Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Hozirgi davr siyosiy qarashlarining mohiyati. Siyosiy nazariyadagi asosiy yo‘nalishlar
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Hozirgi davr siyosiy qarashlarining mohiyati. Siyosiy nazariyadagi asosiy yo‘nalishlar
XX asrda siyosiy fanning rivojlanishi boshqa asrlarga qaraganda boy bo‘ldi. Bu asr - g‘oyaviy kurashlar keskinlashgan, va ayni paytda, siyosiy mafkuralarning o‘zaro yaqinlashuvi, bir-birini to‘ldirishi boshlangan asr edi. Shu bilan bir vaqtda, u yangi uslubiy yondashuvlarning paydo bo‘lishi, bir qator an’anaviy metodologiyalarning qayta tiklanishi va yangilanishi davri bo‘ldi. Bu asr - yangi siyosiy g‘oyalarning tug‘ilishi va o‘tmish merosining qaytishi hamda qayta idrok etilishi asri edi. XX asrda siyosiy fikr uchta asosiy yo‘nalish bo‘yicha rivojlandi: akademik yo‘nalish; ijtimoiy-falsafiy nazariyalar; yaqqol ifodalantan amaliy yo‘nalishga ega bo‘lgan mafkuraviy konsepsiyalar. Akademik yo‘nalish XX asr boshida AQSHda universitet muhitida paydo bo‘ldi va siyosiy fanning mustaqil aqademik fan sifatida tan olinishi bilan bog‘liq. Evropada ushbu yo‘nalishning boshlang‘ich asoslari M.Veber, V.Pareto tomonidan bayon etildi. Aqademik fikrning ko‘pchilik vakillari uchun siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha mafkuraviy bahslardan chetda turish va butun diqqat-e’tiborni siyosiy xulq-atvorning qonuniyatlarini o‘rganishga, siyosiy institutlarning faoliyat ko‘rsatishiga, siyosiy tizimlarning modellarini, ziddiyatlarning umumiy nazariyalarini yaratishga qaratishdir. Ijtimoiy-falsafiy nazariyalar industrial, postindustrial, axborot jamiyatlari nazariyalari, neomarksistlarning «tanqidiy nazariyasi» va boshqalardan iborat. Mazkur nazariyalarda akademik fikrning «pozitiv» bilimdan farqli o‘laroq, hozirgi zamon «rivojlangan jamiyatlari»ning xususiyatlari va chiqishining turli modellari taqdim etiladi. Siyosiy fikrning sof mafkuraviy yo‘nalishi oldingi ikki yo‘nalishdan farqli o‘laroq, faqat yuz berayotgan voqealarning markazida bo‘lishgagina intilib qolmay, balki avvalgi ikki yo‘nalishning nazariy ishlanmalaridan foydalanib, ijtimoiy o‘zgarishlarning strategiyasi va taktikasini o‘z vaqtida ishlab chiqishga ham harakat qiladi. Maks Veber (1864-1920) yirik nemis sotsiologi, jamiyatshunos faylasufi, tarixchisidir. Hozirgi zamon siyosiy fanida u, asosan, siyosiy hokimiyatning legitimligi (qonuniyligi) masalasini o‘rganuvchi siyosiy hokimiyat nazariyasini, hozirgi jamiyatda ratsional byurokratiyaning hukmronligi nazariyasini, hozirgi zamon demokratiyalarida rasmiy hukuq hukmronligining muqarrar ravishda rahbarlik jarayonlarining byurokratlashuviga va qiyofasini yo‘qotishiga olib keluvchi kamchiliklariga barham beruvchi «plebissitar» demokratiya nazariyasini ishlab chiqqanligi va, nihoyat, hozirgi kapitalizmni ratsionallik tamoyilining tajassumi sifatida tahlil qilganligi tufayli katta obro‘-e’tiborga ega. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling