Mavzu: Statika. Statika aksiomalari. Erkli va erksiz jismlar. Bog'lanish reaksiyalari Oars
Mavzu Materiallar qarshiligi fanining vazifalari, asosiy
Download 0.92 Mb.
|
Tex mexanika maruza
Mavzu Materiallar qarshiligi fanining vazifalari, asosiy qoidalari
ayrim hollarda esa konstruktsiyalar yemiriladi. Barcha muhandislik konstruksiyasi (mashina yoki inshoot) va uning qismlari mustahkamlik, bikrlik hamda ustuvorlik kabi muhim konstruktiv talablarga javob berishi lozim. Muayyan miqdordagi tashqi yuklar ta'siridagi konstruksiya va ular qismlarining: geometrik o'lchami, shakli o'zgarsada, lekin < dastlabki (yuk qo'yilmagan paytdagi) elastik muvozanat holatini saqlay olishiga ustuvorlik deyiladi. Konstruksiya va konstruksiya qismlarining ko'ndalang kesim yuza o'lchamlari kattalashtirilsa bir vaqtning o'zida ularning mustahkamligi, bikrligi va ustuvorligi oshishi tabiiy. Ammo bunday hollarda faqat materiallargina emas, balki mehnat ham ko'proq sarflanadi. Shu bois muhandis-loyihachilar loyihalashning boshqa maqbul usullarini izlashlari - materiallami mumkin qadar kam talab qilgan holda yuqorida zikr etilgan uchta mul1im talablarga bir vaqtda javob bera oladiganini tanlashlari, aniqrog'i, materiallar qarshiligi faniga murojaat qilishlari zarur. Materiallar qarshiligi fanida yechiladigan masalalaming asosiy mazmuni quyidagilardan iborat: konstruksiya elementlarining o'ziga xos, ayniqsa, xavfli kesimlaridagi ichki zo'riqish kuchlari, kuchlanishlar, deformatsiyalar va ko'chishlarni aniqlash; konstruksiya elementlarining mustahkamlik, bikrlik, ustuvorlik kabi talablarni qanoatlantiruvchi zaruriy, ishonchli va foydalanishga qulayroq o'lchamlarini aniqlash; berilgan o'lchamlar bo'yicha konstruksiya elementlarining xavf-xatarsiz ishlashni ta'minlovchi eng katta kuch (yuk)larni topish. Bu fanda barcha masala va muammolar nazariy jihatdan matematika, nazariy mexanika hamda amaliy jihatdan esa qattiq jismlar fizikasi, materialshunoslik kabi fanlarga tayanib yechiladi. Shuni alohida ta'kidlash zarurki, amaliy hisoblashlarda konstruksiya qismlarining lamnia xossalarini bir vaqtda e'tiborga olish juda qiyin. Shu sababli materiallar qarshiligi fanini o'rganish jarayonida hamda uning parcha yechim va xulosalarini olishda quyidagi cheklanish (gipoteza)larga tayanish zarur:
jism materiali yaxlit (g'ovaksiz); jism materiali bir jinsli; jism materiali izotrop; jism to'la elastik; kuchlanish va deformatsiyalar o'zaro Bundan tashqari yana ikkita tamoyil ishlatiladi: chiziqli bog'lanishda. kuchlar ta'sirining bir-birlariga xalal bermaslik tamoyili (mazmuni: jism nuqtalarida hosil bo'ladigan kuchlanish va deformatsiyalar tashqi kuch (yuklarning ketma-ket yoki tartibsiz qo'yilishiga bog'liq bo'lmaydi, balki ikkala holda ham kuchlanish va deformatsiyalar bir xil bo'ladi); Sen-Venan tamoyili muvozanatlashuvchi (mazmuni: kuchlarning jismning birorta kichik bolagiga qo'yilgan ta'siridan yuzaga kelgan kuchlanish lar
«mahalliy» xarakterga ega boiib, ular kuchlar qo'yilgan qismdan uzoqlashgan sari juda tez so'na boshlaydi). Materiallar qarshiligida, asosan, brus va yupqa devorli sterjenlar o'rganiiadi. Ko'ndalang kesim yuza o'lchamlari uzunlik o'lchamiga nisbatan juda kichik o'lgan jismlar brus deyiladi. Bruslar o'qlarining holatiga ko'ra to'g'ri yoki egri, ko'ndalang kesim yuzasiga ko'ra
esa o'zgarmas yoki o'zgaruvchan kesim yuzali bo'lishi mumkin. Agar brus cho'zilish yoki siqilishga qarshilik ko'rsatsa yoki ishlasa sterjen a), buralishiga qarshilik ko'rsatsa val b) va egilishga qarshilik ko'rsatsa to'sin d) deb ataladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling