Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 4070 – Kredit 5010 (5110) 
 
Agar sug‘urta qoplamasi to‘lanishi zarur bo‘lgan taqdirda, su-
g‘urtalanuvchi tomonidan ssuda o‘z vaqtida qoplanmagan bo‘lsa, 
ssuda qarzi va foizi sug‘urta qoplamasidan chegirib qolinadi. Ush-
bu operatsiya quyidagi provodkalar orqali hisobga olinadi: 
 
Debet 6030 – Kredit 4070 
 
Ssuda bo‘yicha foizlar summasiga 
Debet 6030– Kredit 4830 “Olinadigan foizlar” 
 
Ma’lumki, qayta sug‘urtaga berilgan sug‘urta shartnomalari bo‘-
yicha sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchining oldida to‘liq sug‘urta 
summasi doirasida javobgar bo‘ladi. Shuning uchun barcha pro-
vodkalar to‘liq sug‘urta summasiga nisbatan amalga oshiriladi.
Moliyaviy natijalarni aniqlashda 2210-2220 schyotlarning de-
bet tomonidagi qoldig‘i 2010 “Sug‘urta ishini yuritish xarajatlari” 
schyotining debetiga o‘tkaziladi: 
Debet 2010 – Kredit 2210 (2220) 
 
Hisobot davrining oxirida 9431 “To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘-
yicha o‘tgan davrlarda sodir bo‘lgan, o‘tgan davrda xabar qilingan 
sug‘urta hodisalari bo‘yicha sug‘urta tovonlari” schyoti va 9432 
“To‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta bo‘yicha o‘tgan davrlarda sodir bo‘l-


62 
gan, lekin hisobot davrida xabar qilingan sug‘urta hodisalari bo‘yi-
cha sug‘urta tovonlari” schyoti 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” 
schyoti bilan bog‘langan holda yopiladi: 
Debet 9910 – Kredit 9431 (9432) 
5.2. Noto‘g‘ri tartibda to‘langan sug‘urta qoplamalarini 
qaytarishni buxgalteriya hisobida rasmiylashtirish tartibi 
Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchi yoki naf oluv-
chining sug‘urta qoplamasini olish huquqidan mahrum qiluvchi 
holatlar aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa va sug‘urta qoplamasi sug‘urtala-
nuvchiga to‘langanidan so‘ng mazkur holatlar sug‘urtalovchi to-
monidan aniqlangan taqdirda, sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchi yo-
ki sug‘urtalovchidan sug‘urta qoplamasini qaytarib undirib olish 
uchun barcha chora-tadbirlarni amalga oshirish huquqiga ega. Bun-
da sug‘urta qoplamasining qaytarilishi ikki tomonning o‘zaro ke-
lishuvi asosida amalga oshiriladi. Agar sug‘urtalanuvchi yoki naf 
oluvchi noto‘g‘ri tartibda to‘langan sug‘urta qoplamasini to‘lashni 
rad etsa, sug‘urtalovchi qonunchilikda belgilangan tartibda qopla-
mani undirish choralarini ko‘rishi mumkin. 
Noto‘g‘ri to‘langan sug‘urta qoplamasini qaytarib olinishini 
buxgalteriya hisobida qayd etish tartibini ko‘rib chiqamiz. 
2200 schyotda sug‘urtalovchi tomonidan to‘langan sug‘urta 
qoplamalari hisobi olib boriladi. Shuning uchun sug‘urta hodisasi 
yuz bermaganligi aniqlangandan so‘ng to‘langan sug‘urta qopla-
malarini qaytarib olish da’vosi ushbu schyotning kreditida aks 
ettiriladi. Bunda sug‘urta qoplamasi qaytarib olinganligi sababli
xarajatlarning kamayganligi aks etadi. Lekin ushbu sug‘urta sum-
malarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyidagi provodka orqali hisobga olish 
noo‘rin hisoblanadi: 

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling