Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1172243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- мавзуга Maruza matni (2)

Taqqoslash diagrammalarining keng tarqalgan turlaridan biri bu ustunli 
diagrammalardir. Bunday diagrammalar eni bir xil bo’lgan to’g’ri to’rtburchakli 
ustunlardan tashkil topgan bo’lib, har bir ustun uzunligi (bo’yi) kuzatilayotgan 
kattaliklarni aks ettiradi. Bunda har bir ustun uzunligi ma’lum masshtabda 


statistika ko’rsatkichlarining kattaligini ifodalaydi. Ustunlar bir-biriga yopishgan
ustma-ust (qisman) yoki bir xil masofada vertikal holda joylashtiriladi. 
Shuningdek, ular grafik maydonda (bu holda vertikal o’q shkala vazifasini 
bajaradi), ya’ni to’g’ri chiziqli koordinat tizimida joylanishi mumkin. 
Taqqoslovchi diagrammani tashkil etuvchi barcha ustunlarda faqat bitta 
o’lchov o’zgaruvchan miqdor hisoblanadi. Misol tariqasida quyidagi ustunli 
diagrammalar tuzilishini ko’rib chiqamiz.
Yuqorida bayon etilgan qoidalarga muvofiq gorizontal o’q bo’ylab ustunlar 
vertikal joylashtiriladi. Mazkur diagrammalarning yaqqolligi ustunlardagi 
miqdorlarni solishtirish orqali erishiladi. 
Grafik maydonda ustunlarning joylanishi gorizontal o’q bo’ylab turlicha 
bo’lishi mumkin: bir-biridan bir xil uzoqlikda; bir-biriga jipslashgan holda; bir-
birini ustiga qo’yilgan holda.
6-rasm. O’zbekistonda aholi jon boshiga YaIMning real o’sishi
2004-2013 yy. (foizda) 
 
Taqqoslovchi diagrammalar lentali ko’rinishda ham tasvirlanishi mumkin. 
Bunda statistika ko’rsatkichlari lenta uzunligi orqali ma’lum bir masshtabda 
ifodalanadi va u ham ustunli diagrammaga o’xshash eni bir xil bo’lgan to’g’ri 
to’rtburchak shaklida bo’lib to’g’ri chiziqli koordinata tizimida vertikal o’q 
bo’ylab bir xil masofada, ustma-ust (qisman) yoki bir-biriga jipslashgan holda 
gorizontal holatda joylashtiriladi. 
Tasvirlanayotgan statistik ko’rsatkichlarning bir xil o’lchamdaligi hamda 
ularning turli ustunlar va lentalar uchun bir xil miqyosdaligi, yagona qoidaning 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling