Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Munavvarqori Abdurashidov
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- XV-XIX asrlarda G‘arbdagi siyosiy fikr va siyosiy huquqiy g‘oyalar
- Nikollo Makiavelli
- «Tit Liviyning birinchi de k adasi ha q ida mulohazalar»
- J an Boden
- Gugo Grotsiy
- Jan-Jak Russo
Munavvarqori Abdurashidov (1878-1931)– Turkistonda jadidizm harakati rahbarlaridan biri, pedagog, ziyoli oilasida tug‘ilgan. Toshkentda YUnusxon madrasasida ta’lim olgan. 1903 yili jadid maktablari ochib, o‘zi unda dars bergan. Shu maktablar uchun qo‘llanma, darslik yozgan. U mahalliy boylar kayfiyatini ifoda qilgan. U eski maktablarni isloh qilib, unda dunyoviy ilmlar o‘qitilishi tarafdori edi. U xalqni ma’rifatga chaqirdi. «Shuroi Islomiya» tashkiloti tuzuvchilaridan biri edi. Bu tashkilotga mahalliy boylar, ruhoniylar kirgan. Tashkilotning talabi Turkistonda burjua Rossiyasi tarkibida milliy-diniy avtonomiya tuzish, madaniyat va maorif sohasida kapitalizm rivoji uchun zarur bo‘lgan ba’zi islohotlar o‘tkazishdan iborat edi. U 1931 yil 26 aprelda sobiq sho‘ro rejimi tarafdorlari tomonidan qatl etildi.
Fitrat (1886-1938)- o‘zbek yozuvchisi va olimi. U din va eski dunyo sarqitlariga qarshi kurashgan. Samarqand Pedakademiyasida ishlagan. «Qiyomat» pe’ssasi, «Zahroning imoni» (1920), «Qiyshiq eshon» (1930), «Ro‘zilar» kabi dramatik asarlari bilan feodal tuzumiga va dinga qarshi chiqdi. 1938 yil 4 oktyabrda Toshkentda sho‘ro tuzumi tarafidan otib o‘ldirilgan. CHo‘lpon (1893-1937)- o‘zbek shoiri, tarjimon, san’atshunos. U dastlab madrasada, so‘ng rus-tuzem maktabida o‘qigan. 1919-20 yillarda «Turk GOSTA» gazetasida muharrir, «Qizil bayroq», «Turkiston» kabi gazetalarda adabiy xodim, 1924 yildan Moskva o‘zbek drama studiyasida, keyin O‘zbekistonda maorif va teatr sohalarida ishlagan. 1938 yil 4 oktyabrda Stalin siyosati tufayli otib o‘ldirilgan. XV-XIX asrlarda G‘arbdagi siyosiy fikr va siyosiy huquqiy g‘oyalar XIV-XVI asrlarda Evropada industrial jamiyatning shakllanishiga olib kelgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar boshlanadi. Katolik cherkoviga qarshi norozilik Reformatsiya deb atalgan chinakam ommaviy hodisaga aylandi. Uning turli mamlakatlardagi arboblari (T.Myunser, MLyuter, JKalvin va boshqalar) asosiy qadriyatlari vijdon erkinligi, fikr erkinligi bo‘lgan dunyoviy davlat tushunchasini mustahkamlashga xizmat qildilar, barcha kishilarning qonun oldidagi tengligi g‘oyalari paydo bo‘ldi. CHerkov dunyoqarashiga mazkur davrning ayrim mutafakkirlari ijodkor insonga bo‘lgan ishonchni qarama-qarshi qo‘ydilar. Siyosiy doktrinalarda gumanizm yaqqol namoyon bo‘la boshladi, davlat va shaxs munosabatlari asosiy muammo bo‘lib qoldi. Shu tarifa Uyg‘onish mafkurasi yuzaga keldi. Uyg‘onish davrining dindan holi bo‘lgan sof siyosiy falsafasi va nazariyasini buyuk italyan olimi, yangi davr siyosiy fanining asoschisi Nikollo Makiavelli (1469-1527) ijodida ko‘rish mumkin. Uning asosiy asarlari «Podshoh», «Urush san’ati», «Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida mulohazalar» hisoblanadi. Siyosat fanini o‘rganishda N.Makiavelli tadqiqotning yangi usullaridan foydalandi. Me’yoriy-qadriyat nazariyasining shakllanishiga yordam beruvchi falsafiy yondashuv bilan bir qatorda u voqealikdagi siyosiy munosabatlarni empirik kuzatish usulidan foydalandi. Aynan siyosiy voqelikning tahliliga empirik yondashuvdan foydalanganligi Makiavellini hozirgi siyosiy fanning asoschisi, deb qarashga imkon beradi. Falsafiy yondashuvni Makiavelli o‘zining «Tit Liviyning birinchi dekadasi haqida mulohazalar» asarida, empirik yondashuvni esa «Podshoh» asarida amalga oshirdi. N.Makiavellining boshqaruv shakllari haqidagi ta’limoti antik davr siyosiy fikri bilan muvofiq keladi. Unda «boshqaruvning eng yaxshi shakli respublikadir, chunki u inson tabiatiga moslashgan» degan fikrlar bildirilgan. Aristotelning bir kishi, ozchilik yoki ko‘pchilik fuqarolarning hukmronlik qilishi borasidagi mezonlaridan Makiavelli boshqaruvning Sitseron davridayoq «qorishiq shakl» deb nom olgan respublika usulini tasvirlash uchun foydalanadi. Respublikada ko‘pchilik xalqning, ozchilik zodagonlarning va saylangan davlat boshlig‘ining hukmronligiga birlashadi. Ko‘pchilik xalqning boshqaruvdagi ishtiroki shundan iboratki, u zodogonlarni nazorat qiladi va shu tariqa hokimiyatni suiste’mol qilishning oldini oladi. Zodagonlarning boshqaruvda ishtirok etishi ularning boyliklaridan foydalanish imkonini beradi. O‘z navbatida, zodagonlar saylangan davlat boshlig‘ini nazorat qiladilar. Individual hokimiyat egasining mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan hollarda tez qarorlar qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Makiavellining fikricha, respublikalarda ozodlik va tenglikni amalga oshirish osonroq bo‘ladi. Makiavelli ozodlikdan foydalanuvchi barcha mamlakatlar va viloyatlar hamma sohada favqulodda muvaffaqiyatlarga erishadilar, deb hisoblaydi. Biroq respublika shakli hamma vaqt va hamma joyda ham mumkin bo‘lavermaydi. Boshqaruv fuqarolarning «umumiy ishi» deb hisoblovchi Respublika xalqning muayyan sifatlariga, fuqarolik fazilatlariga ega bo‘lishini, umumiy baxt-saodatga hurmat bilan qarashni taqozo etadi. Fuqarolik fazilatlari rivojlanmagan, «buzilgan» xalqlar uchun monarxiya afzalroqdir. Faqat yakka hukmronlikdagina feodallarning imtiyozli mavqeiga qarshi turuvchi vositani topish mumkin. U faqat xalq tomonidan saylangan monarx islohotchigina mamlakatni birlashtirish, mustaqil, milliy davlat tuzishi mumkin, deb hisoblaydi. Uning hatti-harakatlari qoralansa ham mayli, faqat natijalari ishonchni oqlasa bo‘ldi, natijalar yaxshi bo‘lsa, u hamma vaqt oqlanadi. Mashhur fransuz siyosiy mutafakkiri va huquqshunosi Jan Boden (1530-1596) suverenitet nazariyasining asoschisidir. U o‘zining «Davlat haqidagi olti kitob» asarida monarxiyaning mutlaq suverenitetini himoya qildi, shu bilan birga monarx hokimiyati kelib chiqishiga ko‘ra ilohiy emasligini ta’kidladi. J.Boden ham xuddi Makiavelli singari, siyosatni din va axloqdan qat’iy farqladi. «Davlat, - deb yozgan edi u, - suveren hokimiyat tomonidan ko‘plab oilalarning va ularning umumiy tasarrufidagi mulklarning adolatli boshqaruvini amalga oshirishdir»20. J.Boden tushunchasidaga davlat hokimiyatining suvereniteti oliy, cheklanmagan, hech kim bilan bo‘lishilmaydigan hokimiyatni anglatar edi. Fransiyani xonavayron qilayotgan o‘zaro nizolar va diniy urushlar davrida J.Boden jamiyatning ilg‘or doiralari qarashlarining ifodachisi, mutlaq monarxiya, milliy davlat tarafdori bo‘lib chiqdi. Podshoh hokimiyati faqat ilohiy va tabiiy qonunlar bilan cheklangan. Suveren hokimiyatning tarkibiy qismlari quyidagilardir: qonun chiqarish huquqi, urush e’lon qilish va sulh tuzish huquqi, oliy mansabdorlarni tayinlash huquqi, oliy sud idorasi huquqi, avf etish huquqi va tanga zarb etish huquqi. YAngi jamiyatning yaratilish jarayoni YAngi davrga (XVII-XIX asrlar), rivojlanish jarayoni esa, Eng yangi va hozirgi davrga (XX asr) to‘g‘ri keldi. Tadqiqotchilar YAngi davrni dunyo sivilizatsiyasi taqdiri uchun muhim davr deb hisoblaydilar. Sanoat ishlab chiqarishga va ko‘p jihatdan agrar xo‘jalikka asoslangan an’anaviy sivilizatsiyaga qarama-qarshi bo‘lgan zamonaviy sivilizatsiya aynan mana shu davrda shakllandi. XVII asrda tabiatshunoslikning rivoji boshlandi, oldingi safda tabiiy huquq nazariyasi turgan yangi siyosiy doktrinalar rivojlanadi. Mazkur nazariyaga ko‘ra, davlat va huquq Xudo tomonidan yaratilmagan, balki inson ongi qonunlariga muvofiq odamlarning ijtimoiy munosabatlari asosida tuzilgan. Tabiiy huquqning birinchi yirik nazariyotchisi niderland olimi, mashhur «Urush va sulh haqida uch kitob» asarining muallifi Gugo Grotsiy (1583-1645) edi. G.Grotsiy ta’limotining boshlang‘ich nuqtasi - inson tabiati, uning huquklari, kishilarning ijtimoiy fazilatlaridir. G.Grotsiyning fikriga ko‘ra, qachonlardir «tabiiy holat» mavjud bo‘lgan va unda davlat ham, xususiy mulk ham bo‘lmagan. Kishilar yashash, muloqot qilish, mulk, ozodlik huquqlariga ega bo‘lganlar, bu huquqlar oddiy tarzda inson ongi bilan belgilangan. Biroq insoniyatning doimiy taraqqiy topishi natijasida odamlar orasida «hammaning hammaga qarshi urushi» paydo bo‘lgan, odamlarning tabiiy huquqarini himoya qilish zarurati yuzaga kelgan. Bu esa insonlarning birgalikda yashash me’yorlarini belgilashga va ularni himoya qilishga qodir bo‘lgan davlat haqida ijtimoiy shartnoma tuzishga undaydi. Individlarni ijtimoiy shartnoma tuzishga undovchi sabablar turlicha bo‘lishi mumkin: «hammaning hammaga qarshi urushi»ni oldini olish, tartib va adolat o‘rnatish istagi va individlarning tabiiy tengligini ularning qonun oldidagi tengligi bilan mustahkamlab qo‘yish va hokazo. Tabiiy huquq nazariyasining tarafdorlari ijtimoiy shartnoma g‘oyasidan turli siyosiy, huquqiy va davlatga oid muammolarni tushuntirishda foydalanganlar. Tabiiy huquq va ijtimoiy shartnoma nazariyasining uchta maktabi farqlanadi. Ularning eng mashhur vakillari — T.Gobbs, J.Lokk, SH.Monteskyo va J.J,Russolardir. Angliyalik faylasuf Tomas Gobbs (1588-1679) kishilar jamiyatda tartibni saqlash evaziga o‘zlarining barcha tabiiy huquqlarini monarxga topshirganlar, deb hisoblagan. O‘zining mashhur asari «Leviafan»da u monarxiya tarafdori bo‘lib chiqadi va podshohning irodasi - oliy qonun, unga hamma bo‘ysunishi kerak deb tasdiqlaydi. Hokimiyatning bo‘linishini u yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ish deb hisoblaydi, chunki bu hol davlatning zaiflashuviga olib keladi. Kuchli davlat esa odamlarga xos illatlardan qutulish vositasidir. T. Gobbs o‘zining «Tabiiy va siyosiy qonunlardan parchalar» va «Fuqaro to‘g‘risida» kitoblarida fuqarolar urushlari sabablarini va ularning oldini olish yo‘llarini anglash vositasi sifatida birinchi o‘ringa qo‘yadi. Davlatni esa u xudo tomonidan emas, balki uning bandalari- odamlar tomonidan o‘rnatilgan «sun’iy jism» sifatida baholaydi. Davlat va hukmron shaxsning 2 muqaddas burchi mavjud: Xalq farovonligini ta’minlash. Mamlakat tinchligini muhofaza qilishdir. T. Gobbs fuqarolar urushining oldini olish uchun burjua diktaturasi zarurligini isbotlashga urinadi. Davlat o‘zida jamlangan yagona idora vositasida tinchlikni saqlashi, tabiiy qonunlar bajarilishini ta’minlashi, tartibni saqlashi, xunarmandchilikni rivojlantirishi, insonlarning diniy, ma’naviy, axloqiy qarashlariga ham ta’sir etishi kerak bo‘ladi. «Hukmronlik haqida ikki risola» nomli kitob muallifi, angliyalik faylasuf Jon Lokk (1632-1704) T.Gobbsdan farqlicha, odamlar ijtimoiy shartnoma tuzar ekan, o‘zlarining deyarli barcha huquq va erkinliklarini saqlab qoladilar va davlatdan ana shu ajralmas huquqlarini, erkinliklarini himoya qilishda ma’lum bir me’yorni saqlagan holda foydalanadilar, deb hisoblagan. J.Lokk birinchilardan bo‘lib hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijroiya va ittifoq (tashqi siyosat sohasi) hokimiyatlariga bo‘linishi haqidagi nazariyani ilgari surdi va bunda boshqalarga «buyruq berishi» lozim bo‘lgan qonun chiqaruvchi hokimiyatni eng muhim deb hisobladi. U cheklangan monarxiya tarafdori bo‘lib, absolyutizmni tabiiy holatdan ham yomonroq deb bilardi. U hamma uchun baravar va doimiy qonun -erkinlik kafolatidir deb hisoblar edi. Jon Lokk o‘zining «Boshqarish to‘g‘risida ikki majmua» asarining 1-qismida qirollik hokimiyati ilohiy asosda ekanligini aytib tanqid qiladi. Angliyada 1688-89 yillarda davlat to‘ntarishidan keyin ijtimoiy-siyosiy rejimni quradi. Uning fikricha, qonunlar shaxs erkinligini himoya qilish va ularning huquqlarini kengaytirishning zarur shartidir. «Qaerdaki qonunlar bo‘lmasa, u erda erkinlik bo‘lmaydi». U kishilarni yagona maqsad uchun kurashishga birlashtirgan davlat siyosiy hokimiyatini kishilar vositasida amalga oshirmog‘i lozim», deydi Fransuz faylasufi Jan-Jak Russo (1712-1778), o‘z navbatida xalq bevosita hukmronlik qilishi kerak, umumning xohish-irodasi uchun hech qanday cheklashlar bo‘lmasligi lozim, degan fikrni bayon qildi. O‘zining «Ijtimoiy shartnoma haqida» nomli risolasida (1762) u boylar tomonidan aldangan kishilar o‘z erkinliklarini qurbon qildilar va ijtimoiy shartnoma asosida keyinchalik ularning o‘zlarini eza boshlagan davlat va huquqni yaratdilar deb yozadi. J.J.Russo birinchilardan bo‘lib davlat bilan fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib berdi. U G.Grotsiy va T.Gobbsning buyruq beruvchilar va bo‘ysunuvchilar har doim zarur, degan fikrlarini tanqid qildi; uning fikricha tabiiy holatda qullar ham, xo‘jayinlar ham bo‘lmaydi; odamlar o‘z huquqlarini hokimiyatga shartnoma asosida topshirganliklari sababli, hokimiyat suvereniteti xalqqa tegishlidir. Demokratiya g‘oyasi J.J.Russoning xalq suvereniteti haqidagi ta’limotiga singdirilgan. Qonunlar - kishilarning umumiy xohish-irodasi aktlari, podsho qonunlaridan yuqori turishi mumkin emas. Demokratiya va erkinlik qonunlari xalqning o‘zi yaratib tasdiqlagan zamindagina mavjud bo‘ladi. Odamlar tengligining ashaddiy tarafdori bo‘lgan, J.J.Russo ayni paytda, huquqiy va jismoniy tenglik o‘rtasidagi farqni anglab etdi. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling