Мавзу: Ўрта Осиё Эвропа сайёхлари наздида


Mavzuning o’rganilganlik darajasi


Download 86.81 Kb.
bet2/7
Sana22.02.2023
Hajmi86.81 Kb.
#1221943
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
KURS ISHI YEVROPALIK SAYYOHLAR

Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Buyuk geografik kashfiyotlar natijasida Yevropada sayyohlikka va ma`lumotlar tuplashga qiziqishni orttirgan. Yevropada o‘lkamiz haqidagi ma’lumotlar dastlab sayozroq bo`lsada, keyinroq XV asrga kelib yangi ma’lumotlar bilan ancha boyidi. Bunda G‘arb va Sharq mamlakatlari o‘rtasida savdo-sotiq aloqalarining kuchayishi, dengizlarda kema qatnovining ortishi katta turtki bo‘ldi.
Ushbu mavzuni tadqiq etish davomida quyidagi tarixchi olim, sayyoh va savdogarlar asar hamda esdaliklariga murojaat qildim: Klavixo, Ibn Arabshoh, Ibn Xaldun, Ibn Xavqal4.
Sayyohlar qoldirgan ma`lumotlar o‘ziga xos manba hisoblanib, O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega ekanligi hamda mustaqil O‘zbekistonning dunyo mamlakatlari bilan iqtisodiy, madaniy, ilmiy sohalardagi hamkorligi kengayganligi, qolaversa, mustaqillik g‘oyalarini targ‘ib qilish, aholining o‘sib borayotgan moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish turli monografiyalar, ilmiy to‘plamlardagi Yevropaliklarning O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlarini, tadqiqotlarini tahlil qilib umumlashtirish va alohida mavzu doirasida o‘rganish mazkur Kurs ishida bosh vazifa etib qo‘yildi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari: Yevropa va Rossiyadan kelgan sayyohlar O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlarni mavjud yozma manbalar va tarixiy faktlar yordamida ilmiy tadqiq etishdan iborat. Ana shu maqsad asosida :

  • Yevropadan O‘rta Osiyoga kelgan sayyohlar esdaliklarini umumlashtirish va tarixiy jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil etish hamda ularni O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishdagi manbaviy ahamiyatini ochib berish;

  • XIV—XV asrlarda G‘arbiy Yevropada O‘rta Osiyo haqidagi ma’lumotlar O‘rta Osiyo va o‘zbek xalqi davlatchiligi tarixini yangi ma’lumotlar bilan yoritishda muhim manba bo‘lib xizmat qilishini ko‘rsatish;

  • XVII-XVIII asrda sharqiy Yevropa sayyohlarining O‘rta Osiyo tarixiy ma`lumotlarini yaratish borasidagi faoliyatlarini va ulardagi mavjud ma’lumotlarning ilmiy ahamiyatini aniqlash;

  • XVII—XVIII asrlarda Rossiyada O‘rta Osiyoga bo‘lgan qiziqishning sabablari va rus ma’lumotlarning paydo bo‘lishi hamda taraqqiyotini qamrab olgan holda tadqiq etish;

  • XIX asrda Rossiyaning O‘rta Osiyoda o‘z manfaatlarini ko‘zlab, olib borgan harbiy va siyosiy harakatlarining o‘sha davr tarixiy ma`lumotlarida aks etganligini ochib berish, ulardagi mavjud ma’lumotlarni avvalgilari bilan o‘zaro qiyoslasb o‘rgangan holda mavzu doirasida xulosalar berishdan iboratdir.


Download 86.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling