida sodir bo`ldi. Bu safar ham turklarining qo`li baland keldi.
O`shanda Shiltberger nemis qo`shini orasida edi. U turklar tarafidan asir olingan Yevropaliklar bilan qo`shib Tuekiyaga olib ketildi. Keyin, 1402 yili Anqara yonida bo`lgan urushda Amur Temur tarafidan asir olindi va Samarqandga olib kelindi. Amur Temurning vafotidan (1405) keyin u dastlab Shoxrux so`ngra Miroyshoh va uning o`g`li Abibakr mirzo xizmatida bo`ldi.Shundan boshlab uning Osiyo va Afrika bo`ylab jahongashtaligi boshlandi. Shiltberger qariyb 31 yil mobaynida kilgan “Sayohati” paytida ko`rgan-bilganlarini estalik sifatida yozib qoldirgan. Unda juda ko`p noaniqliklar (ayrim voqealarini bo`rttirib yoki kamsitib yozishlar) bor. Shunga qaramay, Iorann Shiltbergerning kundaliklarida qimmatli tarixiy ma’lumotlar, muhim dalillarni ham uchratamiz. Bir-ikkita misol:

  1. Temuriylar, xususan ularning Ozarbayjondagi noiblari (Masalan, Abubakr mirzo) Oltin O`rda xukumdorlarining o`zaro kurashlariga aralashib turganlar.

  2. XV asrning boshida oltin O`rdaning ichki axvoli va bunga qudratli amir Edigey (Idiku O`zbek) ning nomi ko`rsatib yuborildi .

  3. Ozarbayjon, Dashti qipchoq va uning xalqi haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi. Masalan, Ozarbayjon haqida bunday ma’lumotlar bor : Tabriz Eronning bosh shaharlaridan. Uning savdodan oladigan foydasi tamom bir xristian davlati topadigan foydadan ortiq ; “Sultoniya Ray, Marog`a, Axlat, Gilon ham ushbu mamlakatning yirik shaharlarida… Rayning xalqi boshqalardan shu bilan farq qiladiki u Muhammadga emas, balki Aliga imon keltiradi. Ularni roviziylar deb ataydilar”. Dashti qipchoq va uning xalqi haqida Iogann Shiltbergerning “Estaliklari” da mana bunday gaplar bor: “Men, shuningdek, Buyuk Tataristonda ham bo`ldim. Xalqi don ekinlaridan faqat tariq ekadi. Ular umuman non va bino ist’emol qilmaydilar. Bino o`rniga ot va tuyaning sutini ichadilar, shu va boshqa xayvonlarning go`shtini yeydilar… Yana shuni ham aytish kerakki, xon saylashda uni oq kigizga o`tkazib, uch marta ko`tarib yerga qo`yadilar, so`ng chodir atrofida aylantirib, keyin ichkariga olib kiradilar va taxdga o`tqizadilar.”17

Umuman, bu Sharqiy Yevropa, Kichik Osiyo, Eron, Mavarounnaxr; Dashti qipchoq, Iroq, Suriya va Misr mamlakatlari tarixi va xalqi haqida ayrim, diqqatga sazovvor ma’lumotlar beradi.
Iogann Shiltbergerning mazkur asari “Iogann Shiltbergerning Yevropa, Osiyo va Afrika bo`ylab qilgan sayohati. (1394-1427 yy) ” deb ataladi va uningrus tilida (nemischa tarjimasi 1859 yili amalgam oshirilgan) uchta yaxshi nashri bor. Birinchisi Odessa universitetining professori F.K.Brun tarafidan 1867 yili, ikkinchisi Ozarbayjon Fanlar Akademiyasining akademigi 3.M.Bunyodov (1984), nixoyat, uchinchisi 1997 yili Toshkentda amalgam oshirilgan.
Lui Gonsales de Klavixonning “Esdaliklar” ida XV asr boshidagi Movarounnahrning ichki ahvoli, uning obod shaxar va qishloqlari, xususan Shahrisabz va poytaxt shahar Samarqand haqida, Amir Temur saroyidagi udumlar, sohibqironning xotinlari va ularning jamiyatda tutgan o`rni haqida muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Masalan, Kesh (Shahrisabz) haqida Klavixoning “Esdaliklar” ida quyidagilarni o`qiymiz: “Ertasi kuni, 1404 yilning 28 avgust payshanba kuni, tushlik paytida Kesh deb atalmish katta bir shahar oldida kelib to`xtadik. Shaxar har tarafini soy va ariqlar kesib o`tgan tekislik yerda joylashgan ekan. Shaharning tevaragi obod qishloqlar va bog`lar bilan o`raglan edi. Uning tevarak atrofi ham tekis bo`lib, ko`pgina obod qishloqlar, narxlar, o`tloqlar bor. Yozda bu yer juda chiroyli. Sug`oriladigan yerlarida bug`doy, uzum, paxta, qovun- tarvuz yetishtirildi: katta mevali daraxtlar o`sadi. Shaxar paxsa devor va chuqur xandaq bilan o`raglan : darvozalari qarshisiga osma ko`priklaro`rnatilgan . Temurbekning asli shu Keshdan. Otasi ham shu yerda tug`ilgan. Katta imoratlar va masjidlari ko`p. Imoratlaridan biri, Temurbek hali qurib bitirmagan juda katta saroy; uning ichida juda katta bir maqbara joylashgan. Unga Temurbekning otasi dafn etilgan. Yana bitta maqbara ham bo`lib, uni Temurbek o`zi uchun qurdirgan lekin u hali bitkazilmagan aytishlaricha, u bundan biro y oldin Keshda bo`lganda uni ko`rib yoqtirmagan, junki eshiklar pasd qilib qurilgan ekan. Temurbek uni qaytadan qurishni buyurgan. Hozir qurilishda ustalar ishlab turibdi. Bundan tashqari, maskur maqbara ichida hozir uning Jahongir ismli to`ng`ich o`g`li yotibdi. Masjid bilan maqbaraning devoir va shiplari oltin, lojuvard va koshinlar bilan qoplangan; sahni katta va unga daraxtlar ekilib, hovuplar qurilgan u yerga Temurbekning amri bilan har kuni, otasi va o`g`lining ruxini yo`qlab yigirmata pishirilgan ko`p go`shti yuborib tuziladi. Elchilarini ushbu asjidga olib bordilar va ularnina oldiga dasturxon yozib, ko`p go`sht va mevalar tortib ziyofat qildilar. Ziyofatdan keyin ularni katta bir qasrga olib borib joylashtirdilar.
Ertasiga, juma kuni elchilarni Temurbekning amir farmoni bilan qurilayotgan katta bir saroyga olib bordilar. Aytishlaricha, unda yigirma yildan beri ustalar va ishchilar tinim bilmay ishlab turibdilar . Saroyga kirish yo`li uzun, darvozalari baland. Kirishda darvozalarining o`ng va so`l tarafida pishiq g`ishtdan qurilgan va har xil naqshin koshinlar va naqsh bilan bezatilgan peshdoq bor. Peshdoq ostidagi supalarda Temurbek saroyida bo`lgan paytlarida sohchjilari o`tirgan. Birinchi darcozaning ketidan ikkinchi darvoza keladi. Va ulardan o`tib saroyning saxniga o`tiladi. Ustiga oq marmar yotqizilgan va atrofi bezatilgan ayvonlar bilan o`raglan katta hovliga kirildi. Hovli o`rtasida katta hovuz bor. Hovlining sahni eniga uch yuz qadam keladi. Saroyning eng katta xonasiga shu hovli orqali kiriladi. Unga katta yo`lak va oltin suvi berilgan lojuvard va koshin bilan qoplangan, katta san’at bilan ishlangan ulkanva baland eshik orqali kiriladi. Eshik tepasida, uning o`rtasda, quyosh fonida turgan she’r tasviri tushirilgan. Shunday tasvir eshikni yonlariga ham tishirilgan. Bu -Samarqand podshosining gerbidir … Shu eshik orqali to`rburchakli, oltin, lojuvard va boshqa rangdagi koshinlar bilan qoplangan qabulxonaga kiriladi.”18
Klavixoning bu xikoyasida Amir Temur Shahrisabzda qurdirgan mahobatli va go`zal oq saroy kishining ko`z oldida namoyon bo`ladi. Lekin Klavixo bo`lgan paytda, saroy qurilishi hali oxiriga yetkazilmagan edi. Shuning uchun uning asl mohiyatini, ne maqsadda qurdirilganligini birdan anglash qiyin bo`ladi. Jumboqni naxminan 90 yil o`tib kelgan Zahiriddin Muhammad Bobur yechib bergan. Uning zo`zlariga qaraganda hazrati sohibqiron Keshni boshqa poytaxt qilmoqchi bo`lgani uchun oqsaroyni ham podshoning axlu oilasi bilan, turar joyi hamda davlat muassasalari joylashgan rasmiy qarorgoh sifatida qurdirgan.”Boburnoma ”da, masalan, mana bunday deyilgan: “Temurbekning zodu sa’y va ehtimollar qildi, oily imortlar Keshga bino qildi. O`ziga devon o`ltirur uchun bir ulug` peshtoq va yana uning yonida va so`l yonida tavochi beklari o`ltirub devon so`rar uchun, ikki kichikroq peshtoq qilibdur.Yana savrun eli o`ldirur uchun bu devonhonaning har zil’ida kichik-kichik tokchalr qilibdur.Buncha oliy tok olamda kam nishon berurlar. Derlarkim,Kisro tokidin bu buyukroqtur”.
Klaviho Amir Temurning otasi va xotinlari ham o`ta qimmatli ma’lumotlar keltirgan.Masalan, Amir Tarag`ay Bohodir haqida bunday deydi: “Temurbekning otasi oliyjanob odam bo`lgan, chig`atoy urug`idan. Maishati o`rtacha bo`lgan. Uch-to`rt yigiti bo`lib SHahrisabzdan ko`p ham olis bo`lmagan qishloqlardan birida yashagan.”
Hazrat sohibquronning xotinlari qabul marosimlari va podshoning majlislarida erkaklar bilan bir qatorda ishtirok etganlar. Klavihol Amur Temurning horijiy mamlakatlaridan kelgan elchilarni qabul qilish marosimlaridan biri haqida hikoya qilar ekan, unda xazrat sohibquronning xotinlari Saroy Mulk xonim (Kan’o) kichik xotini Cho`lpon Malika va katta kelini Xonzoda begoyimlar hozir bol`ib, Amur Temurning yonida o`ltirganlar.
Temyr o`z davrida qonun ustivorligini, u hamma uchun barobar ekanligini ta’mirlagan davlat arbobi edi. U yetti yillik(1399-1404) harbiy yurishdan qaytib kelgach, bozor maydonida mansabini suiiste’mol qilgan bir vazirni molini ortiq narxda sotgan bir necha kosibni hammaning oldida tergab-tekshirib jazoga buyurgani ma’lum. Bu voqeani o`z ko`zi bilan ko`rgan klaviho bu haqda quyidagilarni hikoya qiladi: “Podsho birinchi bo`lib, o`zining mashhur vazirlaridan biri jazoga tortdi.Temurbek yeti yillik yurishga ketayotib uni davlat tepasiga qo`yib ketgan edi.Temurbek yo`q paytida o`sha vazir, aytishlaricha, o`z mansabini suiiste’mol qilgan… Temurbek ba’zi gudoklarni, go`shtni qimmat bahoda sotgan qasobni, milini ortiq bahoda sotgan maxsudo`zlarni, etikdo`zlarni va kosiblarni ham jazoga buyurgan”.
Klavixonning “Estaliklari”da Samarqandning osori atiqalari va bozorlari, uyerda ko`p mamlakatlardan olib kelingan mollar haqida ham o`ta qimmatli ma’lumotlat keltiradi. Byuk sarkarda Amir Temur (Temurbek) Samarqand tahtini egallagan so’ng, uning hukmdori li boshlandi. Keyinroq uning butun Mo’g’iliston va Kichik Hindiston erlarini zabt etganligi haqida bilib olamiz. Shundan so’ng Amir Temur Huroson hamda Tojikiston o’lkasini, butun Fors ko’rfazi erlarini, Tabriz va Sultoniya podshoxligini o’z tasarrufiga oldi. Gilos, Darband, Armaniston, Ozarbaujon, Qudriston erlari ham uning qo’l ostiga o’tdi. Kichik Hindistonning katta qismini mashaqqatli jangler evaziga qo’lga kiritib, Damashq shaxriga ega chiqdi. Bobilni egallab, bir qancha mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirgach, Bag`dodni egalladi. Katta kuch bilan o’sha davrda salobatli davlat hisoblangan Turk erlariga yurish boshladi va o’z davrining mashxur sarkardasi turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi jang qildi. Turkiyaning Anqara qasri yonidagi katta jangda Amir Temur g`olib kelib, Turk sultonini o`g`illari bilan birgalikda asirga oldi. O`sha davrda Ispaniyaning, ya`ni Kastiliya va Lionning qiroli Enriko tomonidan tayinlangan ikki elchi – Payo de Satomayoor, Fernan Sanches de Palusuelslar bu jangning guvoxi bo’lgan edilar. Bu elchilarning maqsadi Temurbek va Turk sultoni Yildirim qo`shinlarining son-sanog`ini bilish hamda bu katta jangni o`z ko’zlari bilan ko’tish edi. Elchilarning kelganidan Temurbek xabar topdi va Kastiliya qiroliga hurmati benihoyat balandligi bois ularni o’z saroyiga taklif qilib, elchilar sharafiga ziyofat uyushtirdi va sovg`a-salomlar hadya etdi. Shu o’rinda elchilardan Kastiliya qirolining salomini va qirol haqidagi ko’pgina ma`lumotlarni eshitdi. Bundan keyin Kastiliya qiroli bilan do’stona munosabatlarni mustaxkamlash va katta bir jangda g`olib kelganligi munosabati bois o’z tomonidan elchi tayinlab, uni sovg`a-salomlar bilan jo’natishni buyurdi. Bu elchi Chig`atoy qavmidan bo’lmish Muxammad al-Keshiy bo’lib, barcha sovg`a-salomlar va nomiga yozilgan maktubni shu inson orqali jo’natdi. Muxammad al-Keshiy Muxammad al-Keshiyga etib kelib, Temur tomondan yozilgan maktubni, sovg`a-salomu, zebu-ziynatlarni, urf-odatlarga ko’ra, Kastiliya qiroli uchun yuborilgan kanizaklarni unga tuhfa etdi.
Bu hurmat-ehtiromdan,sovg`a-salomlaru o’z shaniga aytilgan iliq gaplardan va buyuk Temurning o’zgan nomasidan ta`sirlangan qirol o’rtadagi do`stlikni yanada mustahkamlash uchun sovg`a-salomlar tayoorlanib, elchilar tauinlanishi haqida bo’yruq berdi. Magstr Fra Alfonsso Paessa de Santa mariya, o’z soqchisi Gomes de salasar va Rui Gonsales de Klavexoni elchi etib tayunladi. Ularni maktub, sovg`a-salomlar bilan Samarqandga jo’natdi.
Yo’lda sodir bo’ladigan voqea bva ma`lumotlarni to’liq yoritib borish maqsadida Xudodan izn so’rab Rui Gonsales de Klavexo kotib sifatida Muqaddas Maryam bandargoxi (bu bandargoh Kadis shaxridan sal nariroqda joylashgan) ga elchilar bilan kelishimiz bilanoq, quyidagilarni tarixiy xujjat sifatida yozishni bishladim. Bu sana bir ming to’rt yuz uchinchi yil yigirma birinchi may edi. Qirolning elchilar nbilan birga Temurbekning Kastiliyaga jo’natilgan elchisi Muxammad al-Keshiy ham o’z yurtiga qaytib kelayotgan edi.
Bir ming to’rt yuz uchinchi yil, yigirma birinchi may, dushanba kuni elchilar Muqaddas Maryam bandargoxiga etib kelganlarida, xuddi shu kuni bandargoxdagi kemalarga turli oziq-ovqatlarni ortishayotgan edi. Elchilar yuk ortilayotgan kemalarning birida ketishni mo’ljalladilar. Kemalarning biri Seviliyadan Xeres shaxriga tomon yo’l olayotgan va boshqa ko’pgina odamlar ham kemaga chiqishayotgan edi.
Ertasi, seshanba, yigirma ikkinchi may kuni elchilar kema darg`asi Misser Xulio Senturio bilan birga qayiqqa o’tirishib, Kadis shaxridagi Las Muelis bandargoxiga borishdi va chorshanba kuni kema yo’lga tushdi. Dengizga chiqish oldidan havo yaxshi bo’lib, elchilar kechga yaqin Gibraltar bo’g`oziga kirish joyidagi Marokash qirg`oqlaridan, keyinroq Marokashning Tanger shaxarlari qirg`oqlaridan, so’ng birin-ketin Berberiya erlaridan, Ximena va Seuta shaxarlari qirg`oqlaridan, bir oz fursaqtdan keyin Gebraltar va Marbela qirg`oqlari yonidan o’tisharkan, bu shaxarlarning manzaralarini, go’zal joylarni bemalol tomosha qilib o’tishardi. Shu tarzda yo’l bosib, kechqurun Figerola tog`iga yaqinlashdilar.
Juma, yigirma beshinchi may tongida, kema Malaga shaxar bandargoxida langar tashladi. Elchilar juma, shanba va yakshanba kunlari bandargoxda bo’ldilar. Bunga sabab, kema darg`asi katta xum idishlardagi yog`larni va shunga o’xshash boshqa yuklarni kemaga yukladi. Malaga shaxri tekisliklaridan iborat bo’lib, bir qismi dengiz bilan qo’shilib kewtgan, chekkaroqda esa bir qasr qad rostlagan, qasr Alkasaba deb nomlanardi. Bu qasrning yonida yana bir kichikroq qasr ham bor bo’lib, har ikki qasr ham dengizga yaqin joylashgan, qasrda bir-biriga ulangan, atroflari baland devorlar bilan o’ralgan qasr ichkarisida binolar, uzumzor bog`lar, dengizga yaqin erlarda ham bir qancha binolar qad rostlagan edi. Bu erlarda qishloq axolisi ko’pchilikni tashkil etardi.
Chorshanba, yigirma to’qqizinchi mayday kema yo’lga tushib, uzumzor bog`lar bilan burkangan Malaga tog` tizmalari oldidan suzib o’tib, keyin Veles Malaga erlariga yaqinlashdi. Bu tog` tizmalari uatidan ham bir baland qal`a qad rostlab turar edi. Ular shaxar pastrog`ida dengiz ko’rinib turgan Almunekar shaxri yonidan o’tib, kechga yaqin Sierra Nevada shahriga etib keldilar. Payshanba kuni ular Kartaxena yaqinidagi Palos bo’g`ozi yaqinidan o’tib, juma kuni Martin bo’g`oziga keldilar. Bu erda Kataloniya tog` tizmasi bor edi.
Shanba kuni, tong yorishishi bilan kema Formentera deb nomlangan orolni ortda qoldirib, Ibiza oroliga kelganida langar tashladi. Ilar kemadan tushishib, shanba va yakshanba kunlari shu orolda bo’lishdi. Dushanbada yo’lga chiqish uchun taraddud ko’rayotganda birdan juda kuchli shamol ko’tarilib, yana bir kun orolda qolishga majbur bo’ldilar. Seshanba, beshinchi iyun kuni kechga yaqin shamol tingach, kema Ibiza bandargoxidan yo’lga chiqishdan oldin darg`a kemadagi yuklarni shu orolda qoldirib, bu erdan esa kemaga ko’p miqdorda qoplangan tuz yuklatdi. Yuklar ortib bo’lingach, chorshanbadan yana qattiq shamol qo’zg`alib, havo0 aynidi, kema dengizga chiqolmay yana ancha vaqt orolda turib qoldi. Bir haftadan so’ng, chorshanba, o’n uchinchi iyun kuni ular yo`lga chiqdilar. Dengizga chiqqan kema payshanba va juma kunlari qulay ob-havoda tinch va osoyishta, shovqinsiz dengizda suzib borardi. Вiza oroli uncha katta bo’lmagan, uzunligi beshligi, eniga esa uch liga keladigan urtacha orolcha hisoblanardi. Elchilar orolga kelib tushganda, ularni bu erning hukmdori qirol Aragon kutib oldi va yashashlari uchun turar-joy ajratib berishni mulozimlariga buyurdi. Mulozimlar elchilarni kichikroq kishloqqa olib borishib, uy-joy bilan ta`minladilar. Orol baland tog`lar-u, mayday daraxlarga boy o’rmonlarga iborat bo’lib, to’siqlar bilan uchga bo’lingan, har bir chegaralangan to’siqlar ichkarisida axoli yashar, qishloqning bir tepaligida katta qal`a bo’lib, qal`aga yaqin joyda kichik cherkov ham mavjud ekan. Qal`a va cherkov atrofi to’siqlar bilan o’ralgan.
Orol qirg`oqlarida dengizdan chiqqan anchagina tuzlar yig’ilib, katta-katta tuz konlarini paydo qilgan. Bu konlardagi tuzlar boshqa mamlakatlarga sotilar, har yili boshqa mamlakatlardan kelgan kemalar bu erdagi tuzlardan ortishib olib ketishar ekan. Qishloqqa yaqin joyda bir qal`a, qal`a ichkarisida anchagina uylar va minora bo’lib, minorani nomi «Avisenna», aytishlaricha, qal`ani ham Avisenna deb atashardi.
Keyingi shanbada, ya`ni o’n oltinchi iyun kuni Mayorka oroli yaqinidan o’tib, Bu orolda ham bir kichkina qasr bor ekan.
Dushanba va seshanba kunlari o’z sayoxatlarini davom ettirgan elchilar kemasi chorshanbada, kechga yaqin Menorka orolini chetlab, Lion ko’rfaziga kirib keldi. Elchilar payshanba, juma va shanbani lionda o’tkazishdi. Shu kunlari havo ham mo’`tadil bo’ldi. Yakshanba , Avliyo Xuan kunida ular yo’lni davom ettirib, Arogon qirolligiga tegishli Linera orolidan o’tishdi.
Dushanba tongotarida ular ikki orol oralig`idan suzib o’tishdi. Birinchi orolning nomi Korsega bo’lib, undan genuyaliklarga tegishli Bonifasio deb nomlangan qasr, ikkincgi orol Serdeniya deb nomlanib, unga kataloniyaliklarga tegishli Luisigozardo qasri bor edi. Bu orol va qasrda bir-biriga qarama-qarshi turar, orollar oralig`I tor, undan o’tish juda xavfli ediki, joy nomini Bonifasio bo’g`ozi deb atashardi. Seshanba, shomda Ponsa oroli yaqinida o’tisharkan, bu joylar kimsasiz koo’rinsa-da, orolda boshqa vaqtlarda odam ko’p. Orolda ikkita ibodatxona va did bilan qurilgan imoratlar anchagina. Orolning o’ng tomonida Monte Karsen tog`I, tog` yonida Lanselot qiroligiga qarashli Sant Felis qal`asi bor. Bir oz o’tib, yana tog`larga duch кelishdi. Bu tog`lar yonbag`rida kichikroq Tarazina deb nomlangan Rimga qarashli er bo’lib, bu erdan Rimgacha o’n ikki liga kelardi. Er dengizga yaqinligi uchun atrofiga go’zal bog`lar va qalin o’rmonlardan iborat. Bu erda qad rostlab turgan yagona ibodatxonaga Berberiyadan ham odamlar kelib ibodat qilar ekan. Elchilar chorshanbada o’z sayoxatlarini davom ettirib, payshanba – yigirma ettinchi I iyun kechqurun Gaeta shaxriga yaqin kelib, kemani bandargoxda qoldirib, o’zlari birin ketin quruqlikka tushib, shu erda dam olishga qaror qiidilar va San-Fransiskoga yaqin bir uyga joylashib, o’n olti kun shaxarda yashashdi. Bu vaqt oralig`ida kema darg`asi va savdogarlar mollarini sotishib, o’rniga maxsus idishlarda qadoqlangan o’simlik yog`laridan kemaga ortishdi.
Gaeta judayam go’zai bo’lib, bandargox – shaxarlardan hisoblanar, bandargoxning kirish qismi tor va ingichka, ichkari qismi juda kengdir. Atrof tog` tizmalari bilan o’ralgan, qal`alari bor, yerlari hosildor, obod bog`lari shaxar ko’rkiga ko’rk qo’shib turibdi. Turar-joy binolari ajoyib tarzda qurilgan. Bandargozga kirganda, o’ng tomondan baland tog` cho’qqisi ko’rinib turar, cho’qqida Roldon deb nomlangan ko’rkam minora qurilgan. Qurilgan uylar keng maydonni egallab, dengizgacha cho’zilib ketgan. Baland devorlar bilan o’ralgan qal`a qattiq qo;riqlanardi. Roldon minorasidagi askarlar atrofni kuzatish bilan birga shaxarni ham hushyor turib himoya qilshadi. Shahar ichkarisida uzumzorlar va turli mevali bog`lar mavjud bo’lib, ko’plab uylar va savdo rastalari qurilgan, shahat ko’chalari keng, muqaddas Mariya ibodathonasi bor. Axoli bu ibodathonaga ko’proq keladi.
Shaharda yana Avliyo Anton cherkovi ham mavjud. Muqaddas Mariya ibodathonasi yonida Avliyo Fransisko ibodathonasi bor. Ibodathona oldidagi ko’cha bo’ylab borganlar, ko’cha oxirida bir tepalikka chiqiladi. Tepalik aylanasiga to’siqlar bilan o’ralgan va u dengizga yaqin, axoli bu to’siqlarni o’zlarini turli havf-xatardan himoya qilish uchun qurgan.
Bu erda yana Trinidad cherkovi, cherkovga yaqin kichikroq qal`a bor. Cherkov yonida tog`, tog`ning pastki qismida g`or ko’rinadi. G`orning eni o’n quloch, uzunligi ellik qadamcha keladi. Uning teshigi tor, bitta odam bemalol kira oladi va joyning nomini Sqanta kruz deb atashadi. Iso payg`ambar xochga tortilgan kuni qoya yorilib, ushbu g`or paydo bo’lgan deyishadi.
To’siqlar bilan o’ralgan qo’rg`onlar aholi ko’p, katta-katta bog`lar, ko’plab uylar mavjud. Bog`lar ham ham turli xajmdagi maydonchalarga bo’lingan bo’lib, unga limon, apilsin, uzum va shunga o’xshash boshqa mevali daraxtlar bmavjud. Bunday chiroyli bog`larni ko’rgan odamning ko’zlari quvonadi. Qo’rg`ondan o’tgach, dengiz bo’yida kichik joy bor, unga yo’l orqali boriladi. U erda ham hashamatli binolar, qasrlar va bog`lar ko’zga tashlanadi. Bu joy bandargoxga yaqin, nomi Mola. Bu erdan shahargacha ikki liga keladi. Joy tog` tizmasiga yaqin, tog` yonbag`ilarilan ham anchagina uylar, bir nechta qishloqlar bor. Bu manzara bir qarashda juda chiroyli, uzoqdan qaraganda xuddi katta shahat qad rostlagandek ko’rinadi.
Elchilar bu joylarni tomosha qilgani to’xtadilar. Molaning yonida katta qishloq, unda baland qasr, qasr yonida qal`a mavjud, qal`aning nomi Korelyano. Aytishlaricha, bu erlar avval graf Fundiga tegishli, hozirda Lonselot qiroliga qarashli.
Gaeta shahri juda go`zal, U bandargohning o’ng tomonida. Shaharning baland-baland qurilgan uylari, bog`lari, qasrlari, uylarining derazalari dengizga qaraganligi, dengizga olib chiqadigan keng ko’chalari maftunkor. Shaharning yana bir qulayligi, uning dengiz bo’yida joylashganligi va bu erga har yili savdogarlar kelib ketishidir.
Qirol Lanselot katta jangda qirol Luisni engib, uning yerlarini va shaharlarning bari unga tegishli bo’ldi. Qirol Lanselot bu shaharlarni egallagan paytda qirol Monfred Konstanzadan farzandi yo’q edi. Sharob to’ldirilgan katta billur qadaxni keltirgalarida, Hokim sharobdan ozroq ichib, so’ng Rui Gonsalesga uzatdi. Boshqalarga ham sharob tutdi. Shundan keyin sergo’sht va guruchli taomlar ishtaha bilan tanovul qilib bo’lishgach, asal, shaftoli, uzum olib kelindi. Mezbonlar juda pala-partish ovqatlanishardi. Ziyofat davomida sharob to’xtovsiz quyilib turildi. Hokim sharob to’ldirilgan kosani amaldorlarga o’z qo’li bilan tutib turdi, ular kosadagi sharobni ohirigacha sipqirdilar. Chunki sharobni kosa tagida qoldirish erliklarning urf-odati bo’yicha hurmatsizlik hisoblanardi. Hokim sharob tutib zerikkach, amaldorlar bir-biriga sharob quyib tutaboshlashdi. Oxir- oqibat ko’pchilik sarhush bo’lib qoldi. Hokim bugungi ziyofatda Rui Gonsalesga hamroh
bo’lgani uchun sharob ichmadi. Hokimning ismi Fatalibek edi. Kechqurun o’zlariga ajratilgan qaroqgohga qaytdilar.19
Jannatdan oqib chiqayotgan daryolardan biri debt a`riflangan Evfrot daryosi bo’yidagi tekislikda qad rostlab turgan Arzinjon shahri juda baland tog`lar bilan o’ralgan. Tog` cho’qqilarini oppoq qor qoplab, pastda umuman qor yo’q, tog` yonbag`irlarida qishloqlar, bog`lar va uzumzorlar, tekislik ham tokzor, ekinzor va ko’rkam bog`lar bilan go’zal. Shaharning o’zi kichik, minorali tosh devorlar bilan o’ralgan. Armanlar tomonidan qurilgan bu shahar devorlarining har joyi toshdan xoch yasab o'rnatilgan. Shaharda uylarning deyarli barchasining oldida ayvonlar bo’lib, kishilar bu ayvonlarda ko’chaga yurganday bemalol yuradilar. Shaharning aholisi ko’p, ko’chalarda doimo savdo-sotiq ishlari qizg`in. Ko;plab nasroniy, arman va grek millatiga mansub kishilar yashaydigan ushbu shaharda masjidlar bisyor.
Aytishlaricha, Temurbek turklarning Sabastriya shaharni egallaganda, turklar Arzinjon shahrini zabt etgan, Temurbek turklar ustidan tamoman g`alaba qozongach, u Arzinjonni qayta qo’lga qo’lga kiritadi. Temurbek shaharda turgan vaqtda nasroniylar bilan musulmonlar o’rtasida chiqib, Arzinjon hokimi Zaraton « musulmonlarga nisbatan nasroniylarga iltifot ko’rsatilib, nasroniylar cherkovida musilmonlar masjidiga qaraganda yaxshiroq sharoit yaratib berilgan» , deb Temurbekka shikoyat qilgandi. «Nasroniylarning bu erda kelib yashashlariga ruxsat etilganligiga sabab, biz ulardan zarur hollarda foydalanamiz» , deb javob bergan edi Zaratan. Shundan keyin Temurbek nasroniylarning bosh ruxoniysini huzuriga chaqirtirib, konstantinopol va Pera shaxarlaridagi genuyzliklarga nafrati tufayli, ruxoniydan o’z dinidan voz kechishini talab qiladi. Ruxoniy bunga rozi bo’lgach, shahardagi barcha nasroniylarni o’dirishni buyuradi. Zaratan Temurbekdan ularning kechirishini so’raydi. Temurbek o’n ming esper (bir esper- yarim kumush tangaga teng) evaziga ularni ozod qiladi. Bu miqdordagi mablag`ni Zaratan nasroniylarga qarsga beradi.
Temurbek barcha cherkovlarni buzib tashlashga farmon, shahardagi Kamagi qasrini o’z ixtiyoriga oladi va bir chig`atoy amaldoriga taqdim etadi hamda uni shu erlarning boshlig`i etib tayinlaydi. Temurbekning bu qasrni o’z amaldoriga olib berishining sababi, qasr juda mustaxkam va katta foyda keltiradigan yerda joylashgan, bu erlarni qo’riqlan uchun ham ushbu qasr juda qulay, chunki hisobsiz mol-mulklar bilan Suriya, turkiya va boshqa mamlakatlarga yo’l olgan savdogarlar qasr oldidan o’tardilardilar.
Temurbek bilan turk sultoni Boyazid Yildirimning bir-birlarini bilishlari va o’rtalarida urush boshlanishining o’ziga yarasha sabablari bor edi. Masalan, Arzinjonshahri hokimi Zaratan erlari turk erlari bilan chegaradosh, turklar esa Zaratan erlarini, ayniqsa, Kamagi qasrini egallashini juda-juda xohlash bilan birga Zaratandan boj to’lash va kamagi qasrini o’z ixtiyori-la topshirishni talab qildilar. Zaratan turklar hokimiyatini tan olib, ularga boj to’lashga rozi ekanligini.
Klavihonning 1404 yili Samarqandga, Amur Temur saroyiga qilgan sayohatnomasi 1582 va 1779 yillari eski ispal tilida nashr etilgan. Asarning ruscha tarjimasi K.I. Srezneviskiy tahriri ostida 1881 va I.S.Murakova tarafidan 1990yili nashr etilgan.


Download 86.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling