VI bob. SUG‘URTA QOPLAMALARINING
SUG‘URTALANUVCHILAR BUHALTERIYA HISOBIDA
AKS ETTIRILISHI VA REGRESS DA’VOLAR BO‘YICHA
OPERATSIYALARNI HISOBGA OLISH
6.1. Sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta
qoplamalarining sug‘urtalanuvchi buxgalteriya hisobida aks
ettrilishi
Buxgalteriya hisobi schyotlar rejasida 4890 schyot “Boshqa
debitorlar qarzlari” keltirilgan bo‘lib, unda sug‘urta hodisasi oqi-
batida yetkazilgan zararlar hisobdan chiqariladi, kredit tomonida
esa ushbu zararlar aks ettiriladi va bu schyot quyidagi schyotlar bi-
lan korrespondensiyalanishi mumkin:
Debet 4890 – Kredit 0800 (2010, 2310, 2510 va boshq.)
Sug‘urtalanuvchi sifatida ishtirok etayotgan sug‘urta kompa-
niyasi uchun ham sug‘urta hodisalari bo‘yicha yo‘qotishlar ushbu
provodka orqali aks ettiriladi:
Debet 4890 – Kredit 0800 (2010, 2310, 2510 va boshq.)
Sug‘urta kompaniyasidan olingan sug‘urta qoplamalari 5110
yoki 5210 schyotlarning debeti va 4890 schyotning krediti orqali
amalga oshiriladi:
Debet 5110 (5210) – Kredit 4890
Sug‘urta qoplamasi evaziga qoplanmaydigan zarar 9720 schyot
“Favqulodda zararlar”ga o‘tkaziladi:
Debet 9720 – Kredi 4890
Agar sug‘urta shartnomasi asosida biror korxonaning xodim-
lari korxona hisobiga sug‘urtalangan va shartnomada sug‘urta
qoplamasini korxonaning hisob raqamiga o‘tkazib berilishi nazar-
da tutilgan bo‘lsa, ushbu holatlar ham yuqoridagi schyotlarda aks
ettirilib, 6710 schyot “Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hi-
soblashishlar” bilan korrespondensiyalanadi.
67
Do'stlaringiz bilan baham: |