Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari


-MAVZU. DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI


Download 0.89 Mb.
bet60/118
Sana18.10.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1707669
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118
Bog'liq
Mavzu. Siyosatshunoslik fani predmeti, maqsad va vazifalari

5-MAVZU. DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYATI INSTITUTLARI
Reja:
1.Siyosiy institut tushunchasi va uning turlari
2.Jamiyat siyosiy tizimida davlat, siyosiy partiyalar va saylovlarning o‘rni
3.Fuqarolik jamiyati tushunchasi va tarkibi. Fuqarolarning o‘zini- o‘zi boshqarish institutlari
4.Siyosiy kommunikatsiya tushunchasi, axborot va so‘z erkinligi
Siyosiy institut tushunchasi va uning turlari
Kishilar o‘zlarining kundalik faoliyatlarida “institut” deganda turlicha ijtimoiy birliklarni tushunadi. Bu o‘quv yurti yoki ilmiy muassasa, korxona, har qanday yirik maqsadli tashkilot bo‘lishi mumkin. Bu tushuncha to‘g‘risida turli fanlar o‘rtasida to‘liq bir kelishuv mavjud emas.
Aslida “institut” va “guruh” tushunchalari o‘rtasida ma’lum ichki farqlanishlar mavjud. Agar guruh – bu o‘zaro xatti-harakat qilayotgan individlar yig‘indisini anglatsa, institut – bu inson faoliyatining ma’lum sohasida, ya’ni amaliyotda o‘zini namoyon qilishda yuz beradigan ijtimoiy aloqalar tizimi va ijtimoiy me’yorlar yig‘indisidir. Jumladan, ijtimoiy institutga quyidagi ta’rifni berish mumkin: ijtimoiy institut – bu jamiyatning asosiy ehtiyojlarini qondiruvchi aloqalar va ijtimoiy me’yorlarning tashkillashgan tizimidir32.
Umuman, “institut” termini lotincha “institutum” so‘zidan paydo bo‘lib, u “o‘rnatish” yoki “tashkilot” degan ma’nolarni bildiradi. “Institut” tushunchasiga birinchi bo‘lib etimologik nuqtai nazardan so‘zma-so‘z talqinni Maks Veber amalga oshirgan edi. Uning fikricha, davlat institutning asl ko‘rinishi, davlat xatti-harakatlari ratsional ko‘rsatmalarga (konstitutsiya me’yorlari, qonunlar va h.k.) asoslanadigan insonlar hamjamiyatini tashkil qiladi. E.Dyurgeymning fikricha esa “institut”lar, bir tomondan, odatlar va e’tiqodlar ko‘rinishidagi ideal tuzilmalarni ifodalaydi, boshqa tomondan esa, bu odatlar va stereotiplar o‘z navbatida turli davrlar va xalqlar ijtimoiy tashkilotlarning amaliy faoliyatida moddiylashadi. Bu bilan E.Dyurgeym yangicha qarashlarda butunlay yangi a’analar boshlanishiga asos soldi. Hattoki, XX asrning 50 — 70 yillarida fransuz “institutsionalizm maktabi” ham bu yangicha talqinlar asta-sekin o‘z ahamiyatini yo‘qota boshladi33.
Keyinroq fransuz siyosatshunoslari — M.Pareto, J.Byurdo, M.Dyuverje kabilar E.Dyurgeymdan keyin siyosiy institut mazmuniga kiradigan ikki asosiy komponentni ajratib ko‘rsatdilar: birinchisi, munosabatlar tizimining ideal modeli; ikkinchisi — bu model tuzilmasining stereotiplari va uning qoliplariga mos ravishdagi jamoaviy siyosiy tajribalarda shakllanadigan tashkiliy tuzilmalardir. M.Dyuverje bundan kelib chiqqan holda siyosiy institutlarga o‘zining quyidagi ta’rifini beradi: “bu (ya’ni, siyosiy institutlar) insoniy munosabatlarning shunday modelidirki, unda aniq munosabatlar aks etib, shu tariqa, barqaror, turg‘un va uyushgan” sifatlar namoyon bo‘ladi. Agar masalaga turlicha yondashuvlar birlashtirilsa, hamda institutsionalizmning asosiy belgilarini integratsiyalashga harakat qilinsa, “institut” tushunchasining qisqacha ta’rifini quyidagicha izohlash mumkin:siyosiy institut – bu, birinchidan, tashkillashgan jamoaning uyushgan holati, jamoatchilik irodasi, insonlarning maqsadlari va hayot faoliyati tarziga asoslanuvchi maxsus hamjamiyatga birlashuvining tashkiliy shaklidir; ikkinchidan, hokimiyatga va ta’sir etishga doir shakllanadigan, jamoa va insonni integratsiyalashuvini ko‘llab-quvvatlovchi, insoniy birlikni boshqaruvchanligi, shuningdek jamoaviy kadriyatlarga, tashkiliy prinsiplarga, ratsional me’yorlarga (ko‘rsatmalarga) tayanuvchi kishilar uyushmasininipg ideal modelidir; uchinchidan, individ va guruhlarning, shuningdek, butun insoniy sotsium tuzilmasi munosabatlaridagi modellarni realizatsiya etish va qayta ishlab chiqish demakdir.
Umuman, qisqacha tariflaganda, siyosiy institut, bu — siyosiy tizim hosil etuvchi, siyosiy faoliyatning turli sohalarini muvofiqlashtiruvchi, ularni rollar va maqomlar tizimiga tashkillashtiruvchi, rasmiy va norasmiy qoidalar, prinsiplar, me’yorlar, ko‘rsatmalarning barqaror majmuidir34.
Hozirgi davrda butun mamlakat miqyosidagi demokratiya uchun quyidagi siyosiy institutlar talab qilinadi:
- Mansabdor shaxslarni saylanishi;
- Erkin, adolatli, tez-tez o‘tkazib turiladigan saylovlar;
- So‘z erkinligi;
- Axborotning muqobil manbalari;
- Assotsiatsiyalar avtonomiyasi;
- Umumiy fuqarolik huquqlari.
Ma’lumki, siyosat sohasi ijtimoiy hayotning muhim tuzilmaviy unsuridir. Jumladan, qarorlar qabul qilish va xatta-harakatlarni amalga oshirish jarayonida siyosiy institutlar muhim o‘rin tutadi.
Siyosiy institut – bu qayd etilgan va xujjatlar bilan mustahkamlangan siyosiy hayotni tashkillashtirish me’yorlari va shu asosda faoliyat yuritayotgan turli tuman tashkilotlar, muassasalar, siyosat xizmatlari, shuningdek, siyosiy xulq va faoliyatni asosiy muvofiqlashtirib turuvchi sifatida namoyon bo‘luvchi va jamiyat siyosiy tizimini xarakterlovchi barqaror an’analar, prinsiplar va siyosiy xulq qoidalaridir.
Siyosiy institutlarni takomillashtirmay va demokratlashtirmay turib fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurish masalalarini umuman hal etish mumkin emas. Ayniqsa, XX asrdagi G‘arbiy Evropa, SHimoliy Amerika, Sharqiy Osiyo kabi mamlakatlarda siyosiy institutlarni erkinlashtirish islohotlari shuni ko‘rsatdiki, hozirgi davrdagi nafaqat demokratik jamiyat, balki, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, iqtisodiy-ijtimoiy farovonlikka erishish maqsadlari ham siyosiy institutlarni erkinlashtirishga doir chuqur islohotlarni amalga oshirishni qat’iy ravishda taqozo etadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling