Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
Download 0.89 Mb.
|
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Ali Ibn Sino
- Abu Hasan ibn Mavardi
Abu Rayhon Beruniy (973—1048) Ma’mun Akademiyasining a’zosi bo‘lib, 200ga yaqin ilmiy asarlarning muallifi. Evropada olim Al Boron nomi bilan mashhur. Farobiy kabi Beruniy ham buyuk qomusiy olim Uning «Geodeziya», «Mineralogiya», «Mas’ud qonuni», «Saydana», «Hindiston» kabi asarlari ma’lum va mashhur. Beruniy bosqinchilik, zulm, adolatsizlikni qattiq qoralaydi. Arab bosqinchiligi tufayli Vatanimizda sodir bo‘lgan madaniy yodgorliklarning yo‘q qilinishini qattiq qoralaydi. Jamoa va til kishilarning birlashuvi natijasida vujudga kelgan deb ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy birinchilardan bo‘lib dunyo tarixi va madaniyatini u yoki bu mamlakatning geografik joylashuvi nuqtai-nazaridan yoritib berdi. Muayyan darajada uni geosiyosatning otasi deb atash ham mumkin. O‘z vaqtida Abu Rayxon Beruniy «Xristafor Kolumbdan qariyb besh asr oldin okean ortida quruqliq, ya’ni keyinchalik Amerika deb nom olgan qit’a borligini bashorat qilib, ilmiy asoslab bergan»17. Beruniy har uch oyda almashinib turadigan fuqarolar tomonidan galma-galdan boshqariladigan davlatni ideal deb hisobladi, lekin uning fikricha, boshqaruvchi fuqarolar faqat zodagonlardan va yirik er egalaridan bo‘lishi zarur edi. Shuningdek, davlatning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatishi uchun o‘zaro yorham, tinch-totuv yashash va umumjahon farovonligi singari qoidalarga rioya qilinishi lozim. U ayniqsa, davlatlarning tinch-totuv yashashini ko‘p targ‘ib qildi, chunki uni xalqning baxt-saodati va farovonligining garovi deb bilardi. Boshqaruv shakli haqidagi masalada u monarxiya shaklini qo‘llab-quvvatladi va uni boshqaruvning ideal shakli, deb hisobladi. Beruniyning fikriga ko‘ra, davlat va qonunlar inson baxt-saodati uchun xizmat qilishi, davlatni esa ma’rifatli podsho boshqarishi lozim edi. Abu Ali Ibn Sino (980— 1037) G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lib, u ham Beruniy kabi Ma’mun Akademiyasining a’zosi bo‘lgan. Abu Ali Ibn Sino ham Farobiy, Beruniy singari Arastu asarlarini zo‘r qiziqish bilan o‘rgandi va ularni Evropa ahli uchun qaytadan kashf etdi. Olimning buyuk asari «Tib qonunlari» arab tilida insho etilgan. Abu Ali Ibn Sinoning «Donishnoma» asari esa fors — tojik tilida yozilgan. Abu Ali ibn Sino davlatga birlashuvning tabiiy zarurati sifatida qaradi. O‘zining «Kitob al-ishorat vat-Tanbidat» (Ko‘rsatmalar va tanbehlar kitobi) nomli asarida u shunday deb yozgan edi: «Agar bir odam hamma ishni o‘zi qiladigan bo‘lsa, uning zimmasiga juda og‘ir yuk tushgan bo‘lur edi, binobarin, ular o‘rtasida kelishuv bo‘lmog‘i lozim». Ibn Sino jamiyatning har bir a’zosi foydali mehnat bilan shug‘ullanadigan, bekorchilik qoralanadigan davlatni ideal deb hisoblagan. U ideal ijtimoiy tartibni va ijtimoiy adolatni ta’minlaydigan dono hukmdorga katta umid bog‘lagan. Abu Ali ibn Sino jamiyatda tengsizlik tarafdori edi, chunki, uning fikricha, faqat boylardan yoki, aksincha, faqat kambag‘allardan iborat bo‘lgan jamiyat faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agar jamiyatning barcha a’zolari boy bo‘lib ketsalar, odamlarda hamdardlik o‘zaro yordam hissi yo‘qoladi. Agar jamiyatning hamma a’zolari kambag‘al bo‘lsa, bunday xalq kirilib ketadi O‘rta asr ilohiyotchi va huquqshunos olimi Abu Hasan ibn Mavardi (973-1058) adolatli davlat qurilishining tarafdori bo‘lgan. U davlat kufr bilan turishi mumkin, lekin adolatsizlik bilan turmaydi, deb hisoblar edi. Mavardining «Al-ahkom as-sultoniya» (Sultonlik ahkomlari) deb atalgan risolasi mashhur bo‘lib, unda muallifning «ideal musulmon davlati» haqidagi xayoliy tasavvurlari bayon qilingan. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling