Мавзу: Ўрта Осиё Эвропа сайёхлари наздида
Rus elchilari va harbiy sayohlari esdaliklari
Download 86.81 Kb.
|
KURS ISHI YEVROPALIK SAYYOHLAR
2.1 Rus elchilari va harbiy sayohlari esdaliklari
Russiyada O'rta Osiyo haqida XVI asr oxirigacha to'plangan ma'lumotlar ilk geogralik kartografik hujjat — „Книга Большому Чертежу" („Katta Chizmaga Kitob") da o'z aksini topgan edi (1627 yil). Unda tavsiflangan jami 1500 geografik nomning 50 tasi O'rta Osiyoga tegishli ekanligi ham o'sha davrda O'rta Osiyo haqidagi ma'lumotlar Rossiya siyosiy va ilmiy doiralarini qiziqtirganligini ko'rsatadi. Mashhur rus kartografi Semyon Kemezov 1683-1685 yillar orasida yaralgan ancha mukamal Sibir „Chizmasi"da ham O'rta Osiyoga doir ma'lumotlarni tasvirlashda asosan „Книга Большому Чертежу" dan foydalangan. XV1I1 asr boshlariga kelib Rossiya O'rta Osiyo hududlarida o'zining mavqeini mustahkamlashga intildi. Bu hududlarda joylashgan Konliklar Rossiya impenyasining Hindistonga kirib borishida qo.'nimgoh vazifasini o'tashli kerak edi. Bu davrda Hindistonga O'rta Osiyo orqali yaqin yo'l qidirilishi rus geografik hamda kartografik tadqiqotlarining asosiy yazifasi bo'lib turardi. Bu vazilani bajarishda Pyotr I ning faoliyati asosiy hal qiluvchi o'rin egalladi. 1714 yilda Pyotr I Kaspiy dengiziga poruchik knyaz Bekovich-Cherkasskiyni jo'natadi va unga bu yerdan Xivaga borish topshirig'i yuklatildi. 1715 yilning aprelida Bekovich-Cherkasskiy Kaspiyning sharqiy qirg'oqlariga yetlb keladi. O'rta Osiyo va Kaspiy dengizining ilmiy kartalarini tuzish aynan 1715 yildagi Bekovich-Cherkasskiy ekspedisiyasiga tegishlidir. 1720 yilda Rossiyada Kaspiy dengizining birinchi bosma kartasi chop etildi. Unda dengizning sharqiy sohillaridagi ko'rfazlar noto'g'ri aks ettirilgan edi. Ushbu karta 1719 yilda F.I. Soymonovning dengizning g'arbiy va janubiy qismlarida olib borgan kartografik suratga olish ishlari orqali amalga osbirilgan bo'lsada, avval Bekovich Cherkasskiy tomonidan aks ettirilgan ko'rfazlar kartadan berilgan edi. XVIIl asrning birinchi yarmidagi eng katta va muihim ilmiy samara bergan sayohat Dmitriy Gladishev va Ivan Muravinlarning 1740-1741 yillarda Xiva sayohatidir. Bu sayot hisobotining to'la matin va kartasini 1850 yildagina mashur Sharqshunos Ya.Xanikov nashr ettirgan. 1752 yilda esa I.Krasilnikovga mavjud manbalar asosida Orenburg guberniyasining yangi bosh va 10 ta maxsus kartasini tuzish topshirig'i berilgan. l.Krasilnikov tuzgan kartalaning ikkitasi O'rta Osiyo hududlari haqida ma'lumot beradi. Keyinroq rus harbiysi, general-mayor Yakov Bouver, XVIII asr oxirida polkovnik Ivan Lyutovlar ham O'rta Osiyoga oid kartalarini yaratganlar. 1794-1795 yillarda Timofey Burnashev bilan birga Aleksey Beznosikov Buxoroga tashrif buyurishib, o'lka haqida boy. ma'lumotlar yig'ishdi. Aleksey Beznosikov esa O'rta Osiyoga doir to'rtta karta tuzgan. XVIII asrning oxirlarida, aniqrog'i, 1799 yilda Rossiyada Kartalar Deposi tashkil etildi. Bu muassasaning asosiy vazifasi Rossiya va unga tutash O'rta Osiyo hududlarining harbiy-topografik kartalarini tuzish va to'plashdan iborat edi. 1812 yilga kelib, Kartalar Deposi — Harbiy-topografik Depo deb qayta nomlandi va uning faoliyat doirasi ancha kengaytirildi. Depo Harbiy vazirlikka bo'ysunar edi. XIX asrda Rossiya imperiyasining o'sib borayotgan paxtani qayta ishlash, ip-gazlama sanoati uchun xom ashyo bozorlari va ulkan hududlar kerak edi. Shu sababli rus hukumati O'rta Osiyo bilan savdo va diplomatik aloqalarni mustahkanilash yollarini qidira boshladi. Ana shunday ulkan siyosiy, harbiy hamda iqtisodiy manfaatlarni qondirish maqsadi rus hukumatining O'rta Osiyo hududida kartografik izlanishlar olib borishini tezlashtirdi. O'lkaning Rossiyaga chegaradosh hamda ruslarga noma'lum bo'lgan qismlari jo`natilgan missiyalarining bosh maqsadi - bu yerlar haqida mukammal ma’lumot beruvchi kartalarni yaratish edi. O'rta Osiyoning janubi-g'aibiy va markaiziy qismlari haqida ilk ma'lumotlarni 1819 yilda Rossiya harbiylarining topshirig'i bilan Krasnovodskdan Xivagacha sayohat qilgan kapitan N.Muravyov bergan.Uning elchiligining asosiy vazifasi turkmanlar bilan aloqa o'rnatish va ularning hududlaridan Xiva, Buxoro va Shimoliy Hindistonga savdo yo`llarini ochishga qaratilgan edi. N.Muravyov avvalo kaspiy dengizini ko'zdan kecliirib, uning janubi-sharqiy qirg'oqlani tasvirga tushirdi va Xivaga sayohat qildi. 1822 yilda o`z sayohati natijalarini nashr ettirib, unda O'rta Osiyo tabiati haqida bir qator qimmatli ma'lumotlar beradi. 1821 yilda N.Muravyov yana O'rta Osiyoga tashrif buyuradi hamda Krasnovodsk va Balxan qo'ltiqlarida tadqiqotlarolib boradi. Ushbu hududlaning mukammal kartasi yaratildi. 1820-1821 yillarda Buxoroga A.Negri boshchiligidagi rus elchilari tashrif buyuradi. Unda Bosh shtab zobitlaridan G.K.Meyendorf, V.D.Volxovskiy, A.K.Timofeyev, tabiatshunos X.Pander va sayyoh EAEversmann ishtirok etgan. Ekspedisiya natijasida 50 verstli masshtabdagi karta yaratildi hamda 5 astronomik nuqta belgilandi (shu jumladan Buxoro shahrining koordinatalari ham). Karta ilk bor sayohat.tavsifi bilan 1826 yili Parijda K.Meyendorf tomonidan nashr ettirilgan. 1833 yildan 1846 yilga qadar Orenburg o'lkasi va unga tutash O'rta Osiyo hududlarida qator tadqiqotchilar ish olib bordilar. Ularning faoliyati asosan O'rta Osiyoning shimoliy hududlari va Xiva, Buxoro davlatlarining ma'lum qismini qamrab olgan edi. Kartografik tasvirga olish ishlari harbiy qismlarda harbiy topograflar tomonidan olib borildi. 1841-1855 yillarda Orol dengizidan shimolga va shimoli-sharqqa tomon yo'nalishda va Sirdaryoning quyi oqimlarida alohida manzillar va yo'nalishlar turli masshtabli tasvirga olindi. Ular orasida o'sha davrning tarixiy-kartografik ma'lumotlarini o'zida to'plagan tadqiqotchi Ya.V. Xanikov hisoblanadi. U 12 yil davomida O'rta Osiyoning shimoli-g'arbiy tumanlar, haqidagi ma'lumotlarni yig'ib, aholi manzillarining to'la jadvalini tuzdi. Jadval astranomik aniqliklar va Xiva xonligiga tashrif buyurgan sayohatchilar ma'lumotlari asosida tuzilgan edi. 1843 yil Xiva xonligiga polkovnik G.I. Danilevskiy missiyasi jo'natildi. Bu ekspedisiyada ham topograilar ishlimk etib, Xiva xonligining kartalarini chizishgan. 1858 yilning o'zida birdaniga uchta ekspedisiya tuzilib, sharqshunos N.V. Xanikov boshchiligidagi savdo ekspedisiyasi Qoshg'ar (janubi-sharqiy Turkiston)ga va diplomatik ekspedisiyalar Xiva hamda Buxoro xonliklariga yuboriladigan bo'ldi. Bu ekspedisiyaga Londondagi rus harbiy agenti, O'rta Osiyoga hujum qilish siyosatining tarafdori, polkovnik N.P. Ignatev boshchilik qildi. Missiyaning Xiva va Buxoroda yetti oy mobaynida olib borgan faoliyati natijasida bo'lajak asosiy janglar haqidagi batafsil harbiy kartalar ishlab chiqildi, joylarning topografik tasvirlari olindi. "XIX asrning o'rtalarida Orol dengizi. bo'ylari, Sirdaryo, Amudaryo deltalarida harbiy dengizchi A.M. Butakuv boshchiligida ekspedisiya faol tadqiqot olib bordi. Ekspedisiya hududning to'la topografiyasini o'rgandi, 1852 yilda esa A.M.Butakov dengizda paroxod qatnovini tashkil qiladi. O'rta Osiyoni chor Rossiyasi istilo etgach, rus harbiylari bosib olgan hududlarni boshqarish va yangi harbiy harakatlarni olib borish hamda kartalar tuzishning markazlashgan idorasini tashkil etish maqsadida 1867 yil 25 noyabrda Turkiston Harbiy okrugi qoshida Harbiy-topografik bo'lim ochishadi. Bo'lim O'rta Osiyoning barcha mintaqalarini muntazam ravishda o'rganib, ilmiy asoslangan aniq kartalarini yaratishni boshiadi. Bo'lim ochilgunga qadar 1984 ming kv. km. maydonni egallagan O'rta Osiyo hududi deyarli tadqiq etilmagan edi. O'rta Osiyoning ma'muriy hududiy va boshqaruv manfaatlaridan kelib chiqib, suratga olish va kartalar yaratish bo'limning bosh vazifasi etib belgilandi. XIX asrning 60 - yillardagi asosiy tadqiqotlar O'rta Osiyo sharqidagi tog' oldi va tog'li tumanlar hududlariga qaratildi. Tyanshanning tog' li tumanlari haqida ilk ma'lumotni 1856 yilda yurtimizga kelgan P.P Semenov-Tiyanshainskiy berdi. Uning asosiy maqsadi Yevropa faniga hali nomalum bo'lgan Tyanshan (Xon-Tangri) tog'lari tizimiga kiruvchi о`lkaning tabiati, o'simlik va hayvonot dunyosini tekshirib, ilmit yangilik olib kirish edi. U Tyanshanga 1856 -1857 yillar orasida ikki marta safar qildi va haqiqatdan goografiya Bani uchun qimatli ma'lumotlar to'pladi. 1888 yilda O'rta Osiyoga yana sayohat qilgan P.P.Semenov-Tiyanshaniskiy bu gal Kaspiyorti, Samarqand va Sirdaryo viloyati bo`ylab qator ekspedisiyalarini amalga oshiradi, 1864-1868 yillarda Tyanshanning janubiy tumanlaridan Issiqko'lgacha sayohat qilgan N.A. Seversov, P.P. Semenov-Tyanshanskiyning ma'lumotlarixii to'ldirdi. Ushbu hududlarning aniq ishlangan kartasi ham aynan N.A.Seversov tomonidan yaralilgan. 1858 yil aprelida N.A.Seversav Qo'qon xonligi hududlariga qilgau ekspedisiyasi davrida asirlikka tushib qoladi. Bu haqda u alohida kitob chop qilgan bo'lib, unda Sirdaryoning quyi oqimlari aks ettirilgan karta ham berilgan. 1869 yilda janubiy Tyanshan hududlarida tadqiqot оlib borgan V.A. Kaulbars esa Norin va Talas vodiylarida 33 punktdan ortiq manzilni taxminiy suratga oldi hamda mazkur hududlarning kartasini yaratdi. 1868 yilda markazi Samarqand shahri bo'lgan Zarafshon okrugi tashkil etilgach, O'rta Osiyoning janubi-sharqida ham suratga olish ishlari jonlandi. Bu ishlarda A.P. Fedchenko ham ishtirok etdi. U ishtirok etgan ekspedisiya 1869 yilda Samarqandga, so'ngra Kattaqo'rg'on, Join, Shahrisabz, Mag'yon va Kishtut daralaridan o'tib, Iskandar ko'lgacha bo'lgan masofani bosib o'tishdi. A.P.Fedchenko o’z ishlarining yakuniy natijalari o'laroq, instrumental suratga olishlar asosida Zarafshon vodiysi, aniqrog'i, uning janubiy qismining aniq kartasini tuzishni maqsad qilgan. 1871 yilda esa Qo`qon xonligiga sayohat qilgan A.P. Fedchenko Jahubiy Tyanshan, Farg'ona, Oloy, Pomii geografiyasi bo`yicha fanga boy va qizlqarli materiallar berdi Qo`qon xonligiga qilgan sayohati davrida to'plangan ma'lumotlar asosida A.P.Fedchenko ushbu hududning kartasinl yaratdi. U “Qo`qon xonligi va Amudaryoning yuqori oqimi" deb nomlanib, unda bu davrgacha noma'lumligicha qolgan ushbu hududlar tasviri berildan edi.20 Rossiyaning o'lkani harbiy yo'l bilan zabt etish harakatlari aks ettirilib harbiy kartalar XIX asrning ikkinchi yarmida ko'p yaratilgan bo'lib, chor ma'muriyati shu yo'l bilan O'rta Osiyo hududlari haqida yaxshiroq tasavvur hosil qilib borgan. Masalan, Rossiya imperiyasi harbiylarining o'lkadagi istilochilik harakatlariga rahbarlik M.A,Terentev, V.N.Zaysevlarning asarlarida harbiy kartalar ilova qilingan. M.A.Terentevning “Karti i plani istorii zavoyevaniya sredney Azii” kitobidagi jami 23 ta kartaning barchasi O'rta Osiyorning istilo etilishi bilan bog'liq harbiy-tarixiy kartalardir. Xivaning egallanishiga doir asar muallifi, rus harbiysi N.I. Grodekov o'z kitobiga ushbu hududlarning kartasini ilova qilgan bo'lib, unda Kaspiy dengizidan sharqda joylashgan Xiva mulklari batafsil aks ettirilgan. 1897 yilda Toshkentda Rus Geografiya jamiyatining Turkiston bo'limi tashkil etildi. Bo'lim o'lkaning geografik tadqiqotlari bilan birga kartalar tuzish ishlari bilan ham shug'ullangan. Yuqoridagi ekspedisiyalar faqat ilmiy muammolarni hal qilibgina qolmay, balki o'z kartografik ma'lumotlari bilan Rossiya imperiyasining O'rta Osiyodagi mustamlakachilik siyosatiga yordam ham berganlar. O`rta Osiyo Rossiya va uning sarmoyador guruhlarini har jihatdan:harbiy-strategik, ya`ni Hindiston va Hitoyga yaqinligi, zaminining boyligi va halqining soddadil va mehnatsevarligi bilan kup vaqtlardan beri qiziqtirib kelgan. O`rta Osiyo bilan qiziqish, uni Rossiyaning mustamlakasiga aylantirish yo`lidagi xarakat podsho Mixail Fo`dorovich (1613-1645) davridan boshlandi va ikki yuz qirq besh yildan key`in, 1865 yili Qo`qon, Buxoro va Xiva honliklarini bo`ysundirish bilan yakunlandi. Rossiiya hukumat o`zining bu siyosatini amalgam oshirish uchun O`rta Osiyoni yahshi bilgan, keng ma`lumotli diplomatlari va harbiylaridan foydalandi. Ular og`izda savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirish uchun, aslida esa mamlakatdagi harbiy-siyosiy vaziyatni o`rganish, Qo`qon, Buxoro va Xiva honliklarining qo`shni davlatlar: Hindiston, Eron,Turkiya va Hitoy bilan qanday munosabatda ekanligini aniqlash va O`rta Osiyo shaharlariga olib boradigan yaqin va qulay yo`llarni belgilash uchun yuborildi. So`zimizning isboti uchun 1620 yildan to rus armiyasining O`rta Osiyoga bostirib kirishigacha kechgan ikki yuz yil mobaynida mamlakatimizga Rossiiyadan kelib ketgan ba`zi elchiliklar va harbiy mutahasislarning faoliyatiga qisqacha to`htalib otamiz. Ivan Danilovich Xohlov elchiligi. Xohlov – XVLll asrda otgan iste`dodli rus diplomati. Hayoti va faoliyatiga oid ma`lumotlar juda kam. I.D. Xohlovni mahsus o`rgangan yirik rus sharqshunos olimi N.I. Veselovskiy (1848-1918) keltirgan ma`lumotlarga ko`ra, u asliga qozonlik ,bo`lib, aszoda (boyarin) oilasida duyoga kelgan. Uning haqidagi daslabki ma’lumot XVI asrning 90- yillariga tegishli. U o`sha vaqnda, jg`asi Vasiliy bilan birga, davlat xizmatida bo`lgan va Qozondagi uychilar xizmatidagi bosh bo`lib turgan. 1600yili yurtiga qaytib kelayotgan Eron ekchisi Pirqulibekni Qozondan Saratovgacha (sha[arga 1590 yili asos solingan) kuzatib qo`ygan. 1606 yili I.D.Xoxlov, og`asi Vosiliy hamda voyvoda Golovin bilan birgalikda Terekka, uning halqini yangi podsho Vasiliy Ivonovich Sheyskiy (1606-1610) ga qasamyod qildirish uchun yuboriladi. Lekin, terekliklar yangi rus podshosini tan olmaydilar, Xoxlov nib o`lsa qattiq do`pposlab qamab qo`yadilar. Ma’lum vaqt o`tib terekliklar I.D.Xoxlovni soqchi qo`shib Astraxanga jo`natib yuboradilar. Shu tariqa u Astraxanda yeti yil, 1613 yilgacha qamoada o`tirdi. 1617 yili Astraxanda hokimiyat ataman I.V.Zaraskiy qo`liga utdi va u I.D.Xoxlovni ozod qilib, Ekonga shox abbos I (1587-1629/30) xuzuriga elchi qilib yubordi. Ataman zaruskiy shohdan pul, oziq-ovqat Asqar bilan yordam berishini so`radi va Mockvani egallangan keyin Astaxanni unga in’om qilajag`ini bildirdi.Shox abbos I boshda bunga ko`ndi va atamanga 12 tuman naqt pul va katta miqdorda oziq - ovqat yuborishiniva’da qildi. Lekin keyincha, o`z elchisi xoja Murtazodan ataman Zaruskiy isyoni barbod bo`lgani va toj-taxt Mixail Ayodorovich qo`liga o`tganini Eronga Rossiyadan Aleksey Buxarin va Mixail Tixanov bosjliq yangi elchilar kelgani haqidagi xabarni eshitganidan keyin fikridan qaytdi. Shox Rossiya elchilarini katta sovg`a-salomlar bilan qaytarib yubordi. O`shanda I.D.Xoxlovga ham kelishiga ijozat berdi. Lekin Vladimirga yetganlarida podshoninf amri bilan uni turib qoldilar. 1615 yilning iyul oyidaAstraxanda Zaruskiy isyoni bartaraf qilingandan keyin, I.D.Xoxlovning gunoxidan kechdilar va uni qo`yib yubordilar. D.Xoxlovning taqdiri 1620 yilgacha qanday bo`lganligi bizga ma’lum emas. Fikrimizcha, shu davr ichida u Qozon hokimi (Voevodasi) ning xizmatida bo`lgan. 1620-1622 yillari u podshoning farmoni bilan O`rta Osiyoda, Buxoro va Xiva xonliklarida bo`ldi. Rossiyaga qaytgandan (1622 yil 12 dekabr kuni) keyin u bir muncha vaqt Moskivada istiqomat qildi; 1623 yilning boshlarida unga Qozonga qaytishiga ijozat berildi hamda voevoda Ivan Odevskeyning xizmatida bo`ldi. I.D.Xoxlov 1624 yilning 8 dekabrda yana Moskvaga chaqirtirib olindi va Buxoro va Xiva xonliklari xaqidagi ma’lumotlarni tartibga solish haqida topshiriq oldi. I.D.Xoxlovning hayotiga oid so`ngi ma’lumot 1629 yilga tegishli. O`sha yili u Eron elchisi Muhammad Sulibek va Eronning savdo karvonini Qozondan Moskivagacha va Moskivadan Qozongacha kuzatib qo`ygan. I.D.Xoxlovning ikki muhim hujjat: Buxoro va Xiva xonliklarining ahvoli haqida pjdshoga yozgan axboroti (Ctateyny spisok) qolgan. Birinchi hujjatda elchilik zimmasiga qlatilgan vazifalar haqida so`z boradi.Uning vazifasi eng avvalo har ikki xonlik hukumdorlarini Rossiya bilan do`stlashish savdo va bordi keldi aloqalarini o`rnatishga ko`ndirish; xonlarni Rossiya qudratchhi davlat ekanligi va uning boshqa nufuzli davlatlar bilan yahshi munosabatda ekanligiga ishontirish, honliklardagi rus asirlarini ozod qilish; har ikkala honlik o`rtasidagi mavjud munosabatlar, honliklarning Eron,ю Turkiya va Gruziya bilan munosabatlari qanday ekanligi aniqlash, tabiiy boyliklari va harbiy qudratini aniqlashdan iborat bo`lgan. Ho`sh, I. D. Xohlov elchiligi o`ziga topshirilgan bu vazifalarini bajara oldimi yo`ki yo`qmi? Uning Elchilar mahkamasi (Posolskiy prikaz) ga yozgan ahboroti (Stateyniy spisok) ga qaraganda, u o`ziga yuklatilgan vazifaning katta qismini bajargan. Masalan, Imomqulihon o`z ihtyoridagi 23 rus asirini ozod qilgan. Boy- badavlat kishilar, amirlar va savdogarlar qulidagi asirlar hususida Imomqulihon elchiga «ularni qidirishga hozircha fursat yo`q, hizmatkori (Toshkent xokimi Tursunhon) isyo`nini bostirgandan keyin imperator janobi oliylarining bu iltimosini bajaramiz va topganlarimizni o`zimiz yuboramiz», deb va’da bergan. Har ikkala honlikdagi ichki vaziyat haqida ham Rossiya eichisi ko`p ma’lumotlar to`plashga muvaffaq bo`lgan. Elchining ahborotida, masalan, qo`yidagilarni o`qiymiz: «…(biz Buxoroda bo`lgan paytda) Buxoro honi bilan Toshkent hokimi o`rtasida urush borayotgan edi. Hon uhga qarshi o`zining katta amiri Nadr devonbegini 40 ming askar bilan jo`natdi. Shulardan 10 ming navkarini Toshkent hokimi urushda halok qildi. Shundan keyin Nmomqulihonning shahzodalari borib Tursun sultonning yigitlarini mag’lubiyatga uchratdilar. Ikki o`rtasidagi urush hali bir yo’lik bo`lgani yo`q…» 21 Iomqulihon Rossiya elchisi kelib-ketgan vaqn ichida o`zaro urishlar va isyonlar tufayli Baih bilan Samarqandda turdi. Shu vaqt ichida elchi uni ikki martda borib ko`rdi, - birinchi marta, Buxoroga kelganidan o`n kun keyin, ikkinchi marta yurtiga qaytib ketishi (1622 yil 3 avgust) oldidan. I.D. Xohlovning ahborotida o`qiymiz: «Hon o`sha vaqtlarda Samarqandda emas edi. Inisi Nadr Muhammad huzuriga qochib borib turgan edi.» Imomqulihon Samarqandga I.D. Xohlov Buxoroga kelgandan bir hafta o`tgandan keyin, qaytib keldi. Lekin qattiq og`rib qoldi. Muzokaralarda ko`tarilgan asosiy masala qalmoqlar, no`g’aylar, shuningdek, rus asirlarini ozod qilish masalasi bo`ldi. Rus asirlari hususida Nodir devonbegi elchiga bundauy javob berdi: «Imomqulihon sizga quyidagilarni aytishimni buyurdi:» «Barcha rus asirlarini hon bo`shatib yuborishni buyurdi. Boshqalarini inshoolloh, Tursun sulton bilan urush tugagandan keyin qidirtirib topadi va yurtiga jo`natib yuboradi. Sizning podshohingiz ham shu tarzda ish tutib, qo`lidagi Imomqulihonning odamlarini bo`shatib yuborsin». Buxoro va Xiva honliklarining ichki ahvoli haqida ham I.D.Xohlov muhim ma’lumotlar to`plagan. Uning ma’lumotlaridan ma’lum bo`lishicha, mamlakat o`zaro urishlar iskanjasida qolgan, Balh, Toshkent va Samarqand ustida turgan noiblar markaziy hukumatga bo`ysunishda bosh tortib, o`zlarini mustaqil tutayotganliklarni natijasida hukumat kuchsizlanib qolgan. Xiva honligida ham aynan shunday vaziyat hukm surar edi. Bu erda Arab Muhammadhon (1602-1623) bilan uning o`g’illari Avanesh va Elbars o`rtasida toj-that uchun kurash borardi. I.D. Xohlovning Elchilar mahkamasiga yo’zgan ahborotida o`qiymiz: «Urganch zamida isyon boshlandi. Arabhonning o`g’illari Avanesh bilan Elbars (otasini) tutib jkib kuziga mil tortganlar. Arabhonnig boshqa o`g’illari: Abulg’ozi bilan Sharif Sulton Buxoro honi huzuriga qochib ketganlar». Rossiya elchisi Xiva honligi hududlariga yoyiq (O`rol) kazaklari va qalmoqlarning tez-tez qilib turgan talonchilik hurujlari haqida ham muhim ma’lumotlar keltiradi. Bu haqda I.D. Xohlovning ma’lumotnomasida mana bularni o`qiymiz: «Ivan Bovatda (Bog’otda)» tutqinda turgan paytda Urganchga qarashli ko`chmanchi halq ustiga bosqinchi rus kazaklari Trenka Us va uning odamlari bostirib kirib, turkmanlarni talon-taroj qildilar; ko`p odamlarni o`ldirdilar, ko`plarini o`ldirib olib ketdilar… Urganch erlariga qalmoqlar ham ko`p bor bostirib kelgan. 1220 va 1221 yillari Urganchga qarashli erlarga boatirib kirib, ko`plarni o`ldirgan». Rossiya elchisining habarnomasida Buxoro, Xiva shahar va qishloqlarining umumiy ahvoli haqida ham muhim ma’lumotlar keltiriladi. Ular elchi kelgan paytda ancha harobalikka yuz tutib qolgan edi. Elchining so`zlariga qaraganda, buncha tinimsiz o`zaro urishlar, toju taxt uchun kurash va qozoq, qalmoq va yoyiq kazaklarining tez-tez qilib turgan hurujlari sabab bo`lgan. Ma’lumotnomada bojhona to`lovlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar uchratamiz. Bojhona haqi, birinchidan, mamlakatdan mamlakatga o`tgandagina emas, balki bir mamlakatning o`zida bir viloyatdagina emas, balki bir mamlakatning o`zida bir viloyatdan ikkinchi viloyatga o`tganda ham olingan. Ikkinchidan, u naqd pul bil;an ham, mol bilan to`langan. Masalan, har bir yukdan 33 parcha mato hajmida boj olingan. Shuningdek, I.D. Xohlov Buxoro va Xiva honliklarining Hindiston va Eron bilan bo`lgan munosabatlari haqida ayrim ma’kumotlar to`plangan. Masalan, uning habarnomasida bunday gaplar bor: «Imomqulihonning, Balh honi Nadr Muhammadhonning qizilboshlar podshosi shoh Abbos bilan aloqasi yomon. Ular (bir-birlari bilan) urush holatidadirlar. Hozirgi paytda ular orasida urish bo`layotgani yo`q. Tinchlik ham o`rnatilmagan. Urushning yo`qligiga cabab, shoh bilan Hindiston o`rtasida (Qandahor uchun)» . Buxoro va Balh honliklari bilan Hindiston o`rtasida ham munosabatlar aynan shu vaqtda yahshi bo`lmagan. Buning sababini Rossiya elchisi bunday sharhlaydi: «Buxoro honi Imomqulihon Hindiston podshosiga lochin yuborgan edi. Balh honi Nadr Muhammadhon bo`lsa uni (Buhora elchisidan) tortib oldi. Shu sababdan Hindiston podshosi u bilan savdo aloqalarini uzdi, savdogarlarini Balh bilan Buxoroga yubormay qo`ydi, Buxoro savdogarlariga Hindiston mollarini olib ketishni man qildi…» I.D. Xohlovning guvohlik berishicha, Xiva honligi bilan Eron o`rtasidagi munosabatlar ham o`sha paytlarda yahshi bo`lmagan, U, masalan, yozadi: «Urganchiliklar shoh Abbos bilan yahshi munosabatlar emaslar. Ivan (Xorazmda turgan kunlari) honzoda Elbars qizilboshlarga qarashli Obivardga hujum qilgan, Obivardliklarning otlari va tuyalarini tortib olgan. SHuningdek, 100 odamini asir qilib haydab ketgan…» Aka-uka Pazuhinlar O`rta elchiligi. Aka-uka Pazuhinlar O`rta Osiyo honliklarining umumiy ahvoli, Eron va Hindistonga Astrahon orqali olib boradigan karvon yo`li haqida keng ma’lumot olib kelgan rossiya elchilari. Aka-uka Pazuhinlarning hayoti va faoliyatiga oid ma’lumotlar kam. Bu haqda quyidagilarni aytish mumkin. Kelib chiqishi aslzoda (дворян) avlodi. Katta Pazuhin- Boris Andreevich 1669-1673 yillari stolnik mancabida davlat hizmatida bo`lgan va inisi Simyo’n Ivanovich bilan birgalikda 1669-1671 yillari Buxoro, Balh va Urganchga yuborilgan rossiya elchilariga boshchilik qilgan. Oradan sakkiz yil o`tgach, 1679 yili Qrimga elchi qilib yuborilgan. Yo`lda isyonchi rus kazaklarining hujumiga duchor bo`lgan va olishuv paytida o`ldirilgan. Aka-uka Pazuhinlar (elchilik tarkibida 10 kishi bo`lgan) Buxoroga Yoyiq- qalmoq ulusi va Xiva orqali borganlar, qaytishda esa Eron- Shemaha va boku orqali qaytishgan. Elchilar Buxoro va Xivada hammasi bo`lib ikki yarim yil turganlar. Podsho va elchilik maxkamasi tarafidan berilgan hujjatlardan ma’lum bo`lishicha, aka-uka Pazuhinlar elchiligi oldiga qo`yidagi vazifalar qo`yilgan: 1. Har bir davlat: Rossiya va O`rta Osiyo honliklari o`rtasidagi do`stlik va savdo aloqalarni mustahkamlash. Podsho Aleksey mihaylovich (1645-1676yy.) ning Buxoro honi Abdulasishon (1645-1680 yy.) nomiga yo`llagan maktubida o`qiymiz: «…biz ota-bobolarimizning (ishlarini) o’zaro do’stlik va izzat-hurmatda bo`lish, bordi-keldi aloqalarini davom ettirish xaqidagi ko’rsatmalarni esda tutib, sizning savdogarlaringiznga bizning mamlakatimizga, bizning savdogarlarimizga sizning mamlakatingizga bemalol borib kelishlarini yahshilaylik». 2. Buxoro, Balh va Xiva honliklarida saqlanib turgan rus asrlarini ozod qilishga harakat qilgan. Elchilik mahkamasi (Посольский приказ) bergan mahsus yo`riqnoma (Наказ) da bunday deyiladi: «Buxoro, Balh va Urganchga qarashli erlarda saqlanayotgan rus asrlari (barcha choralar bilan) ozod qilinsin. Shuni ham aytish kerakki, elchilikka «Podsho oily hazratlariga tegishli kishlarni, aslzoda (дворян ва бояр) larning bolalarini qidirib topib ozod qilishga» alohida et’ibor berish topshirildi. 3) O`rta Osiyo honliklarining ichki va halqaro ahvolini, ulardan qaysilariga suyanish mumkinligini aniqlash. Masalan, Elchilik mahkamasining yo`riqnomasida (Наказида) mana bunday gaplar bor: «(honliklardan) qaysininsi kuchliroq va ishonchliroq bo’lsa, o’shanisi bilan aloqa o’rnatish lozim. Boris va uning hamrohlari Buxoro, balh va Urganchda bo’lganlarida ularning honlari hozirgi paytda Turkiya sultoni, Eron shohlari va Gruziya bilan floqasi yo’qligini, shu kunlarda Xorazm tahtida kim o’tirganini har bqanday yo’l bilan aniqlasinlar; Buxoro, Balh va Urganch honlarining hazinasi boymi, askari kuchlimi, shularni ham aniqlasinlar»22. Moskva hukumati aka-uka Pazuhinlarga ham Buxorodan Hindistonga olib boradigan qulay yo`lni aniqlash vazifasini yuklagan edi. Ular bu vazifani bajarish uchun tarjimonlar Никита Медведев va Семён Измайловларни balhga jo’natdilar. Ulardan faqat Никита Медведев Pazuhinlar huzuriga qaytib keldi ( ikkinchi tarjimon Семён Измайловлар qabulda qoldi) va Balhdan Hindiston poytaxti Shoxjahonobodga olib boradigan yo’l haqida ma’lumot keltirdi. U, xususan, bunday deydi: «Hindistonga olib boradigan yo’l Balhdan aholi yashab turgan qishloqlar orqali o’tadi. Yo’lda hech qanday odobsizlik, talon-taroj va boj olish degan narsalar yo’q» . Tarjimon Shoxjahonobodga yo’l Hijron, Parvon, Kobul, Peshovar orqali o’tishini aytdi. Yana dedi: «Hijron bilan Parvon oralig`ida Hind tog’lari (Hindikush B.A) yotadi. To’g`ri yo’ldan, tog’ orqali borilganda masofa 6 kunlik, tog’ni aylanib borilganda- 4 xaftalik yo’l». Aka-uka Pazuhinlarning xisobotlaridan (Статейный список) ko’rinishicha, elchilar o’zlariga topshirilgan hamma topshiriqni to’la bajaraolmaganlar. Aka-uka Pazuhinlarning ma’lumotnomasida O`rta Osiyo honliklarining iqtisodiy ahvoli haqida quyidagilar keltiriladi: Zamining boyligiga qaramay, g’alla kam etishtirilishi va shu sababdan g’alla tanqisligi mavjudligi aytiladi: « Buxoro, Balh va Xivada – o’qiymiz unda, -g’alla kam ekiladi. G’allasi yil sayin kamayib borayotir.» Shuning bilan bir qatorda, honliklarda pilla etishtirish yahshi yo’lga qo’yilgani va ipakni xatto Turkiya orqali Germaniyaga olib borib sotilayotganini ma`lum qiladi. Chunki, elchilikga Osiyo ipagi savdosini Rossiyaga burib boorish hususida mahsus topshiriq berilgan edi. Xususan, «Yo’riqnoma» da bu to’g’rida «Buxoro va boshqa shaharlarda hom ipak etishtiriladi. Uni Eron va Turkiya orqali Germaniyaga eltib sotadilar, Astraxan va Moskvaga esa olib bormaydilar» . Shu sababdan aka-uka Pazuhinlarga hom ipak ishlab chiqaruvchilar va bu mahsulot bilan savdo qiluvchilarni qanday bo’lmasin, «mahsulotni Astrahan va Moskvaga olib borishga ko`dirsin» , deyilsin. Honliklarlardagi iqtisodiy ahvol hususida berulgan ahborotlar ichida mana bu ma’lumot ham o`ta muhimdir: «Xonning xazinasi g`arib, chunki xamma qishloqlardan undiriladigan hiroj xarbiylar va mansabdorlarga maoshi uchun (tanho) taqsimlab berilgan». Boshqa so’z bilan aytganda, soliqlardan keladigan daromad kamayib ketgan. Aka-uka Pazuhinlar O`rta Osiyo honliklaridagi mavjud harbiy-siyosiy axvol haqida xam muhim ma’lumotlar to`plaganlar. Elchilik mahkamasi (Посольский приказга) berilgan ahborotdan ma`lum bo’lishicha, Buxoro bilan Balh honligi o’rtasidagi ziddiyatlar nihoyatda kuchayib ketgan. Elchilar kelgan paytda (1669 yili) Baih honi Sybhonqulihon Buxoroga itoat etmay qo’ygan va mamlakatining mustaqilligini e`lon qilgan edi. Natijada ikki o`rtada urush xafi tug’ildi. Sybhonqulihon daryoning so’l qirg’og’ida katta qo’shin to`plaid. Abdulazizhon xam shunday qildi. Amudaryoning o’ng sohiliga qo’shin yubordi va hon o’dasini Buxorodan Qarshiga ku’chirtirdi. Abdulazizhon bu bilangina kifoyalanib qolmadi. Balh honiga qarshi Xiva honi bilan ittifoq tuzdi.Anushahon (tahm. 1663-1687) 1670 yili katta qu’shin bilan Balh ostonasida paydo bo’ldi va Balhga qarashli barcha qishloqlarni talon-taroj qildi. O’shanda Abdulazizhon ham, Sybhonqulihon ham qo’shni bilan daryo yoqasida bir yarim yildan ortiq turdilar, lekin daryodan o’tishga botinolmadilar. Ahborotda (Статейный список) O`rta Osiyo honliklarining, hususan, Buxoro xohligining, ma’mmuriy va davlat haqida ham diqqatga sazovor ma’lumotlar keltirilgan. Unda, hususan, yuqori mansabda turgan amaldorlar, masalan otaliq, devonbegi, mextar, parvonachi, dodgox, yasovul, bakovul, to’pchiboshi, dorug’a va boshqalar, ularning vazifalari va mavqei haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Masalan, dorug’ a bilan mehtarga elchilarni zarur oziq-ovqat, ot-ulov, em-hashak bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan. Devonbegi «otaliqdan keyin turgan va elchilarni, ular o’zi bilan olib kelgan maktublar (va sovg’a-salomlarni) qabul qilgan» , «to’pchiboshi esa zambaraklar va piyoda askarlarga boshchilik qilgan»23 . Ahborotnomada o’zbek honlari saroyida amalda bo’lgan qabul marosimlari haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. Unda, xususan, bunday deyiladi: «(Ark) …» darvozasi oldida Boris va uning hamroxlarini Malaybek (to’pchiboshi) kutib oldi. Boris va uning hamroxlari (to’pchiboshi olib kelgan) otlarga mindilar. Podsho qasrigaetganda ularni otdan tushirdilar, chunki podshox qasriga otliq kirish man etilgan. Borisning o’ng tarafiga Buxoroning atoqli zotlari, xon avlodidan bo’lgan hoja va yaqin mulozimlari, katta amir (боярин) honning yaqin mulozimlari va boshqa lavozimdagi mansabdorlar, (umuman) 100 dan ortiq kishi joy oldilar…Abdulazizhonning o’ng tarafidan hojalar, ruhoniylar va ulamolar o’rin oldilar. Honning oldiga uning qilichi, o’q-yoyi va qalqoni qo’yilgan edi. Uning orqasida 12 nafar nayza va qbkbch ko`targan uy xizmatkorlari turgan edi. Xonning old tarafida 200 dan ortiq yasovul (va ko`rikchilar ) tik turar edilar…”24 Aka-uka Pazuhinlarga berilgan yana bir muhim topshiriq - O`rta Osiyo honliklarida tutqunlikda bo’lgan rus asirlarini aniqlash va ularni ozod qilishdan iborat edi. Pazuhinlar bu masalada ham ba’zi ishlarni amalgam oshirdilar, hususan Buxoro, Balh va Xiva honlarining shahsiy hujaliklarida 300 dan ortiq rus asiri mehnat qilayotganini aniqladilar. Shundan 22 nafarini 685 so’m oltin hisobida to’lab ozod qilishga muvaffaq bo’ldilar. «Ahborotnoma» («Статейный список») da ko’rsatilishicha, Pazuhinlar badavlat kishilarning qo’lidadagi rus asirlari sonini aniqlay olmaganlar. Rus elchisi Elchilar mahkamasiga (Посольский приказга) taqdim qilgan «Habarnoma» da hususan mana bularni o’qiymiz: «Buxorolik mansabdorlar qo’lida, shaxarda va usullarda ularni aniqlash mumkin bo’madi. Qishloqlardan kelib turgan odamlarning so’zlariga qaraganda, ular ko’p» . Qo’lga aylantirilgan rus asitlari asli Qozon, Ufa, Simbir uezdidan va Bolga bo’yi qishloqlaridan bo’lganlar va boshqird hamda qalmoq bosqinchilari ularni tutib Astrahanga olib borib Xivaliklarga pullab turganlar. Aka-uka Pazuhinlarning mana bu guvohliklari ham diqqatga molikdir: («boshqird va qalmoq bosqinchiliklardan» ularni) Xivaliklar sotib olar ekanlar. Ular mahsus rus tovarlari uchun Astraxandan (rus yurtlariga) , qalmoq va boshqird uluslariga borar, ba`zi hollarda u erlarda rus asirlarini kutib ancha vaqt turib qolardilar. So’ng rus asirlarini olib borardilar. Boris va uning hamroxlari Xivaga borayotganlarida qalmoq ulusidan rus asirlarini haydab kelayotgan xivaliklarni uchratdilar. (Xivaga haydab kelinayotgan) asirlarning soni 200, balki undan ortiqroq edi. Ularning har birini 40 yoki undan sal ortiqroq so’mga sotib olardilar. Ularning ko’pchiligini Eron va Hindistonga ham olib botib sotar edilar. V.A.Dudov va Muhammad Yusuf elchiligi. Vasiliy Aleksandrovech Daudov asli fors (eronlik) bo’lib, 1653 yili Qozonda xristianlikni qabul qilgan, Rossiya davlatining xizmatiga kirgan ham stolnik va voevoda lavozimida xizmat qilgan . Muhammad Yusuf Qosimov esa asli musilmon (tatar). U xam ruslarning xizmatida bo’lgan. Avvalo shuni aloxida aytib o’tish kerakki, har ikkala elchi- V.A. Davudov va M. Y. Qosimov Buxorogacha birga borishgan bo’lsalar-da , elchilar maxkamasidan aloxida-aloxida topshiriq organga o’xshaydilar, chunki V.A. Davudov va M. Y. Qosimovga berilgan yo`riqnoma (Nakas) bizgacha etib kelmagan. 1800 yilgacha Rossiya tashqi ishlar maxkamasini arhivida saqlanar edi. 1806 yili o’tkazilgan tekshirish paytida u ko’rgan joydan topilmagan. Shu sababdan V.A. Davudov va M. Y. Qosimov qanday vazifalarni ado etganliklarni aniq bilmaymiz. Buni V.A. Davudovning elchilik maxkamasidan olgan yo’riq nomasi (Nakas) dan taxminan bilib olish mumkin. Ular quyidagilar: Buxoro va Xiva xonliklarining Moskva hukumati bilan deplomatik aloqalarni rivojlantirishga hoxishi bormi- yo’qmi, shuni aniqlash; Xonliklarda yashab turgan rus asirlarini aniqlash; Ikki davlat (Rossiya, Xiva va Buxoro xonliklarini) o’rtasidagi savdo va elchilik karvonlarining xavfsizligini ta`minlash uchun Kaspiy dengizining kun tarafida, dengiz soxilidagi Satatosh tepaligida kemalar to’xtaydigan bandargox qurishda Xiva xonining roziligini olish; Amudaryoning boshi va o’zani, daryo soxilida istiqomat qilib turgan halqlar, ularning mashg`uloti va turmush tarsi haqida ma’lumot to’plash; 5.Buxorodan Hindistonga olib boradigan yo`llar, Xindiston huxumatining Rossiya bilan savdo va diplomatik aloqlar o`rnatishga xohishi bor- yo`qligini (M.Y.Qosivovga berilgan topshiriq) aniqlash. Elchilik Buxoro bilan Xivada, yo`lga ketgan vaqtni qo`shib olganda, Buxoroda1675 yilning 15 mayidan- 1676 yil 2 oktyabrigacha bo`lgan. Elchilik Buxoroga kelib tushgandan (1676 yil 20 yanvar kuni ) keyin Muhammad Yusuf o`z vasifasini ado etish uchun Hindistonga jo`nab ketdi. Yuqorida biz Daudov va Qosimov elchiligining hisoboti (“Stateyny spsok”) 1800 yildan keyin joyidan topilmagan, ya’ni yo`qolganini aytib o`tgan edik. Shu sababdan, elchilar xukumatining topshiriqlarini qay darajada ba;argan yoki yo`qligi haqida aniq aikr aytish qiyin.Lekin, N.Selifontov, V.V.Bartold va A.B.Pankov asarlaridan (“”Очерл служебной деятелъности и домашней жизни столъника и вщеводы XVIIIстолетия Василия Александровича Даудоваю Детописъ занятий Археографической комиссии, вып.5,СПб., 1-418; в.в.Бартолыд, История изучения Востока в Европе и России, соч.Т.IX. Москва, 1977,с.372; А.Б.Панков, К истории торговли Средний Азии с Россией в 1675-1725 г.г., Toshkent, 1926 va B.Daudjvning avtobiografiyasidan (“Ruskiy arxiv”, год 27б 1889, кн.2) ma’lum bo`lishicha, Buxoro va Xiva xonlari Rossiya bilan savdo – diplomatic munosabatlarini rivojlantirishga tarafdor ekanliklarini bildirganlar va shuga harakat qilgankar. Tez orada Kaspiy dengizi sohilida Qragan bandargohining qurib ishga tushirilishi va Buxoro xoni o`z xo`jaligida xizvat qilib turgan rus asirlaridan 38 tasini ozod qilganligi xam yuqorida bildirgan fikrimizga dalil bo`lishi mumkin. Xiba xoni Anushaxonga kelsak, u bir tarafdan turkmanlar bilan qalmoqlar va qozoqlarning tez-tez xiva Xududlariga kelib turgan talonxilik yurishlari, ikkinchi tarafdan Buxoro bilan Xiva o`rtasidagi ziddiyatlar natijasida Rossiyaning iqtisodiy va xarbiq yordamiga muxtoj; edi. Bu jixatdan Vasiliq Daudovga, Buxoradan qaytishida Xivada Anushaxonning otaligi aytgan mana bu gaplar diqqatga sazovvordir: “Anushaxon Vaciliyga xiva xoni yaqinda podsho oily xazratlari ulug` княз Алексей Михфйлович do`stlik va hamkorlik munosabatlarini davjm etishi va har ikki tomondan savdo karvonlari bordi-keldi qilib turishlari (zarurligi ) haqida maktub jldilar. (O`z navbatida )Xiva xoni ham podsho oily hazratkari ulug` knyaz bilan shunday aloqalarni avvalgilar ham ziyoda bo`lishini istaydilar”. Muhammad Yusuf elchiligiga kelsak unga Buxorodan Xindistonga olib boradigan yo`llar va Xindiston podshosi Avrangzeb (1658-1707)ning Rossiya bilan diplomatic aloqalar o`rnatishga mayli bormi-yo`qmi ekanligini aniqlab kelish topshirilgan edi. Shuning uchun ham u Buxoroga kelganlaridan ko`p baqt o`tmay, Xindistonga jo`nab ketdi. Muhammad Yusuf Qosimov faqat Qobilgacha bordi. “Shoh (Avrangzeb – B.A.)ulug` pjdsho bilan dustona aljqalar o`rnatishni istamagani” uchun orqaga qaytishga majbur bo`ldi. Флорио Веневини elchiligi. Sharqqa katta xarbiy kuch yuborish va uni que\rol bositasi bilan egallash harakati podsho Pyotr I (1682-1725) davridan boshlab kuchayib ketdi. Pyotr I – Aleksandr Bekovich- Cherkasskiqni mukammal qurollangan 5000 asqar bilan Xivaga uni Rossiya homiyligiga kiritish xususida xon bilan muzokaralar olib boorish uchun yubordi. Aslida bu shunchaki elchilik evas, balki xonni chakg`itib Xiva xonligini kuch bilan bo`yso`ndirishga qaratilgan harakat edi. Lekn Pyotr maqsadida erisholmadi. Bekovich- Cherkassakiy ekspedisiyasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Sherg`ozixon (1715 -1728) Rossiya podshosining asl niyatini o`z vaqtida payqadi va Bekovich –Cherkasskiy ekspditsiyani daf qildi. Shundan keyin Rossiya Xiva va Buxoro xonliklarini bo`y so`ndirish payt kelmaganligini, uni osonlikcha bo`yso`ndirish mumkun emasligini, ularni hali ko`p o`rganish zarurligini angladi. Rossiya Elchilik maxkamasining mas’ul xodimi Floriyo Benfini elchiligi shunday maqsad bilan O`rto Osiyofa yuborildi . Shuni ham aytish kerakki, Buxoro va Xivada A.Bekovich – Cherkasskiy voqeasidan keyin Pyotr 1 Orta Osiyoga Kattaroq qo`shin yubordi, degan xaf xatar tug`ilgan edi. Shuning uchun bo`lsa kerak, Abul Fayzxon 1717 yili Rossiyaga elchi yuborib, ubilan do`stona va savdo-sotiq aloqalarini o`rnatish istagini bildirdi. Florio Benevini uchun tuzilgan va 1718 yil 13 iyul kuni Pyotr 1 arafdan tasdiqlangan qo`llanmada elchiga quyodagi topshiriqlar berilgan. Florio Benevini Buxoro xoni xuzuriga podsho hazratlarining elchisi sifatida boradi. Shu haqida uning qo`liga podsho hazratining Buxoro xoni nomiga yozilgan maktubi topshirildi. Elchi Peterburgdan Moskivaga qaytib borishi hamono Astraxanga jo`nab ketadi. Astraxandam Buxorogacha Abulfayzxonning uni Astraxanda kutib turgan elchisi bilan birga boradi. Lekin Abulfayzxonning elchisiga o`zini tanitmaydi. Yo`lda, ayniqsa Buxoro Xonligi xududlaridan o`tayonganda, hamma yerlarni, xususan bandargohlar, qal’alar va shaharlarni diqqat bilan ko`zdan kechirib boradi. Xon bilan uchrashganda uni Eron va boshqa davlatlarining elchilari qatorida zo`r hurmat va ehtirom bilan qabul qilinishiga erishsin. Podsho xazrati oliyari u bilan do`stlik va savdo- sotiq aloqalarini ilgarigidan ham ziyoda bo`lishini istayotganini xonga ma’lum qilsin . Buxoroda bo`lganida, qanday bo`lmasin, Buxoro xonligining qal’alari, qo`shini, otliq va piyoda askarlarining umumiy soni, ularning qurol-aslahalari va qancha zambaragi borligini, qo`shindagi umumiy axvol, qal’alarining qo`riqlashini bilib olsin. Abulfayzxonning Eron shohi va Xiva xonlari bilan munosabati qay darajada ekanligini aniqlansin. Xiva xoniga qarshi harbiy ittifoq tuzish taklif etilsin. Buxoroda qanday tovarlar ishlab chiqariladi va ular qayerlarga olib borib sotiladi? Buxoroga dengiz yoki quruqlikdan qaysi yo`l bilan borish mumkin? Mana shu masalalarni aniqlansin. Amu daryoda oltin bormi? Buxoro xonini qo`riqlash uchun bir necha yuz gvardiyachi, yoki qo`shin yuborilsa, xon bunga rozi bo`ladimi? Shuni ham aniqlansin.25 Har ikkala elchilik, Buxoro xonining Rossiyadan vataniga qaytib krtadigan elchisi va Florio Benevini 1721 yil 6 noyabrida Buxoroga yetib oldilar. Florio Benevini va uning xamroxlarini Buxoroga 10 Verst qolganda yo`l ustida Buxoro to`pchiboshisi boshliq 50 kishidan iborat saroy mulozimlari kutib oldilar. Rossiya elchiligi Buxoroda uch yarim yil (1721 yil 6 yoyabrdan -1725 yil 8 aprelgacha ) turdi va podshoning yuqoridagi topshiriqlari bo`yicha qimmatli ma’lumotlar to`pladi. Ularning muhum –muhumlarini quyida keltirib o`tamiz. Buxoro va xalqning qurol-aslaxalari xaqida Florio Benevining o`z hukumatiga bergan ma’lumotnoma (Relyassiya )sida hususan quyidagilarni o`qiymiz “ (Qal’asi ) yarim vayron bo`lgan xandaq bilan o`ralgan. Shaharda loydan qurilgan 15 ming xovli joy mavjud. Shahar markazida pishiq g`ishtdan qurilgan baland minorali xon saroyi va madrasalar joylashgan. Juda kam o`zbekda miltiq bor. Ular asosan o`q –yoy va nayza bilan qurollangan. Shaxarda hammasi bo`lib 15 nafar zambarak bor. Lekin, Ularni bittasidan bayram kunlarida otish mumkin.” Ma’lumotnomada Buxorodagi rus asirlari haqida ham ma’lumot bor. “Buxoroda, - deb aytladi bu xujjatda, - xon va boshqa o`zbeklar qo`lida 250 yaqin asir bor … Ularning umumiy soni 1000 ga yetadi. Aytishlaricha, ularni soni Buxoro xonligida 2000, Xiva bilan Orolda 1500 ga yetadi.” Mamlakatning yer osti va yer usti boyliklari haqida turli vaqtlarida jo`natilgan ma’lumotnomalarda (F. Benevini Buxoroda to`plagan ma’lumotlarini qo`lda saqlashdan qo`rqib odamlari orqali Moskiva va Peterburgga jo`natib turgan) quyidagilarni o`qiymiz: “Amudaryoning bosh qismida oltin yo`q. Lekin, unga ko`kcha daryosi kelib qo`shilgan joyda qumloq yerlarda oltin bor, chunki ko`kcha daryosi oltin va boshqa ro`dalarga boy tog`lardan boshlanadi. Ko`kchaning boshlanish qismida, hususan yoz faslida mahalliy aholi katta – katta oltin parchalarini topib oladilar.” “Badahshondan tashqari, oltin, kumush, achchiq tosh, qo`rg`oshin, oliy navli temir konlari Samarqand va Buxorada ham bor yuqorida tilga olingan Sirdaryoda olyin topsa bo`ladi. Lekin Andijonda va Marg`iloda ko`proq. Boshqa yerlar haqida choparimiz (Nikolay Miner ) aniq qilib aytib beradi. Sirdaryo sohillarida qumdan topilgan oltin parchasini undan berib yubormoqdaman”. “O`sha daryoda (Sirdaryoda-B.A .) oltin bor. (tevarak atrofdagi) tog`larda, hususan qoshg`arda, Marg`ilonda, Andijonda va Toshkentda ham bor. Har xolda biz shunday deb eshitdik”. F. Benevining mana bu ma’lumoti ham muhim : “Badahshon tog`lardagi oltin, la’l va zahar mo`hra konllarning barchasi beklar qo`lida ”. F. Benevini Buxoroning XVIII asrning birinchi choragidagi ichki va halqaro axvoli haqida ham o`ta muhim ma’lumotlar to`plangan. Uning o`z hukumatiga yuborgam ma’lumotnoma (reliyassiya) sida bu haqida manabularni o`qish mumkin: “uni (kamerdiner N.Minerni- B.A.) savdogar qiyofasida, mol bilan, Balx va Badahshonga jo`natgan edim. Va ularni o`tib Loxurgacha borishini buyurgan edim. Lekin yo`lda talonchilar ko`pchiligidan Balxdan orqaga qaytdi”. “O`sha Badahshon va Balx mamlakatlari mustaqil bo`lib olganlar. U yoki bu xonning qo`l ostida. Lekin xonlarni tez-tez almashtirib turadilar”. “… Beklarning o`z boshimchaligi tufayli butun mamlakat isyon va To`g`yonlar iskanjasida qolgan”. “Xususan poytaxt shahar to`s -to`polonlar va isyonlar dastidan og`ir axvolga qolgan. Ayniqsa, Ibrohimbiy kenagas isyoni tufayli Abulfayzxon shaxarni tashlab chiqishga majbur bo`lgan, so`ng o`g`li bilan birlashib, Buxoro bilan talon-taroch qilib katta zarar yetkazdi ”. “Shahar oziq- ovqat va yem hashak xususida shu qadar g`arib bo`lib qoldiki, oddiy halq tirikchilik deb o`z bolalarini sotdi, ko`p, odam o`lib ketdi, mol qo`yi va ot tuyalari qirilib ketdi” . Buxoro xonligidagi tarqoqlik XVIII asrning boshlarida shu darajada kuchaygan masalan, Farg`ona vodiysi va Samarqand Buxorodan ajratib chiqib Qoqon xonligi (1709-1876) va Rajabxon Boshliq Samarqand bekligi tashkil topdi. Xususan, Samarqand bekligining tashkil topishi haqida F.Benevining 1723 yil 4 mart kuni yuborgan maxfiy axborotida bunday deyilgan “… sobiq (Buxoro) otalig`i Ibrohimbiy Samarqand ustiga yurdi va uni egalladi. Shundan keyin boshqalar bilan qo`shilib xon avlodi bo`lgan Sherg`ozixonni Rajabxon nomi bilan (Samarqand) taxtiqa o`tqazdi va uni o`ziga kiyov qilib oldi. O`zi esa otaliq lavozimini egaladi”. Bir fursat vaqt o`tib, Rajabxon maxfiy tarzda Benevini bilan aloqa bog`ladi. U rus elchisidan haqiqatdan ham Rossiya A.Bekovich – Cherkasskiyning qasdini olmoq uchun Xiva ustiga yurishga axd qilgan- qilmaganligini bilmoqchi bo`ldi. Bu haqda Xivaning o`zida ham gap- so`zlar yurar edi. 1723yili Sherg`ozixonning o`zi qalmoq xoni Ayuqdan “ruslarSaratovga askar to`playotibdilar va balki 1724 yilning baxorida Xiva ustiga yurdsalar kerak”, degan gapni eshitgan edi. Shundan keyin, Sherg`ozixonni Orol o`zbeklari ruslarini Xiva ustiga boshlab kelmasmikan, muqobil beklar uni taxtdan tushurib, saltanat teppasiga Temir sultoni o`tqazmasmikan, degan shubha bosdi. 15 asrning Buxoro bilan Xiva o`rtasida munosabatlat birmuncha og`irlasdhgan edi. Bunga, birinchi navbatda, Xiva xonlarining Buxoro, Chorjo`y va Xatto Samarqand hududlarini talon- taroj qilishlari asosiy sabab bo`ldi. 1721 yilga kelib ikki o`rtada urish chiqishi hafi yaqqol ko`zga tashlanib qoldi. Benevining 1721 yil 25 may kuni Moskivada yo`llangan xabarida masan, quyidagilarni o`qiymiz: “Xiva xoni haqiqatdan ham buxoroliklar bilan urishmoqchi. Shunga tayyorgarlik ko`rmoqda. Lekin, katta beklari bunga yo`l bermay turibdilar. Ular hatto Sherg`ozixonni taxtdan tushirib 15 yildan beri Buxoro xoni huzurida kun kechirayotgan Musoxoni taxtga o`tqizmoqchi bo`lmoqdalar. Shu haqda Xivaning katta beklari Buxoro xoni bilan bordi – keldi qilib, turibdilar ” ikki yirik arbob: Sherg`ozixon bilan Temur sulton o`rtasida hokimiyat uchun kurash borayotgani va Rossiya Temur suktonni qo`lab- quvvatlasa foydali bolishini aytdi. “Agar Sherg`ozixon yo`qotilsa, - deb yozadi Benevini, - bu yerda tinchlik o`rnatiladi, hamma yo`lar ochiq bo`ladi.” 26 Florio Benevini to`plagan ma’lumotlari Rossiya hukumati, uning tashqi siyosati uchun kelajagda qo`l kelib qoldi. Mitropolit Xirisanfning estaliklari. Xrisanf asli girk ; vinessiyalik aslzoda (dvoryan) laridan : Afina yaqinda joylashgan. Yangi Pator cherkovining mitropoliti bo`lib xizmat qilqan. Haqiqiy ismi sharifi: Kontaripi 1724 yili muqaddas patriarx Samyel tarafidan Istanbul atrofida joylashgan Xiroti nisan chergoviga mitropolit etib tayyinlangan. Podsho (mahalliy hokim ) ning taziqi oqibatida 1784 yil Istambulga ketib qoldi. Ko`b vaqt o`tmay, Xrisanf Livon ordeniga qarashli cherkovlar bilan tanishish maqsadida Shom (Suriya) ga, u yerda Xalab (Aleppo) ga bordi. O`sha yerda ingiliz savdogarlari bilan tanishib qoladi va ular bilab birga Frot (Efrat) daryosi bilan Fors qo`ltig`iga boradi va u yerda kemaga tushib, Maskat orqali Hindistonning Surat bandargohiga kelib tushdi. So`ng Hindiston, Kashmir, Qobul, Balx va Samarqand orqali Buxoroga boradi. Xrisanf Orta Osiyoning bir qancha shaharlarda bo`ldi, bir yil Xivada turdi. So`ng 1792 yili Ashtarxonga bordi va bir fursat o`sha yerga istiqomad qildi. Keng ma’lumotli va kuzatuvchan bu odam tez orada Astaxandan ko`plarning diqqatini o`ziga tortdi. Ashtarxan episkopi uning haqida muqaddas Sinodga axborot yuboradi. So`ng Xrisanf Moskivaga chaqirtirildi. Muqaddas Sinod uni har tarflama tekshirib ko`rib va keng ma’lumotli odam ekanligigi ishonch hosil qilgandan keyin, Xrisanfni Kavkas o`lkasiga, uni batafsil o`rganish uchun yubordi. So`ng, 1796 yilning boshida, Ryazan, Tambov va Kavkaz o`lkalarining general gubernatori graf Gudvich podshoyi oily hazratlarining amri bilan Xrisanf Peterburgga, Nevskiy monastiriga mitropolit Gavriil xuzurbga jo`natib yuboradi. Mitropolit Xrisanfning birdan poytaxtga chaqirilishi, Xrisanfni yaxshi bilgan sharqshunos V.V.Gregorevning fikricha, Rossiyaning yaqin orada Eronga bostirib kirish rejalari bilan bog`liq bo`lsa kerak. Rus harbiy ekspidetssiyasining raxbari Valeriyan Zubovga sayyohning eron va O`rta Osiyo haqidagi keng bilimi kerak bo`lib kolgan. Oradan bir yil o`tgach,1797 yili Xrisanf muqaddas Sinodning farmoni bilan Ekaterinoslav yeparxiyasiga xizmatga jo`natildi.27 1798 yilning 20 yanvarida mitropolit Xrisanf Feodossiyaga jo`nab ketdi. Uning keyingi hayoti va faoliyati haqida boshqa ma’lumotga ega emasmiz. Mitropolit Xrisanfning O`rta Osiyoga qilgan sayoxati kundaligi bir paytlar rus harbiy ekspedissiyasiga boshchilik qilgan graf Valeriyan Zubov qo`lida bo`lgan. Kundalik, bazi shahar viloyatlar o`rtasidagi masofa, axolisining umumiy soni haqidagi noaniqliklarni hisobga olmaganda, katta qimmatga ega. Unda mamlakatning iqtisodiy va siyosiy ahvoli, xalqining turmush sharoiti, e’tiqodi haqida qisqa lekin o`ta Malumotlarni uchratish mumkin. Xulosa. Sayyohlar qoldirgan manbalar o‘tmishda ro‘y bergan voqealarni tasvirlovchi asosiy manbalardan hisoblanadi. Ularni o‘rganish va tahlil etish, bir-biri bilan qiyoslash u yoki bu tarixiy davrda shaharlar taraqqiyotini, ishlab chiqarish mintaqalari, savdo aloqalari, aloqa yo‘llari, xo‘jalik hamda aholining etnik va ijtimoiy tarkibi haqida ma’lumot beradi. Demak, sayyohlar qoldirgan tarixiy ma’lumotlar o‘sha davr “ruhi”ni berishi bilan birga xilma-xil tarixiy-statistik ma’lumotlarga ega bo‘lishimizga ham imkon yaratadi. Shu jihatdan Yevropada O‘rta Osiyo haqida shakllangan ma’lumotlar o‘zining rivojlanish darajasi, mazmun va mohiyati bilan ahamiyatlidir. Ulardan mazkur Kurs ishiga olingan tarixiy-geografik, tarixiy-siyosiy, tarixiy-iqtisodiy, tarixiy-harbiy, tarixiy-etnografik ma’lumotlar ham o‘z navbatida tarixiy xususiyatga ega. O`rta asrlarda sayyohlarning O‘rta Osiyo haqidagi yangi ma’lumotlari paydo bo‘ldi va shunga asoslanib quyidagi hulosalarga kelish mumkin. - rivojlangan asrlarda G‘arbiy Yevropada Uyg‘onish davri, Buyuk Geografik kashfiyotlarning amalga oshirilishi va ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiy etishi kuzatildi. - O‘rta Osiyoga kelgan sayyohlar qoldirgan manbalarning barchasi ham haqiqatga yaqin emasligini kuzatdik. - O`rta Osiyoga kelgan sayyohlar asosan elchlik ishlarini amalga oshirishgan ekan. - Yevropa sayyohlari O‘rta Osiyo haqida boy ma`lumotlar to‘plab o`z hukumdarlariga taqdim qilishgan. - Yevropa sayyohlari va olimlari to‘plagan ilmiy boyliklar hozirda ham ahamiyatlidir. - harbiy sayyohlari to‘plagan ma`lumotlardan rus generallari harbiy maqsadlarda ham foydalangan. Xullas tarix fani mustaqillik sharoitida o‘zining yangicha, xolisona o‘rnini topayotgan bir davirda sayohlar qolirgan ma’lumotlarni o‘rganib, ulardan o‘zimizga munosib xulosalar chiqish foydadan xoli bo‘lmaydi. Download 86.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling