Mavzu: Shaxsni idrok qilishda psixologik bilimlarning ahamiyati


Download 485.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana15.06.2023
Hajmi485.73 Kb.
#1482099
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
psixologiya 3

Harakatni idrok qilish masalasini ko‘rib chiqamiz. Agar jism fazoda 
harakatlanayotgan bo‘lsa, u holda biz, uning harakatini yaxshi ko‘rinish sohasidan 
chiqishi bilan, unda yana nigohimizni to‘xtatishimiz uchun ko‘zlar yoki boshni 
harakatlantirishimizga majbur qilishining natijasi sifatida idrok etamiz. Bunda ikki 
hodisa sodir bo‘ladi. Birinchidan, jismning tanamiz holatiga nisbatan surilishi uning 
fazodagi harakatlanishidan darak beradi. Ikkinchidan, miya jismni kuzayotgan ko‘zlar 
harakatini qayd etadi. Ikkinchi holat harakat idroki uchun juda muhimdir, lekin ko‘zlar 
harakati haqidagi axborotni qayta ishlash mexanizmi o‘ta murakkab va qarama-qarshi 
jarayondir. 
Ammo, harakat idroki ko‘zlarning harakati bilangina tushuntirilmaydi,- ko‘z bir 
vaqtda qarama-qarshi tomonlarga harakatlana olmasada, biz bir vaqtning o‘zida 
harakatni ikki qarama-qarshi yo‘nalishda idrok etamiz. SHu bilan birga, harakat 
taassuroti uning reallikda mavjud emasligida yuzaga kelishi mumkin, masalan, kichik 
tanaffuslar bilan ekranda ob’ekt harakati fazalarini amalga oshiruvchi tasvirlarni 
ketma-ket ko‘rsatish. Bu stroboskopik ta

sir bo‘lib, uning yuzaga kelishi uchun 
alohida seskantiruvchilar ma’lum vaqt oraliqlarida bir-biridan uzoqlashtirilgan bo‘lishi 
lozim. 
Stroboskopik 
ta’sirdagi 
eng 
katta 
tanaffus 
0,45 
sek.ga 
teng. 
Kinematografiyadagi harakatlar idroki xuddi mana shu ta’sir asosida amalga oshiriladi. 
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha 
belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish 
mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta 
ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi 
shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni yuzaga 


keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik holatlar» 
qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va boshqalar kiradi. 
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. 
Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan ko‘rish 
sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat idroki bu 
oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi (V. 
Vundt). 
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday 
oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M. 
Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, ulardan 
farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil etuvchi 
oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi. 
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok 
qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va (b) 
holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu ikki 
sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday harakat 
kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi. 

Download 485.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling