64
Bunda sug‘urtalovchiga o‘tkazilayotgan
mulkning asosiy vo-
sita, material yoki arzon baholi tez eskiruvchi predmetlar sifatida
hisobga olinishiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur provodkada sug‘urta ob-
yektining summasi va unga yetkazilgan zarar o‘rtasidagi
farq su-
g‘urta obyektining haqiqiy qiymatini aks ettiradi.
6030 schyotning kredit saldosida sug‘urtalovchining
majbu-
riyati va uning to‘liq sug‘urta summasini to‘lashi aks ettiriladi.
Debet 6030 – Kredit 5010 (5110,5210)
Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qop-
lamasi to‘liq to‘lab berilgandan so‘nggina mulkka bo‘lgan
huquq-
larning sug‘urtalovchi foydasiga rasmiylashtirilishi nazarda tutilgan
bo‘lsa, sug‘urta qoplamasining to‘lovi quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 6030 – Kredit 5010 (5110, 5210)
va ushbu schyotning debet saldosi sug‘urtalanuvchining su-
g‘urtalovchiga o‘tkazib beradigan majburiyati hisoblanadi.
Xalqaro dengiz sug‘urtasi amaliyotida
shartnomalarning tu-
zilishida ba’zan sug‘urtalovchining birinchi sug‘urta
qoplamasini
to‘lashi bilan o‘z majburiyatidan voz
kechishi belgilanishi mum-
kin. Bunda sug‘urtalovchi sug‘urta qoplamasini to‘liq amalga oshi-
rishi mumkin. Ushbu holatlarning buxgalteriya
hisobida aks etti-
rilishi quyidagicha amalga oshiriladi.
Haqiqatda yetkazilgan zarar summasiga quyidagicha provodka
beriladi:
Debet 6030 – Kredit 5010 (5110, 5210)
Sug‘urta qoplamasining qolgan qismi sug‘urtalovchining foy-
dasi evaziga amalga oshiriladi:
Debet 8710 – Kredit 6030
Do'stlaringiz bilan baham: