Мавзу: Суғурта ташкилотларида бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети, объекти ва вазифалари


Download 2.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/125
Sana18.10.2023
Hajmi2.25 Mb.
#1707378
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125
Bog'liq
9-y-Sugurta-hisobi-va-hisobot-Oquv-qollanma-I-Ochilov-T2010

Debet 6710 – Kredit 4890 
 
Agar uzoq muddatli hayot sug‘urtasi shartnomalari sug‘urta mu-
kofotlari korxona, tashkilot yoki har qanday ish beruvchi tomoni-
dan to‘langan taqdirda, soliq qonunchiligida soliqqa tortish holat-
lari nazarda tutilgan bo‘lsa, soliqlarning ajratilishi quyidagi pro-
vodka bilan aks ettiriladi: 
 
Debet 4890 – Kredit 6410 schyot “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha 
qarz (turlari bo‘yicha)”
6.2. Regress da’volar bo‘yicha hisob-kitoblarni hisobga olish 
Mol-mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta qoplamasi to‘langan-
dan so‘ng, sug‘urta zararini yetkazganlikda aybdor bo‘lgan shaxs-
dan uni qoplashni talab etish huquqi sug‘urtalovchiga o‘tadi. Su-
g‘urtalovchiga o‘tgan sug‘urta zararini qoplashni talab etish hu-
quqi belgilangan qonunchilik va qoidalar asosida amalga oshiri-
ladi.
Sug‘urta qoplamasi to‘langandan so‘ng, sug‘urtalovchi va su-
g‘urtalanuvchi yoki naf oluvchiga zarar yetkazgan shaxs o‘rtasida 
hech qanday yangi majburiyat turi vujudga kelmaydi. Sug‘urtala-
nuvchiga zarar yetkazganlik uchun javobgar shaxsning majburiyati 
sug‘urtalanuvchining oldida qanday bo‘lgan bo‘lsa, sug‘urtalov-
chining ham oldida shunday majburiyatga ega bo‘ladi.
Shuning uchun sug‘urtalanuvchilar mol-mulkka egalik qilish 
huquqini sug‘urtalovchiga o‘tkazishda barcha mulkka tegishli bo‘l-
gan ma’lumotlar va hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi ke-
rak. Sug‘urtalovchi mazkur hujjat va ma’lumotlar yordamida mulk-
ka yetkazilgan zararni aybdor shaxslardan undirib olishi mumkin. 
Agar sug‘urtalanuvchi javobgar shaxsdan sug‘urta zararini un-
dirish huquqidan voz kechsa yoki uning aybi bilan sug‘urtalovchi 
tomonidan zararni undirishning imkoni bo‘lmasa, sug‘urtalovchi 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasini to‘lashni rad etishga haq-
li hisoblanadi. Agar sug‘urta qoplamasi to‘langan bo‘lsa, muvofiq 
ravishda tegishli sug‘urta qoplamasini qaytarishni talab qilishi hu-
quqiga ega.


68 
Sug‘urta kompaniyasi tomonidan yetkazilgan zararni aybdor 
shaxslardan undirishni hisobga olinishi 4860 schyot “Da’volar bo‘-
yicha olinadigan schyotlar” yordamida amalga oshiriladi. Mazkur 
schyotning debeti bo‘yicha sud tomonidan belgilangan sug‘urta 
kompaniyasiga qaytarilishi kerak bo‘lgan summa aks ettiriladi. 
Aybdor shaxslarning yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini o‘z 
zimmasiga olishi ushbu schyotning 9330 schyot “Undirilgan jari-
ma, penya va ustamalar” bilan korrespondensiyalangan holda hi-
sobga olinadi.

Download 2.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling