mavzu soat juftlik Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari Reja


Download 69.16 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi69.16 Kb.
#1510977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy ps 7-mavzu

Asosiy tushunchalar:

1. Ustanovka tushunchasi

4. Ijtimoiy ustanovka

2. Ijtimoiy ustanovka

5. Attityud

3. Xulq-atvor

6. Dispozitsion nazariyasi



1.Ustanovka va ijtimoiy ustanovka tushunchalarining qiyosiy tahlili. Fanda ustanovkalarni o‘rganish bosqichlari.
Ustanovka inglizcha set soʻzidan olingan boʻlib, koʻrsatma berish, anglanilmagan mayllar, yoʻl-yoʻriq koʻrsatish maʻnolarida qoʻllanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan maʻlum bir munosabat mavjud boʻlsa, bu munosabat bizning his-tuygʻularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi bizning ustanovkalarimiz bilan bogʻliqdir. Masalan, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli boʻlgan maʻlumotlar asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud boʻlsa, oʻsha xalqning istalgan vakilini koʻrganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuygʻu paydo boʻladi va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Baʻzi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga asoslanishi, ishonish baʻzi noxush oqibatlarga olib keladi.
Bir qarashda “ustanovka” va “ijtimoiy ustanovka” tushunchasi bir-biriga juda yaqin va oʻxshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yoʻnalish, tayyorgarlik, munosabat tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, bularni bir-biridan ajratgan holda taʻriflash ham juda mushkul. Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yoʻnalishi nuqtayi nazaridan, shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va ijtimoiy psixologiyada tutgan oʻrni va oʻziga xos vazifalarini belgilash maqsadida “ustanovka” va “ijtimoiy ustanovka” tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. Balki, bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq oʻrganishga xizmat qiladi.
Ustanovka shaxsning oʻzi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin boʻlgan maʻlum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Baʻzi hollarda shaxs uchun anglanilmagan ustanovka oʻz pozitsiyasini aniq namoyish qilishda eʻtiqod sifatida gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
Ustanovka — insonning oʻzi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir. Ustanovka - bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir. Ustanovka — insonning ichki oʻziga xos tuygʻularini namoyon etishga ruhan tayyorlik holatidir.
Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan uzviy bogʻliqdir. “Moyillik”, “yoʻnalganlik”, “ tayyorlik” kabi mazmunni anglatuvchi, bir-biriga oʻxshovchi “ustanovka” va “ijtimoiy ustanovka” tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi koʻpchilik olimlar tomonidan qayd etilgan. Umumiy psixologiyada ustanovka tushunchasi ostida subyektning maʻlum bir faoliyatga nisbatan tayyorligi tushuniladi. Va bu ikki xil omilga bogʻliqligi taʻkidlanadi: birinchisi, subyektning ehtiyojlari boʻlsa, ikkinchisi obyektiv vaziyatga mos kelishidir. Biz psixologiya sohasidagi barcha muammolarni ijtimoiy psixologik nuqtayi nazardan qarayotganligimiz bois ustanovkalarni emas, balki ijtimoiy ustanovkalarni oʻrganishga doir maʻlumotlarni tahlil qilamiz.Ijtimoiy psixologiyada esa shaxsning asosiy ijtimoiy-psixologik tavsiflaridan biri uning ijtimoiy ustanovkalari hisoblanadi.

Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling