Mavzu: Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati


Download 485.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana15.06.2023
Hajmi485.73 Kb.
#1482099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
psixologiya 3

Jism shakli idrokida konstantlik hodisasi xuddi shunday saqlanib qoladi. 
Masalan, yon tomonimizda joylashgan kvadrat yoki dumaloq jismga qaraganimizda 
uning to‘r pardadagi proeksiyasi ellips yoki trapetsiya shaklida bo‘ladi. SHunday 
bo‘lsada, aynan bir jismni bir xilda, bir shaklga ega holatda ko‘ramiz. 
Uzoq masofada joylashgan jism shaklining idroki o‘zgarishi mumkin. Xuddi 
shunday, shaklning mayda detallari jismning uzoqlashgani sayin yo‘qolib boradi, 
uning shakli sodda ko‘rinishga kelib qoladi. 
Katta hajmli shakl idroki juda murakkab jarayondir. Odam ko‘zlari binokulyar 
ko

rish qobiliyatiga ega bo‘lgani uchun shakl hajmini idrok etamiz. Binokulyar ta’sir 
odamning ikkala ko‘zi bilan ko‘rishiga bog‘liqdir. Binokulyar ta’sirning mohiyati, 


ikkala ko‘z bir xil jismga qarab turganida, bu jismning chap va o‘ng ko‘zlar to‘r 
pardasidagi tasviri turlicha bo‘ladi. 
Lekin, binokulyar ko‘rish jism hajmli idrokining yagona sharti emasdir. Jism 
katta hajmini idrok qilishda, ushbu jism hajmli belgilarini bilish, shuningdek, katta 
hajmli jismda yorug‘lik va soyaning tarqalishi ahamiyatga egadir. 
Insonning fazoni idrok qilishi qator o‘ziga xos xususiyatlarga egadir. Bu 
fazoning uch o‘lchamliligi bilan bog‘liq, shuning uchun, idrok qilishga bir qator 
hamkorlikda faoliyat ko‘rsatuvchi analizatorlarni ishga tushirish lozim. Bunda fazoni 
idrok qilish turli darajalarda kechishi mumkin. 
Uch o‘lchamli fazo idrokida, avvalambor, ichki quloqda joylashgan maxsus 
vestibulyar apparatning vazifalaridan foydalaniladi. Vestibulyar apparat ko‘zni 
harakatlantiruvchi mushaklari bilan uzviy bog‘langan, va undagi har bir o‘zgarish ko‘z 
holatidagi refleksli o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. 
Fazoviy idrokni, va, avvalambor, uning chuqurligini ta’min etuvchi ikkinchi 
vosita binokulyar ko‘rish apparatidir. CHuqurlikni idrok qilish jismlarning ko‘rish 
masofasining idroki va bir-biriga nisbatan joylashishiga bog‘liq. Binokulyar ko‘rish – 
bu jismlar ko‘rish masofasini idrok qilishning shartlaridan biri. 
Jismlar uzoqligi va fazo chuqurligining idrokida ko‘zlarning konvergensiyasi 
va divergensiyasi muhim ahamiyatga ega, chunki, jismlarning idrok etilishi uchun 
ularning tasviri chap va o‘ng ko‘zlarning to‘r pardasidagi mos nuqtalarga tushishi 
kerak, bu esa ikkala ko‘zning konvergensiyasisiz yoki divergensiyasisiz amalga 
oshmaydi. Konvergensiya deb ko‘z soqqalarining bir-biriga nisbatan qarama-qarshi 
aylanishi hisobiga ko‘rish chiziqlarining birlashishiga aytiladi. Masalan, bu nigohning 
uzoqdagi jismdan yaqindagiga o‘tishida sodir bo‘ladi. Teskari – yaqindagidan 
uzoqdagi jismga o‘tishida – ko‘z divergensiyasi, ya’ni, ko‘rish chiziqlarining ajralishi 
kuzatiladi. 
Fazo idroki chuqurlik idroki bilan chegaralanmaydi. Fazo idrokida jismlarning 
bir-biriga nisbatan joylashish idroki muhim ahamiyatga ega. 
Bundan tashqari, jismlarning fazodagi turli holatlari, inson uchun birinchi galda 
, hatto, jismning uzoqligi yoki fazo chuqurligi idrokidan ko‘ra ko‘proq muhim 


ahamiyat kasb etadi, chunki inson fazoni jismlar holatiga baho bergan holda oddiy 
idrok etmaydi, u fazoda yo‘nalishini belgilaydi, buning uchun esa u jismlarning 
joylashishi haqida ma’lum axborotga ega bo‘lishi kerak. 
Fazo idroki, uning markaz tomonidan boshqarilishini amalga oshiruvchi 
murakkab tuzilgan vositalarni talab etadi. Bunday markaziy vosita sifatida ko‘rish, 
taktil-kinestetik va vestibulyar analizatorlar ishini birlashtiruvchi bosh miya 
po‘stlog‘ining uchlamchi sohalari yoki «to‘sish sohalari» xizmat qiladi. 

Download 485.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling