Mavzu: Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati


Download 485.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana15.06.2023
Hajmi485.73 Kb.
#1482099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
psixologiya 3

chegarasida va analizatorlar o

rtasida hosil bo‘ladigan turlarga ajratilishi mumkin. 
Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p tomonlama 
seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan, bunday 
seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning 
o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona 
murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari 
seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning vaqtinchalik, 
fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim 
sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi. 
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining 
ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini 
I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan 
tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan 
birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar 
ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni 
iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib 
ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz 
mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki 
hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan 
xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning 
kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar). 
SHunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida 
seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini 
murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va 
tashqi analizatorli aloqalar yotadi. 


Idrokning asosiy xossalariga predmetlilik, yaxlitlik, strukturaviylik, konstantlik, 
anglanganlik, appersepsiya, faollik kiradi. 
Idrokning predmetliligi – bu real olam jism va hodisalarini bir-biri bilan 
bog‘lanmagan sezgilar to‘plami ko‘rinishida emas, alohida jismlar shaklida aks ettirish 
qobiliyati. Predmetlilik idrokning tug‘ma xossasi emas. Bu xossaning paydo bo‘lishi 
va takomillashtirilishi bola hayotining birinchi yilidan boshlab, ontogenez jarayonida 
sodir bo‘ladi. I.M.Sechenov fikriga ko‘ra, predmetlilik bolaning jism bilan aloqasini 
ta’minlaydigan harakatlar asosida shakllanadi. 
Idrok predmetliligini ta’minlashda harakatlarning o‘rni haqida gap ketganida, 
idrokning motorli tarkibiy qismi haqida so‘z yuritishimiz lozim, motorli tarkibiy 
qismga jismni paypaslayotgan qo‘l harakati; ko‘rinib turgan shaklni kuzatib 
chiqayotgan ko‘z harakatlari; tovush chiqarayotgan hiqildoq harakatlari va h.k.lar 
kiradi. 
Ko‘zlar va qo‘llar harakatida umumiylik mavjudligini ta’kidlash lozim. Ko‘zlar, 
qo‘llar kabi surat va jism shakllarini «paypaslagandek» ketma-ket kuzatib chiqadi. 
Ko‘zlar harakati turli-tuman bo‘lib, ko‘pchilik vazifalarni bajaradi. Ko‘rish idrokida 
ko‘zlarning mikro- va makroharakatlari alohida o‘rin tutadi. Agar odam harakatsiz 
jismning qandaydir nuqtasiga tikilib tursa, u holda unda sub’ektiv ravishda bu nuqtani 
harakatsiz nigohi bilan qayd etayotganidek tasavvur paydo bo‘ladi. Haqiqatda esa 
ko‘rish idroki inson uchun ixtiyorsiz va sezilarsiz mikroharakatlar bilan birgalikda 
kechadi. SHunday qilib, jismni idrok qilish imkoniyati idrok jarayonida motorli 
tarkibiy qismning ishtiroki bilan belgilangan. 
Idrokning boshqa xossasi uning yaxlitligidir. Jismning alohida xossalarini aks 
ettiruvchi sezgilardan farqli ravishda, idrok jismning yaxlit obrazini yaratadi. 
Sezgining tarkibiy qismlari o‘zaro shu darajada mahkam bog‘langanki, jismning 
yagona murakkab obrazi odamga ob’ektning alohida xossalari yoki alohida qismlari 
bevosita ta’sir ko‘rsatganida ham hosil bo‘ladi. Idrokning yaxlitligi, hatto, idrok 


etilayotgan ob’ektning alohida xossalari chala aks ettirilganida ham qabul qilingan 
axborot xayolan aniq jismning yaxlit obrazi holatiga etkazilishi bilan ifodalanadi. 
Idrokning yaxlitligi uning strukturaviyligi  bilan bog‘liq. Ushbu xossa 
ko‘pchilik hollarda idrokning daqiqali sezgilarimizning proeksiyasi va ularning oddiy 
yig‘indisi emasligidan iborat bo‘ladi. Bizlar bu sezgilardan ajratib olingan, bir muncha 
vaqt davomida shakllanadigan umumiy tuzilishni idrok etamiz. Masalan, agar odam 
biror-bir kuyni tinglayotgan bo‘lsa, yangi nota jaranglashi haqida axborot 
etkazilguniga qadar uning ongida avval tinglangan kuyning notalari jaranglayveradi. 
Odatda, tinglovchi kuyni tushunib etadi, ya’ni, uning tuzilishini yaxlitligicha idrok 
etadi. SHunday qilib, idrok ongimizga biz real olamda duch kelgan jism yoki 
hodisaning tuzilishini etkazib beradi. 
Idrokning navbatdagi xossasi uning konstantligidir. Konstantlik deb, idrok 
qilish sharoitlarining o‘zgarishida jismlar ba’zi bir xossalarining nisbiy doimiyligiga 
aytiladi. Perseptiv tizimning idrok sharoitlarining o‘zgarishini to‘ldirish qobiliyatida 
namoyon bo‘ladigan konstantlik tufayli, bizni o‘rab turgan jismlarni nisbatan doimiy 
jismlar sifatida idrok etamiz. YUqori darajadagi konstantlik jismlar rangi, kattaligi va 
shaklini ko‘rish idrokida kuzatiladi. 
Rangni idrok qilish konstantligi yoritilganlikning o‘zgarishida ko‘zga ko‘ringan 
rangning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. Masalan, ko‘mir bo‘lagi yozning quyoshli 
kunida, kech tushgan vaqtdagi bo‘rdan ko‘ra taxminan 8-9 marta yorqinroq ko‘rinadi. 
Lekin ko‘mirni qora rangda idrok etamiz, bo‘rning tusi esa, kechqurun bo‘lsa ham, biz 
uchun oq bo‘ladi. Rangning konstantlik hodisasi qator sabablar, shu jumladan, ko‘rish 
maydoni yorqinligi umumiy darajasining yorqin ranglarning keskin o‘zgarishiga 
moslashishi, shuningdek, yoritilganlik sharoitlarida jismlarning haqiqiy rangi haqidagi 
tasavvurlarning ta’siri bilan belgilanadi. 
Jismlar 
kattaligi 
idroki 
konstantligi 
jismlarning 
turlicha 
uzoqlashganlik masofalaridagi jismlarning ko‘zga ko‘ringan kattaligining nisbiy 
doimiyligida ifodalanadi. Xuddi shunday, bir xil odamning bo‘y o‘lchami 3,5 va 10 
metr masofadan, ko‘z to‘r pardasidagi tasvirining kattaligi uzoqlashish masofasiga 
ko‘ra turlicha bo‘lsada, o‘zgarmas holatda idrok etiladi. Bu holat jismlarning uncha 


katta bo‘lmagan uzoqlashish masofasida ularni idrok qilish kattaligi faqatgina ko‘z to‘r 
pardasidagi obrazning kattaligi bilan emas, balki, qator omillar ta’siri bilan ham 
tushuntiriladi. Bunday ahamiyatga molik bo‘lgan omillardan jismni turli masofalarda 
qayd etishga moslashayotgan ko‘z mushaklarining zo‘riqishidir. 
Jismlar shakli idroki konstantligi jismlar holatining kuzatuvchi nigohi 
chizig‘iga nisbatan o‘zgarishi sharoitida idrokning nisbiy o‘zgarmasligidan iborat. 
Ko‘zlarga nisbatan jism holatining har bir o‘zgarishida uning to‘r pardadagi tasvirining 
shakli o‘zgaradi (masalan, jismga to‘g‘ri, yon, orqa tomondan qarash mumkin va h.k.). 
Lekin 
ko‘zlarning, 
bizga 
avvalgi 
tajribadan 
ma’lum 
bo‘lgan 
jismlar shakli va chiziqlariga xos bo‘lgan uyg‘unliklarni ajratish bo‘yicha harakatlari 
tufayli idrok etilayotgan jism shakli biz uchun doimiy bo‘lib qoladi. 
Idrok konstantligi manbai bo‘lib perseptiv tizimning faol harakatlari xizmat 
qiladi. Aynan o‘sha jismlarning turli sharoitlarda ko‘p martalab idrok etilishi perseptiv 
obrazlarning o‘zgaruvchan sharoitlarga nisbatan doimiyligi (invariantlik, o‘zgarmas 
tuzilish)ni, shuningdek, retseptor apparatining harakatlarini ta’minlaydi. 
Idrokning xususiyatlari insonning barcha orttirilgan amaliy va hayotiy tajribasi 
bilan 
belgilanadi, 
chunki 
idrok 
jarayoni 
faoliyatdan 
ajralmasdir. 
Idrok 
seskantiruvchining xususiyatining o‘zigagina emas, balki, sub’ektga ham bog‘liq 
bo‘ladi. Ko‘z va quloq emas, ma’lum bir jonli inson idrok etadi. Idrokning psixik 
hayotimizning umumiy mazmuniga bog‘liqligi appersepsiya deb ataladi. 
Appersepsiyada insonning bilimlari, orttirilgan tajribasi, avvalgi amaliyoti katta 
o‘rin egallaydi. Bilim va tajriba idrokning aniqligi va yorqinligiga muhim ta’sirga ega. 
CHet tilini idrok qilishda tanish bo‘lmagan so‘zlarni bilmasdan turib, o‘z ona tilimizni, 
hatto, so‘zlar tushunarsiz talaffuz etilganda ham, bexato anglaymiz. 
Idrok mazmuni inson oldiga qo‘yilgan vazifa, hamda uning faoliyati motivlari, 
uning qiziqishlari va yo‘nalganligi bilan belgilanadi. 
Appersepsiyada asosiy o‘rin idrok mazmunini o‘zgarishi mumkin bo‘lgan mayl 
va hissiyotlarga ajratiladi. Uxlayotgan bolaning onasi ko‘chadagi shovqinlarni 
eshitmasada, bola tomondan kelgan har bir tovushga darhol munosabat bildiradi. 


Noto‘g‘ri (soxta) yoki izdan chiqqan idrok hodisasi idrok illyuziyasi deb ataladi. 
Illyuziyalar idrokning turli ko‘rinishlarida (ko‘rish, eshitish va b.) kuzatiladi. 
Illyuziyular tabiati faqat mayl. yo‘nalganlik, hissiy munosabatlar va h.k.lar kabi 
sub’ektiv sabablar bilan emas, balki, yoritilganlik, fazoviy holat va boshqalar kabi 
jismoniy omillar va hodisalar bilan belgilanadi. 
Idrokning anglanganligi. Perseptiv obrazlar har doim ma’lum mazmun 
ahamiyatiga ega bo‘ladi. Inson idroki, avval ta’kidlaganimizdek, tafakkur bilan uzviy 
bog‘langan. Tafakkur va idrokning aloqasi, avvalambor, jismni ongli idrok qilish – 
unga tafakkurda nom berishda, ya’ni, uni ma’lum guruh, sinfga tayinlab, ma’lum so‘z 
bilan bog‘lashda ifodalanadi. 
Idrok etiladigan axborotni anglash jarayoni struktura-mantiqiy chizma 
yordamida taqdim etilishi mumkin. Idrok jarayonining birinchi bosqichida axborot 
oqimidan rag‘batlar to‘plamini ajratib olish va ularning aynan bir xil ob’ektga tegishli 
ekanliklari haqida qaror qabul qilish amalga oshiriladi. Ikkinchi bosqichda ob’ektni 
identifikatsiyalash mumkin bo‘lgan sezgilarning belgilar to‘plamining tarkibiga yaqin 
yoki o‘xshash bo‘lgan sezgilarni xotirada izlash jarayoni sodir bo‘ladi. Uchinchi 
bosqichda idrok etilgan ob’ektni, qabul qilingan qarorni e’tirof yoki inkor etuvchi 
qo‘shimcha belgilarni izlash bilan birga, ma’lum darajaga kiritish jarayoni sodir 
bo‘ladi. Va, nihoyat, to‘rtinchi bosqichda ob’ekt bilan bir sinfga tegishli ob’ektlarga 
xos bo‘lgan, lekin hali idrok etilmagan xossalari bilan birgalikda, ob’ekt haqida 
yakuniy xulosa shakllanadi. SHunday qilib, idrok – bu ahamiyatga molik darajadagi 
intellektual jarayon. 

Download 485.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling