Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha
Download 0.61 Mb. Pdf ko'rish
|
3- мавзуга Maruza matni (2)
diagrammalari tuziladi.
Dinamika qatorlaridagi hodisalarni tasvirlash uchun ustunli, lentali, kvadrat, doiraviy, chiziqli, radial va boshqa diagrammalardan foydalanilishi mumkin. Dinamika diagrammalari turini tanlash, asosan, boshlang’ich ma’lumotlar xususiyatlariga, tadqiqot maqsadlariga bog’liq. Masalan, teng bo’lmagan oraliqlardagi davrlar darajalarini o’rganish uchun ustunli, kvadratli yoki doirali diagrammalar ishlatiladi. O’zgarish sur’ati qatorida darajalar soni ko’p bo’lganda chiziqli diagrammalarni qo’llash maqsadga muvofiqdir. Chiziqli diagrammalarda hodisalar o’zgarishi siniq chiziqlar orqali yaqqol ko’rinadi. Bundan tashqari, chiziqli diagrammalarni ishlatish quyidagi hollarda qulaydir: hodisalarni o’zgarish tendentsiyasi va rivojlanish darajasini tasvirlash lozim bo’lsa; bitta grafikda bir necha dinamik qatorlar ko’rsatkichlarini solishtirish maqsadida tasvirlash zarur bo’lganda; o’sish darajalarini, sur’atlarini taqqoslash uchun tasvirlash muhim hisoblansa. Chiziqli grafiklarni tuzish uchun to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimi qo’llaniladi. Odatda, abtsissalar o’qi bo’yicha vaqt (yillar, oylar va boshqalar), ordinatalar o’qi bo’yicha esa – tasvirlanayotgan hodisalar yoki jarayonlar miqdoriy ko’rsatkichlari joylashtiriladi. Ordinatalar o’qiga miqyoslar kiritiladi. Ularning tanlanishiga alohida e’tibor berish zarur, chunki bunga grafikning yaqqol ko’rinishi bog’liqdir. Agar abtsissalar qo’idagi shkala uchun miqyosni ordinatalar o’qidagi miqyosga nisbatan taqqoslash uchun uzaytirilsa, hodisalar o’zgarish sur’atidagi tebranishlar kamroq ajralib ko’rinadi va aksincha, ordinatalar o’qidagi miqyosni abtsissalar o’qidagi miqyosga nisbatan oshirish keskin o’zgarishga sabab bo’ladi. Vaqtning teng davrlari va darajalari miqyosni shkalaning teng kesimlariga muvofiq kelishi zarur. Statistika amaliyotida ko’pincha teng o’lchovli shkalaga ega grafik tasvirlar qo’llaniladi. Unda abtsissa o’qi bo’yicha mutanosib ravishda davrlar, ordinata o’qi bo’yicha esa hodisalarning miqdoriy darajalari shkalalardagi raqamlar bilan ifodalanadi. Ba’zi grafikning o’zida bir necha bir xususiyatli hodisalar tasvirlanishi mumkin. Bunda hodisa mohiyati, o’lchovlari, davrlari bir-biriga mos bo’lishi kerak. Bu hodisalarni alohida va yaqqolroq ko’rish uchun har bir hodisani tasvirlovchi chiziqlar bitta grafik maydonda turlicha (rangli, shtrixli va h.k.)tasvirlanadi. Ba’zan grafikda o’lchov birligi turlicha bo’lgan ikkita ko’rsatkichlar o’zgarish sur’atlarini tasvirlash zaruriyati tug’iladi. Bunday holatlarda bitta emas, ikkita miqyosli shkala ishlatiladi. Ularning biri o’ng, boshqasi esa chap tomondda joylashtiriladi. Dinamika qatorlari darajalarining davrlar bo’yicha o’zgarishi juda katta bo’lgan hollarda hodisalarni tasvirlash uchun logarifmik diagrammalardan foydalaniladi. Bunda grafik tasvir o’lchovlari ordinata o’qi bo’yicha har xil masshtablar yoki teng bo’lmagan shkalalarda logarifmga asoslanib teng o’lchovli shkalalar belgilanadi. Ya’ni 10 birlik o’nli logarifm bo’yicha 1 ga, 100 birlik esa 2 ga, 1000 birlik 3 ga va h.k. ko’rinishida o’lchovlar belgilanadi. Bunda logarifmik o’lchov va haqiqiy o’lchov bir vaqtda bir-biriga parallel (grafik maydonning ikki tomonida) shkalalarda yoki bitta logarifmik shkalada belgilanadi. Dinamika qatorlarini tasvirlashda qutbli koordinatalar tizimida tasvirlanadigan radial diagrammalar ham qo’llaniladi. Radial diagrammalar davriy o’zgaruvchi (tsiklik), ma’lum bir ritmik harakatdagi hodisalarni tasvirlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ular, ayniqsa, mavsumiy hodisalar darajalarining tebranishini tasvirlashda keng qo’llaniladi. Radial diagrammalar yopiq va spiral ko’rinishda bo’ladi. Bir davr (yil) mobaynida o’zgaruvchi hodisalar yopiq diagrammalar yordamida tasvirlansa, spiral diagrammalar orqali necha davr (yil) ga tegishli hodisalarning harakati tasvirlanadi va ular har bir davrga (yilga) tegishli mos vaqtdagi (oy, kvartal) darajalarni solishtirish asosini yaratadi. Radial diagrammalarni hosil qilishda 2 ta o’lchov birligi qo’llaniladi. Birinchi o’lchov doira bo’yicha davrlar, ya’ni bir yilning 12 oyi uchun doirani 12 ta teng sektorlarga bo’luvchi doira markazidan koordinata chiziqlari chiziladi. Bunda har bir sektor orasidagi burchak yil uchun tegishli mos davrni ifodalaydi. Ikkinchi o’lchov doira radiusi uzunligi. Bunda har bir davrga tegishli hodisa darajasi ma’lum bir masshtabda shkalalar orqali tasvirlanadi. Grafiklar orqali variatsion qatorlar darajalari ham tasvirlanishi mumkin. Ular asosan chiziqli diagrammalar orqali tasvirlanadi. Variatsion qatorlarni tasvirlovchi grafiklarning gistogramma, poligon, kumulyata va ogiva deb ataluvchi turlari mavjud. Ular to’g’ri chiziqli koordinatalar tizimida ifodalanadi. Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling