mavzu soat juftlik Shaxsning ijtimoiy ustanovkalari Reja


Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich


Download 69.16 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi69.16 Kb.
#1510977
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ijtimoiy ps 7-mavzu

Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida ikkinchi bosqich 1939-1950-yillarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi Jahon urushi boshlarida va u tugagandan so‘ng ham ijtimoiy ustanovkalarni o‘rganish borasidagi tadqiqotlar deyarli o‘tkazilmagan. Faqat 1950-yillarning oxirlaridan boshlab bu ishlar yana rivojlanib ketgan.
Ijtimoiy ustanovkaning o‘rganilishida uchinchi bosqich 1960-yildan hozirgacha davom etib kelmoqda. Hozirgi kunga kelib, ijtimoiy psixologiyaning ko‘pgina amaliy (masalan, reklama bilan bog‘liq) sohalari insonning ijtimoiy ustanovkalarini o‘rganish bilan qiziqmoqdalar. Ijtimoiy ustanovkalar to‘g‘risidagi ilmiy bilimlarning bunday qoilanishi tadqiqotning uchinchi bosqichini tashkil etmoqda.
D.N. Uznadze ham ustanovka va ijtimoiy ustanovka (attityud)ni bir-biridan ajratish lozimligini ta’kidlaydi. Ustanovka umumpsixologik jihatdan qaralib, ongning ma’lum bir reaksiyaga bo‘lgan tayyorgarligi, ongsiz fenomen deb ta’kidlanadi. Ijtimoiy ustanovka (attityud) esa quyidagini bildiradi: shaxs tomonidan ijtimoiy obyektlarning mazmun-mohiyatini psixologik boshdan kechirish.
Ijtimoiy ustanovka shaxs xulq-atvorining ichki anglanilmagan yoki qisman anglangan motivlariga kiradi. Ustanovka (psixologiyada) shaxsning muayyan faolligi (idrok, tafakkur, maqsadga muvofiq harakatlar va h.k.)ga ko‘ra avvalgi tajribasi bilan belgilangan tayyorgarligi; shaxsni muayyan tarzda harakatga undovchi tayyorgarlik shaklidir.
Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada ko‘pincha reallikka mos kelmaydigan tasavvurlarning saqlanib qolishi kuzatiladi. «Ijtimoiy ustanovka» atamasi psixologiyada bir necha ma’nolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga bo‘lgan tayyorgarligi tushunilgan.
2.Ijtimoiy ustanovka, uning tuzilishi va vazifalari.
Ijtimoiy ustanovka (attityud) atrof-olamni umumlashgan holda baholash qobiliyatidir. Tajribalarda aniqlanishicha, ustanovkada koʻpincha reallikka mos kelmaydigan tasavvurlarning saqlanib qolishi kuzatiladi.
“Ijtimoiy ustanovka” atamasi psixologiyada bir necha maʻnolarga ega. Dastlab ijtimoiy ustanovka deganda insonning biron-bir masalani hal qilishga boigan tayyorgarligi tushunilgan. Keyinchalik Gʻarb va AQSH olimlari tomonidan ijtimoiy ustanovka tushunchasi “Attitude” — “attityud” soʻzi bilan ifodalanib, ijtimoiy psixologiya va sotsiologiya fanlarining ilmiy kategoriyasi sifatida kiritilgan. 1935-yilda G.Ollport “ehtimol attityud tushunchasi, hozirgi zamon amerika ijtimoiy psixologiyasi uchun eng zarur va xarakterli tushunchadir”, deb taʻkidlagan edi.
“Attitude” atamasi oʻzbek tiliga tarjima qilinganda “yaroqlilik” yoki “moslik” degan maʻnoni bildiradi. “Attitude” soʻziga yana bir taʻrif quyidagicha: “individ tomonidan ijtimoiy obyektning qimmatini, mazmun-mohiyatini, maʻnosini psixologik his qilish”dir. “Attitude” koʻpchilik tadqiqotchilar tomonidan quyidagicha tushunilgan;
— ongning maʻlum bir holati;
— reaksiyaga tayyorlikni aks ettiruvchi holat;
— inson tomonidan maxsus tashkil etilgan holat;
— avvalgi tajribaga asoslanuvchi holat;
— xulq-atvorga dinamik taʻsir koʻrsatuvchi holat;
U.Tomas, F.Znanetskiy, G.Ollport, M.Smit, D.Kats va boshqalar attityudni shaxsning guruh aʻzosi sifatidagi xulq-atvori mexanizmlarini oʻrganuvchi obyekt sifatida qaraganlar. Demak, ijtimoiy psixologiyada birinchi boʻlib “attityud” tushunchasi “individning ijtimoiy maqsadi va mohiyatiga nisbatan psixologik tayyorgarlik sifatida yoki ayrim ijtimoiy sifatlarni anglashga nisbatan namoyon boʻluvchi individning ongli holati” sifatida talqin qilingan va bu talqin qator eksperimental tadqiqotlar asosida mustahkamlangan.
G.Ollport attityudga shaxsning tayyorgalik jarayoni sifatida qarab u xulq-atvorni keltirib chiqaruvchi yakunlangan manba ekanligini eʻtirof etadi va bunday taʻrif, ijtimoiy psixologiyada shaxsning yoʻnalishini oʻrganish uchun juda muhimdir. Xuddi shunday mulohazani E. Bogardusning “Attityud — bu atrof-muhitdagi ayrim omillarga mos yoki qarama-qarshi harakat qilish anʻanasidir”, degan fikri bilan ham izohlash mumkin.
Attityudning aniq psixologik tuzilmasini asoslashga oid yangicha qarash I. Aytsin va M.Eishbaynlar tomonidan taklif qilingan “komponentlik” nazariyasi bilan bogʻliqdir. Ular murakkab ustanovka tushunchasini faqat affektiv baholash komponenti doirasida kognitiv, affektiv va konativ komponentlari bilan chegaralashni tavsiya etadilar va buni gʻarb ijtimoiy psixologiyasidagi ustanovka muammosining 4 jihati: harakat, maqsadli obyekt, bajarish kontekstli jarayoni va bajarilish vaqti asosida talqin qilinishi bilan ham ifodalanishi mumkin.
1942-yilda M.Samit attityudning uch komponentli strukturasaini ishlab chiqgan. Bunga koʻra attityudda uch qism boʻlib, bular kognitiv, affektiv va konativ qismlar.
Kognitiv qism – shaxsdagi attityud obyektiga nisbatan bilimlar yigʻindisi boʻlib obyektning shaxs tomonidan anglanishidir. Unga shaxsdagi bilimlardan tashqari gʻoyalar, tasavvurlar, prinsiplar va boshqalar.
Attityudning affektiv qismi (emotsional) — oʻsha obyektni hissiy-emotsional baholash boʻlib, obyektga nisbatan yoqtirish yoki yoqtirmaslik tarzidagi hissiyotlar kiradi.
Konativ qism — xulq-atvor bilan bogʻliq qism boʻlib, unga obyektga nisbatan amalga oshiriladigan xatti-harakatlar, aynan xulq-atvor koʻrinishlari kiradi. Xulq-atvor komponenti oʻz ichiga obyektga nisbatan real (inson tomonidan bajarilayotgan) yoki potensial (shaxs bajarishga tayyor boʻlgan) xatti-harakatlarni qamrab oladi.
Ijtimoiy ustanovkalarning funksiyalari: bilish funksiyasi; ifodalash funksiyasi; moslashtiruvchi finksiyalar. Ijtimoiy ustanovkalarni oʻrganish jarayonida ularning jamiyatda bajaradigan uchta asosiy vazifalarini ajratish muhimdir:
1. Bilish funksiyasi. Mazkur funksiya shaxsga ijtimoiy obyektlar haqidagi bilimlarni operativ qabul qilish imkonini beradi. Ijtimoiy ustanovkaning bilish funksiyasi kognitiv tarkib orqali realizatsiya qilinadi (amalga oshiriladi).
2. Ifodalash funksiyasi. Bu funksiya shunda namoyon boʻladiki, ijtimoiy ustanovkalar insonning jamiyat bilan munosabatlarida uni shaxs sifatida taqdim qiladi. Mazkur funksiya asosan ijtimoiy ustanovkaning emotsional komponenti orqali amalga oshiriladi.
3. Moslashtiruvchi funksiya. Bu funksiya quyidagilarda namoyon boʻladi: agarda ijtimoiy ustanovkalar jamiyatning (guruhning) real holatiga mos kelsa, u holda ular individga mazkur jamiyatga (mazkur ijtimoiy guruhga) moslashishiga imkon beradi.
Ijtimoiy ustanovkaning bu funksiyasi asosan uning xulq-atvor komponenti orqali amalga oshiriladi.

Download 69.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling