Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
3- мавзуга Maruza matni (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Grafik tasvir
- Maydon o’lchovlari
Statistik grafiklar – bu raqamli miqdorlar va ularning nisbatini nuqta,
chiziq, figura va boshqa geometrik shaklda shartli tasvirlanishidir. Statistik grafiklarni tuzishda va ifodalashda quyidagi talablarga rioya qilish lozim. Statistik ko’rsatkichlarning mohiyatini, makon va zamonda o’zgarishini, shuningdek boshqa belgilarini e’tiborga olgan holda ko’ra bilish, tasavvur qilish, tushunish, mavjud qonuniyatlarni aniqlash qulay bo’lgan grafiklar yasalishi lozim. Yuqoridagi talablarni bajarish uchun grafik tasvirda quyidagi asosiy elementlar qatnashadi: grafik obraz; grafik maydon; grafik maydon o’lchov birliklari; masshtab; shkala; grafik talqin. Grafik tasvir - bu statistik ma’lumotlar ifodalanadigan nuqta, chizik va figuralar to’plamidan iborat geometrik belgilardir. Grafik maydon – grafikni hosil qiluvchi geometrik belgilar joylashtiriladigan maydondir. Grafik maydon o’z vazifasiga qarab aniq o’lchamlarga (formatga), ya’ni kattalik va tomonlar nisbatiga ega bo’ladi. Maydon o’lchovlari – grafik tasvir joylashtiriladigan maydonning koordinatalar tizimi, ya’ni grafik maydonning o’lchovini ifodalovchi to’r. Amaliyotda keng qo’llaniladigan koordinatalar tizimi bu to’g’ri chiziqli koordinata tizimidir (1-rasm). Uning asosan birinchi choragidan, ba’zan barcha choraklaridan statistika grafiklarini tasvirlashda foydalaniladi. Grafiklarni tasvirlashda qutbli koordinata tizimidan ham foydalaniladi (2-rasm). Ular vaqt bo’yicha tsiklik (davriy) o’zgarishlarni tasvirlashda muhimdir. To’g’ri chiziqli koordinata tizimida maydon o’lchovlari vertikal va gorizontal o’qlarda (ordinata va abtsissa o’qlari) ifodalansa, qutbli koordinata tizimida esa markazdan chiqqan nur (asosan o’ng tomondagi gorizontal nur), ya’ni koordinata o’qi va unga nisbatan nur burchagi o’lchovlarida ifodalanadi. Statistika xaritasini tasvirlashda esa o’lchovlar kontur to’r (daryo, dengiz, okean va mamlakat chegaralari konturi) shaklidagi chegaralarda turli xil rang yoki gemetrik belgilar orqali ifodalanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling