Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 4860 – Kredit 9330 
Ushbu da’volar bo‘yicha kelib tushgan tushumlar 4860 schyot-
ning kreditida aks ettiriladi: 
 
Debet 5010 (5110, 5210) – Kredit 4860 
4860 schyot “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” bo‘yi-
cha analitik hisob-kitoblar har bir debitor sug‘urta tashkiloti bo‘yi-
cha olib boriladi. 
Tayanch so‘zlar 
Regress da’volar 
Sug‘urtalovchiga 
to‘lanadigan 
sug‘urta qoplamalari 
Sug‘urtalanuvchining 
buxgalteriya hisobi 
Sug‘urtalovchiga to‘langan 
sug‘urta qoplamalarini hisobga 
olish 
 
Nazorat savollari 
 
1. Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta qoplama-
lari sug‘urtalanuvchi buxgalteriya hisobida qanday aks ettiriladi? 
2. Sug‘urtalanuvchi sifatida ishtirok etayotgan sug‘urta kom-
paniyasi uchun sug‘urta hodisalari bo‘yicha yo‘qotishlar qanday 
provodka orqali aks ettiriladi? 
3. Regress da’volar deganda nimani tushunasiz? 
4. Sug‘urta kompaniyasi tomonidan yetkazilgan zararni ayb-
dor shaxslardan undirish qanday hisobga olinadi? 
5. “Da’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” bo‘yicha analitik 
hisob-kitoblar qanday amalga oshiriladi? 


69 
 
 
 
VII bob. MUDDATIDAN OLDIN TUGATILGAN 
SHARTNOMALAR BO‘YICHA HISOB-KITOBLAR 
 
7.1. Muddatidan oldin sug‘urta shartnomasi tugatilganda 
tomonlarning o‘zaro munosabatlari 
Sug‘urta shartnomasi sug‘urta mukofoti to‘langandan so‘ng 
kuchga kiradi. Sug‘urta shartnomasi unda ko‘rsatilgan muddat yo-
ki sanagacha amal qiladi. Sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomasi 
kuchga kirishidan avval sug‘urtalangan obyektga yetkazilgan za-
rarni qoplash uchun javob bermaydi. Hattoki, obyektning zarar-
langanligi sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng ma’lum 
bo‘lgan bo‘lsa ham. Shuningdek, sug‘urtalovchi sug‘urta shartno-
masi tugagandan yoki muddatidan oldin tugatilgandan so‘ng sug‘urta 
hodisasi yuz bergan taqdirda sug‘urta qoplamasini to‘lamaydi.
Sug‘urta shartnomasi quyidagi hollarda muddatidan oldin tu-
gatilishi mumkin: 
– sug‘urta muddati tugaganda; 
– sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalanuvchi oldidagi majbu-
riyatining to‘liq bajarilishi; 
– sug‘urta shartnomasi kuchga kirgandan so‘ng sug‘urta ho-
disasining yuz berish ehtimolligi yo‘qolgan taqdirda. 
Bunday hollarga quyidagilar kiradi: 
– sug‘urta voqeasidan boshqa sabablarga ko‘ra sug‘urtalangan 
obyektning nobud bo‘lishi; 
– tadbirkorlik riskini sug‘urtalagan shaxsning o‘z tadbirkorlik 
faoliyatini tugatishi. 
Bunday hollarda sug‘urtalovchi sug‘urta muddatining qolgan 
qismi uchun tegishli bo‘lgan sug‘urta mukofotini o‘zining ish yu-
ritish xarajatlarini chegirgan holda sug‘urtalanuvchiga qaytarib be-
rishi zarur.
Bundan tashqari, sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchi yoki su-
g‘urtalanuvchining talabiga ko‘ra tugatilishi mumkin.


70 
Sug‘urta shartnomasi oldindan tugatish maqsadini tomonlar 
oldindan xabar berishi lozim. Agar sug‘urta shartnomasida bosh-
qacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, sug‘urtalanuvchi yoki naf 
oluvchi sug‘urta shartnomasidan voz kechgan taqdirda, sug‘urta-
lovchi sug‘urta mukofotini qaytarmaslik huquqiga ega.
Sug‘urtalovchilar sug‘urtalanuvchilarni jalb qilish maqsadida 
o‘zining sug‘urta qoidalarida asosan hayotni sug‘urtalashda, agar 
sug‘urtalanuvchi muddatidan oldin sug‘urta shartnomasini tuga-
tishni talab qilsa, har qanday holatda tegishli sug‘urta mukofotlari-
ni qaytarish tartibi belgilaydilar.
Agar sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchining sug‘urta qoidalarini 
buzganligi tufayli sug‘urta shartnomasini tugatishni talab qilsa, 
bunday holatda sug‘urtalovchi sug‘urta mukofotining umumiy haj-
mini sug‘urtalanuvchiga qaytarishi lozim.
Sug‘urta shartnomasi sug‘urtalovchining tashabbusi bilan tu-
gatilganda, agar sug‘urtalanuvchi sug‘urta qoidalarini buzgan bo‘l-
sa, (masalan, sug‘urta riski oshgan taqdirda bu haqda sug‘utalov-
chini o‘z vaqtida xabardor qilmagan taqdirda) sug‘urtalovchi o‘t-
gan muddatga tegishli sug‘urta mukofotlarini olib qolishi mumkin. 
Sug‘urta shartnomasi muddatidan oldin tugatilganda sug‘urtala-
nuvchiga qaytariladigan tegishli sug‘urta mukofoti quyidagi for-
mula asosida hisoblanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling