Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
Download 79.3 Kb.
|
Baxrom sugurta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vositachilik haqi
- Sugurta polisi
- Sugurta dalolatnomasi
- Sugurta mukofoti
- Sugurta puli
Kvotali qayta sug'urtalash — sug'urta kompaniyasi qayta sug'urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklami bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmivlashtiriladi. Qayta sug'urtalovchi kompaniyaga sug'urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug'urtalovchi kompaniya mutanosib ravishda ko'rilgan zarami qoplashda ishtirok etadi.
Vositachilik haqi - mijozlami sug'urtaga tortganligi uchun sug'urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug'urta brokeri. agent) to'lanadigan haq. Vositachilik haqining miqdori sug'urtaning turiga va kelib tushgan mukofotning hajmiga bog'liq holda sug'urta mukofotiga nisbatan foizlarda to'lanadi. Sug'urta polisi - sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug'urta polisida quyidagi rekvizitlar bo'lishi sharl: sug'urta kompaniyasining yuridik manzili, sug'urtalanuvchining nomi, sug'urta obyekti. sug'urta mukofotining miqdori. shartnomaning amal qilish muddati. Sug'urta qoplamasini to‘lashda sug'urtalanuvchi sug‘urta polisini sug'urta kompanivasiga taqdim etishi zarur. Sug'urta dalolatnomasi - sug'urta hodisasi ro'v berganda sug'urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo'lish sabablari, ko'rilgan zarar miqdori va boshqa ko'rsatkichlar bo'ladi. Dalolatnomaga, zarur hollarda sug'urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlaming (yong'inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo'jaligi. veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Xalqaro sug'urta munosabatlarida sug'urta dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya sertillkatiga vaqinlashadi. Sug'urta mukofoti — sug'urta xizmatini ko'rsatganlik uchun to'lanadigan haq. Sug'urta mukofotining miqdori sug'urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug'urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug'urtasida sug'urta mukofoti aniq pul birligida ko'rsatiladi. Sug'urta puli - sug'urta majburiyatini bajarish hamda sug'urta opcratsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga cga bo'lmasdan o'zaro kelishgan holda bir qancha sug'urta kompaniyalarining ixtiyoriv uyushmasi. Sug'urta puli, asosan, xavfli, yirik obyektlami sug'urtalash maqsadida tashkil etiladi. Har qavsi kompaniya o'z sug'urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali vig'ilgan sug'urta mukofotlarining bir qismini oladi. Download 79.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling