Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1172243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- мавзуга Maruza matni (2)

0
20
40
60
80
100
2004 2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013


bajarilishi 
tasvirlanayotgan 
ko’rsatkichlarning 
muvofiqligini 
(ustunlarning 
balandlik bo’yicha, lentalarning uzunlik bo’yicha) va mutanosibligini talab etadi. 
Bu talabning bajarilishi uchun quyidagilar zarur: birinchidan, ustun (lenta) 
o’lchami belgilanadigan shkala noldan boshlanishi, ikkinchidan, bu shkala uzluksiz 
bo’lishi lozim. 
Ustunli va lentali diagrammalar statistika ma’lumotlari grafik tasvirining 
qabuli sifatida mohiyatiga ko’ra o’zaro o’rin almashunuvchidir, ya’ni ko’rib 
chiqilayotgan statistika ko’rsatkichlari ham ustunlarda, ham tasmalarda baravar 
taqdim etilishi mumkin. 
Yo’naltirilgan diagrammalar ustunli (tasmali) diagrammalarni bir turi 
hisoblanadi. Unda ustunlar yoki tasmalarning ikki tomonlama joylashgan bo’lib 
miqyos bo’yicha hisob o’rtadan boshlanadi. Odatda bunday diagrammalar qarama-
qarshi sifat qiymatidagi miqdorlarni tasvirlash uchun qo’llaniladi. 
Ikki tomonlamalilar guruhiga sonli tafovutlar diagrammalari kiritiladi. 
Ularda tasmalar nolga teng vertikal chiziqdan ikkala tomonga: o’ngga – ko’payish 
uchun, chapga – kamayish uchun yo’naltirilgan. 
Bunday diagrammalar yordamida rejadan yoki taqqoslash negizi uchun 
qabul qilingan biron-bir darajadan chetga chiqishini tasvirlash qulaydir. 
O’rganilayotgan statistik o’zgarishlarini ko’lamini ko’ra olish imkoniyati, ko’rib 
chiqilayotgan diagrammalarning muhim alomati hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy 
tahlil uchun katta ahamiyatga egadir. 
Taqqoslanayotgan statistik ko’rsatkichlar miqdori bir-biridan juda katta farq 
qilsa ular turli xil geometrik shakllar – kvadrat, doira va boshqa figuralar orqali 
tasvirlanishi mumkin. Bunday diagrammalar, masalan kvadrat yoki doiraviy 
diagramma tuzish uchun dastlab taqqoslanayotgan miqdorlardan kvadrat ildiz 
chiqarib olish zarur. Shundan so’ng olingan natijalar asosida qabul qilingan 
miqyosga muvofiq kvadrat tomoni yoki doira radiusi aniqlanadi. 
Diagrammalarni to’g’ri tuzish uchun kvadratlar yoki doiralarni bir-biridan 
bir xil masofada joylashtirish, har bir shkalada o’lchov miqyosini keltirmagan 
holda u tasvirlaydigan son qiymatini ko’rsatish zarur. 



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling