odam ularni “geshtalt” (nemischa –
“ shakl” yoki “yaxlit” ma’nosini anglatadi)ga
aylantiradi. Geshtaltpsixologiya odam bunday qobiliyatining ko‘p sonli
misollarini
tavsiflab berdi. Rasmga e’tibor bering, shaklning alohida qismlari – bu bor-yo‘g‘i
uchta oq chiziqdan iborat. Biroq biz ularning barchasini birgalikda
idrok
qilganimizda, yaxlit shakl –
“ Neker kubi”ni ko‘ramiz.
Geshtaltpsixologiya tarafdorlari idrok qilishda yaxlit narsa uni tashkil qiluvchi
miqdordan farqlanishi mumkin, deb hisoblaydilar. Natriy – korroziya metallini xlor –
zaharli gaz bilan biriktiring, Siz umuman boshqa modda – osh tuzi hosil qilasiz. SHakl
ham xuddi shunday tarzda idrok qilinadi – ob’ekt tarkibiy qismlari miqdori emas, balki
nimadir yangi shakl (Koek & Ra1teg, 1990). Idrok qilish
har doim sezishdan biror
jihatdan ko‘proq bo‘ladi.
Shaklni idrok qilish. Tasavvur qiling, Siz videokompyuter tizimini o‘z
“ko‘z+miya” tizimingiz kabi qo‘lyozmani o‘qish yoki odamlar
yuzini tanish
darajasida loyihalashtirishingiz kerak. (Pochta xodimlari bunday skaner
yaratilishiga
umid qiladilar). Bunday tizimga qanday xususiyatlar zarur bo‘lishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: