Mavzu. Statistik jadval va grafiklar Statistik jadvallar haqida tushuncha


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana06.02.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1172243
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3- мавзуга Maruza matni (2)

Masshtab (miqyos) - bu raqamli ko’rsatkichlarning grafikda aks ettirilgan 
o’lchamidir. U statistik grafiklarda raqamlar bilan ifodalangan ko’rsatkichlarni 
grafik maydonda tasviriy nisbatlarga aylantiradi. 
Grafik masshtabini belgilashda shkala muhim ahamiyatga ega. Shkala 
deganda aniq raqamlar kabi o’qilishi mumkin bo’lgan, nuqtalar bilan ajratilgan 
chiziq tushuniladi. Shkala quyidagi uch unsurdan iborat: shkala tayanchi, shkala 
raqamlari, shkala nuqtalar
Shkala tayanchi to’g’ri va egri chiziqli (yoysimon, aylanasimon) bo’lishi 
mumkin. Shkaladagi oraliqlar (nuqtalar orasidagi masofa) teng yoki teng 
bo’lmagan holda bo’lishi mumkin. Agar shkala oraliqlari teng bo’lsa, bunday 
shkala teng o’lchovli shkala deb, agar oraliqlar teng bo’lmasa teng bo’lmagan 
o’lchovli shkala deyiladi. 


Grafikning oxirgi unsuri – bu grafik talqinidir (eksplikatsiya). Bu unsur 
grafikning mohiyatini, mazmunini so’z bilan ifodalanishini ta’minlaydi. 
Grafik talqini grafik nomini, masshtab shkalasidagi yozuvlarni, grafikning 
ba’zi bir qismlariga izohlarni aks ettiruvchi unsurdir. Grafik talqini qisqa va 
tushunarli bo’lishi lozim. 
Grafiklarni tasvirlashda ko’rsatkichlar, yozuvlar, shartli belgilar kam bo’lishi, 
qisqa ifodalanishi ularni tushunishni, tahlil qilishni osonlashtiradi. 
Statistik grafiklar quyidagicha tasniflanadi: 
1. Mazmuni yoki vazifasiga ko’ra: taqqoslovchi grafiklar; turli nisbiy 
miqdorlar (tarkib, dinamika va h.k.) grafiklari; dinamika qatorlari grafiklari; 
variatsion qatorlar grafiklari; hududlar joylashuvi grafiklari (xaritalar); o’zaro 
bog’lanishdagi ko’rsatkichlar grafiklari va boshqalar. 
2. Grafik tasvirni geometrik shakliga ko’ra: nuqtali; chiziqli; yassi (ustunli, 
lentali yoki tasmali, kvadrat, doira, sektor, figura va hokazo); hajmli. 
3. Grafik tasvirni ifodalash usuliga ko’ra: diagrammalar; statistika xaritalari 
(xaritogramma va xaritodiagrammalar). 
Diagramma – bu grafiklarning keng tarqalgan turidir. Ular bir-biriga bog’liq 
bo’lgan kattaliklarni turli jihatlarini ifodalashda qo’llaniladi. Bunda 
o’rganilayotgan, tahlil qilinayotgan miqdorlar ularni tushunish, yaqqol namoyon 
bo’lishi qulay bo’lgan diagramma shakllari (ustunli diagrammalar, lentali 
diagrammalar, chiziqli diagrammalar, figurali diagrammalar,sektorli yoki 
doirasimon diagrammalar) orqali tasvirlanadi 
Echilayotgan topshiriqni xususiyatiga ko’ra diagrammalar taqqoslash, 
tuzilmaviy, dinamika va o’zaro bog’lanishni ifodalovchi diagrammalarga bo’linadi. 
Statistik grafiklarning asosiy turlariga yana gistogramma, poligon, ogiva, 
kushumeta va boshqalar kiradi. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling