Mavzu: Sinfdan va maktabdan tashaqari ishlarni tashkil qilishda tashkilotchi shaxsiga bo'lgan talablar
Milliy urf-odatlari, rasm-rusmlar va marosimlar
Download 104.23 Kb.
|
Mengisheva Rushana kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- San`at va madaniyati me`morchiligi
- O’zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar
Milliy urf-odatlari, rasm-rusmlar va marosimlar:
a) milliy urf-odatlari kelib chiqish tarixi, unga amal qilishning ijobiy tomonlari. b) xalq folklor va yodgorliklarida rasm-rusum, irim-sirimlarni asoslab berilishi. v) turli millat xalqlarining urf-odatlari va ularga munosabat. g) ajdodlarimizning kiyinishi, yurish-turishiga o’zbekona munosabat bildirish. San`at va madaniyati me`morchiligi: a) san`atning sharqona ko’rinishlari. Ajdodlarimiz san`ati tarixi. b) san`at ustalari (o’tmish va hozir). v) san`at maskanlari va uning turlari. san`atga munosabat. d) milliy san`atning kelajagi. e) me`morchilik tarixi. Madaniy me`morchilik koshonalariga sayohat va uni o’rganish. yo) qo’li gul ustoz va shogirdlar hayoti va kelajagi. z) me`morchilik ko’rinishlari (tanlab o’rganish). Bobolardan bolalarga nasihat va pandlar: a) o’zbek xalqining qadimiy yodgorliklari. b) A.YAssaviy, Bahovuddin Naqshbandiy, G`azzoliy, Haziniylar ijodiyotida odob-axloq masalalari. v) o’zbek shoiralarining pandlari. Zebiniso, Zavqiy, Nodira, Anbar Otin... g) Zamonaviy shoir va shoiralar. Uchrashuv va kechalar tashkil qilish. Ularning ijodiyotiga tashabbus qilishga undash. O’zbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar a) allomalarning o’g`il va qizlarga aytgan nasihatlari. b) qizlik iffati, hayosi, g`ururi. v) oila va jamoat mehnatiga to’g`ri munosabatda bo’lish. g) inson go’zalligini anglatuvchi belgilar. 4. Tashkilotchining oila va jamoatchilik bilan hamkorlikda olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayoni Sinf rahbari ishini maktab ma‘muriyati bilan birgalikda va maxalla jamoasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Maktab ma‘muriyati sinfda rahbari va u olib borayotgan ishlarni qo‘llab quvvatlash lozim. Chunki sinf rahbari o‘z o‘qituvchilarini yaxshi biladi va ularni tarbiyalashni uchun nimalar qilishi kerakligini hisobga olib ish yuritadi. Sinf rahbari ishini ma‘naviyat ishlari bo‘yicha derektor o‘rinbosari boshqaradi. Sinf rahbarining ish rejasini maktab direktori va ma‘naviyat va ma‘rifat ishlari bo‘yicha derektor o‘rinbosarlari tuzadi va boshqaradi. Boshlang‘ich sinflar maktab ta‘limining dastlabki bosqichi bolalar o‘qituvchi rahbarligida ta‘limga 1-qadamni qo‘yadilar. O‘quv faoliyatida bilim, ko‘nikma va malakani egallaydilar. O‘qituvchi sinf bilan yolg‘iz ishlaydi va ko‘pincha tarbiyachi sifatida ish yuritadi. O‘qituvchilarning bolalarga bo‘lgan munosabati katta mehribonlik va g‘amxo‘rlik bilan xarakterlanadi. Bu esa talabchanlik bilan olib boriladi. O‘qituvchilar bilan bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda o‘quvchilarning o‘sishi va rivojlanishiga qarab ularni qayta qurish xususiyati ham sinf rahbari uchun muhim ahamiyatga ega. Maktab ustavida sinf rahbarining asosiy vazifalari belgilab berilgan. Sinf rahbari barcha o‘qituvchilar bilan birgalikda aloqada bo‘lib, o‘zining sinfi bilan tarbiyaviy ishlarni olib boradi. O‘qituvchilar tamonidan o‘quvchilarga qo‘yiladigan pedagogik talablar birligiga erishadi. Ota-onalar, kun uzaytirilgan gruppa tarbiyachilari, jamoatchilik bilan doimo aloqada bo‘lib turadi. Zarur bo‘lgan vaqtda yordam ko‘rsatilinib tashkil qiladi. Sinfda belgilangan xujjatlarni olib boradi va uni maktab ma‘muriyatiga taqdim etadi. O‘qituvchilar sog‘ligini mustaxkamlashga doir ishlarni o‘tkazadi va mehnat qilishga o‘rgatadi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyatini shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. O‘quvchilarning asosiy vazifasi o‘qishidan iborat. Shuning uchun sinf rahbari dast avval bolalarning o‘qishiga qanday munosabatda ekanliklarini, o‘zlarini qanday tutishlarini uy vazifalarini sidqidildan bajarishlarini yoki bajarmasliklarini aniqlaydi. Va nihoyat eng muhimi ularning o‘qishidagi mo‘ljallari nimalardan iborat. Bu mo‘ljallar ijtimoiy mohiyatga molik yoki molik emasligi hisoblanadi. Pedagog sinf bilan ishlashning dastlabki bosqichida turli vaziyatlarga duch kelishi mumkin. Sinf rahbari jamoa rivojlanishining aniqlangan darajasiga qarab tarbiya usullarini darajasiga qarab tarbiya usullarini tanlaydi. Bundan o‘qituvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish qo‘shimcha shart hisoblanadi. Pedagog shaxsni har tamonlama yetuk kamol toptirishda katta rol o‘ynaydi. Aqliy tarbiya shaxsni har tomonlama taraqqiy ettirishda muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchi axloqiy tarbiyasining vazifasi va mazmunini o‘qituvchilardan ekologik ong va madaniyatni shakllantiradi. O’zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to’g’risida» gi qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyotida sohasini ustivor deb e’lon qilinadi. Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy xuquqlaridan biri bo’lgan har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan shu sohada faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichining o’ziga hos vazifalari kelib chiqadi. Ta’lim pedagoglarning faoliyatidan va o’quvchi talabalarning faoliyatidan iborat qo’shaloq jarayondir. Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir. Ma’lumot olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir. Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, rivojlanish, shakllanish uyg’unlash yagona jarayondir. Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog’i sifatida, fan sifatida shakllanadi. O’zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan pedagogikaning mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi ilg’or pedagogik g’oyalarni paydo bo’lishi, rivojlanishi ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma’suliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lagn munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng asta-sekin qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Bolaning xarakterini, oiladagni tarbiyasini, uning or-nomusini, sharm-hayosi kabi nozik tuyg’ularining tarbiyalanganlik darajasini bilmay turib, birdaniga jamoa orasida uyaltirish, yaxshi o’ylab ko’rmaslik, yoki jaxl ustida tinimsiz kaltaklash mumkin emas. Sizning tanlagan jazo usulingiz o’quvchini yoki farzandingizni qilgan xatosini tushunishga, boshqa qilmasligiga tarbiyaviy saboq bo’lish kerak. Agar bu jazo usullari o’zining samarasini bermasa, u holatda ehtiyotkorlik bilan maktab ma’muriyati va jamoa hamkorligida boshqa choralarni ishlab chiqishi kerak. Bugungi kunda pedagogika fani amaliyoti ham takomillashib bormoqda. SHuningdek, tarbiya jarayoni ham zamon talabiga monand takomillashib boradi. Boshqaruv organlari barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, yetilgan masalalarni o’z vaqtida va ijobiy hal etishlari, barcha o’quv yurtlarining ish saviyasi xozirgi zamon talablariga muvofiq oshirishlarini ta’minlashlari kerak. Ta’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish ta’lim tizimini boshqarish va unga rahbarlik qilish faoliyatining saviyasiga bog’liq. Kelajagi buyuk jamiyatning rivojlanish talablaridan kelib chiqib, maorifning o’rni va roliga yangi avlodni tarbiyalash nuqtai nazaridan qarab, oliy majlis materiallarida, prezidentimiz ma’ruzalarida, maxsus qarorlarda rahbarlikning yuqori ilmiy darajada amalga oshirish zarurligiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Ta’lim tizimiga ilmiy rahbarlik asoslarini ishlab chiqish pedagogika uchun asosiy yo’nalishdir. Barkamol avlodni o’qitish va tarbiyalash tajribalarini o’rganish, umumlashtirish, bu jarayonning konuniyatlarini ochib berish, pedagogika nazariyasining asosiy masalalarini ta’lim amaliyotiga va fan yutuqlarini nazarda tutgan holda, I.A. Karimov asarlari asosida ijodiy hal qilish pedagogikaning burchidir. I.A. Karimov o’z asarlarida kelajagi buyuk O’zbekiston Respublikasining organlarini tashkil etish va boshqarish va ularning rahbarlik faoliyatiga doir muhim printsiplarini har taraflama mufassal ishlab chiqdi. Ilmiy va pedagogikaviy amaliyoti bilan bog’lanish tamoyili. Bu tamoyil xalq ta’limi organlari va maktabning hamma ishini O’zbekiston Respublikasi davlatining ko’rsatmasi, fan va texnika yutuqlari hamda ijtimoiy taraqqiyotning ob’ektiv qonuniyatlari asosida amalga oshirishni talab etdi. CHunki idora qilish uchun ishni bilish kerak. Hamma narsadan xabardor bo’lmasdan turib, to’la to’kis bilimga ega bo’lmasdan turib, idora qilish ilmini bilmasdan turib boshqarish mumkin emas. Xalq ta’limi ishlarini maktab ishini kasb-hunar kollejlari ishini va unga rahbarlik qilishda qo’zg’algan maqsadlarga erishish uchun milliy mafkura, milliy goya, pedagogika tarixi, psixologiya, xususiy metodika, mantiq, etika-estetika kabi fanlar erishgan yutuqlarini muntazam o’rganib borish, tahlil qilish hamda bu muvaffaqiyatlarni keng qo’llanishi zarur. Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo’nalishlari, mazmuni har bir yosh bosqichda o’quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo’lishi kerak. Maktabda bashlang’ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib borish uni yo’lga qo’yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi tarbiyaviy ishning asosiy yo’nalishlari: o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish, ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; o’quvchilarda ahloq madaniyatini, ularning o’z xuquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatni tarbiyalash; o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish malakalarini shakllantirishdir. Boshlang’ich jamoa ishi shunday quriladiki, undan sinfning boshqa jamolari bilan aloqasi doimiy ravishda amalga oshiriladi, umum maktab an’analari saqlanadi. Boshlang’ich jamoa o’qituvchi-tarbiyachi va sinf rahbari, o’quvchilar o’z-o’zini boshqarish, o’z-o’zini boshqarish organlari rahbarligida umummaktab ijtimoiy foydali ishlari faoliyatida ishtirok etadi. XULOSA Tarbiya davomida tarbiyalanuvchining qarashlari, hayotiy nuqtai-nazari asta-sekin tarkib topib boradi. U tarbiyalanuvchining hulq-atvori hamda tevarak-atrofdagi muhitning xilma-xil ta’sirlariga uning munosabatlarini belgilaydi. Shaxsning bu tutgan yo‘li qancha aniq va izchil bo‘lsa, tevarak-atrofdagi hayot sharoitlarining turlicha salbiy ta’siri shuncha kuchsiz bo‘ladi. Maktab sharoitida tarbiyaviy ishlar o‘qituvchi-tarbiyachilar, sinf rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Ular tarbiyani jamiyatning maqsadi hamda vazifalariga muvofiq ravishda tashkil etadilar. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisining xatti-harakatidagi ayrim kamchiliklarni tuzatishga to‘g‘ri keladi. Bu kamchiliklar avvalgi tarbiya jarayonida, ko‘pincha oilada tarkib topgan bo‘ladi. O‘qituvchi o‘z harakatlarini va ota-onalarning harakatlarini bu kamchiliklarni bartaraf etishga qaratishi lozim. Odatda, buning uchun bolalarning oiladagi hayot sharoitlarini o‘zgartirish, tarbiyalanuvchilarda noto‘g‘ri xatti-harakatni keltirib chiqaruvchi sabablarni mumkin qadar yo‘qotish talab etiladi. Shunday qilib, tarbiyalash, o‘z-o‘zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash jarayonlari o‘zaro mustahkam bog‘langan bo‘lib, inson shaxsini tarkib toptirishning bir butun jarayonida doimo bir-biriga ta’sir o‘tkazadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘quv-tarbiya jarayonini to‘ldiradi. U o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o‘ziga xosligi shundaki, to‘garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o‘smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi. Tarbiya, jamiyatdagi hodisa sifatida, o‘sib kelayotgan avlodning jamiyat hayotida, turmushi, ijtimoiy ishlab chiqarish faoliyati, ijodi va ma’naviyligida ishtirok etishi murakkab qarama-qarshi ijtimoiy-tarixiy jarayon hisoblanadi. Ularning odam bo‘lishlari, rivojlanishlari va individualliklari, jamiyatning ishlab chiqarish kuchlari muhim elementlari, shaxsiy baxtlarini yaratuvchilari bo‘lib ishtirok etadi. U ijtimoiy taraqqiyot va avlodlar ketma-ketligini ta’minlaydi. O’quv muassasa, mikromuhitidagi odatlanmagan vaziyat, shaxslararo munosabatlar va muomala ko’lamining kengayishi o’ziga xos topologik aqliy, axloqiy, irodaviy, hissiy xususiyatlarini oqilona baholash, qo’yilayotgan talablarga javob berish tariqasida yondashish, o’z-o’zini anglashini jadallashtiradi. o’spirin o’quvchilarining o’z-o’zini anglashga aloqador o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ular dastavval o’zlarining kuchli va zaif jixatlarini, yutuq va kamchiliklarini aniqrok baholash imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’spirin o’quvchining o’smirlik davridagi boladan o’zgacharoq yana bir xususiyati - bu, murakkab shaxslararo munosabatlarda aks etuvchi burch, vijdon hissini anglash, o’z qadr-qimmatani e’zozlashi, sezish va fahmlashga ko’proq moyilligidir. O’spirin o’quvchida o’zini anglashi negizida o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi. Natijada unda o’z-o’zini tarbiyalash vositalarini saralash, ularni kundalik turmushga tadbiq qilib ko’rish ehtiyoji vujudga keladi. Lekin, o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni o’spirin ruhiyatidagi mavjud nuqsonlarga barham berish. ijobiy xislatlarni shakllantirish bilan kifoyalanib qolmasdan, balki voyaga yetgan kishilarga xos ko’pqirrali umumlashgan idealga mos ravishda tarkib toptirishga yo’naltirilgan bo’ladi. O’quvchilar o’zida shaxsning eng qimmatli fazilatlarini, o’quv va mehnat malakalarini ongli, rejali, tartibli, izchil va muntazam ravishda egallab borishga, shaxsning yana bir fazilatlari va xislatlarini hosil qilishga harakat qiladilar; o’z-o’zini tarbiyalash muammolarini, yaxlit ma’naviy-ruxiy qiyofalash shakllantirishga intiladilar. O’spirin o’quvchilarning o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni. O’quv muassasa, jamoat tashkilotlari, pedagoglar jamoasining ta’siri doirasida bo’lmog’i shart. Toki o’z-o’zini tarbiyalashning, takomillashtirishi jamoada munosib o’rin egallashga, ijtimoiy burchni anglash, foydali mehnatga jalb etish ishiga xizmat qilsin. O’z-o’zini tarbiyalash to’g’ri, izga solib yuborish uchun uyg’un birlikni tashkil etgan tarbiyaviy chora-tadbirlar majmuasi tarzida ta’sir jamoa majburiyati, o’zaro yordam va nazorat qilish, o’zaro va tanqid qilish kabilar maqsadga muvofiqdir. Download 104.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling