Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
Download 79.3 Kb.
|
Baxrom sugurta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sugurta summasining zararliligi
- 3. Xalqaro sugurta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar Abandon
- Avariva komissari
Sug'urta summasi — sug'urta manfaati va sug'urta riskiga mos keluvchi pul mablag'i. Xalqaro amalivotda sug'urta summasi sug'urta qoplamasi deyiladi. Sug'urta summasiga nisbatan sug'urta mukofoti aniqlanadi va sug'urta qoplamasi to'lanadi. Sug'urta summasi iborasi. ko'proq, shaxsiv sug'urtada - fuqarolaming hayoti. sog'lig'ini sug'urtalashda ishlatiladi.
Sug'urta summasining zararliligi - sug'urta summasi va sug'urta qoplamasi to'lovi o'rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko'rsatkich. Bu ko'rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko'rsatadi va undan riskni o'zgarishi ustidan nazorat o'matishda foydalaniladi. Sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug'urtalangan obyektlar soni va ulaming sug'urta summasi, sug'urta hodisalarining soni. zarar ko'rgan obyektlar soni va sug'urta qoplamasi. Sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug'urta turi yoki javobgarlik turi bo'yicha aniqlanadi. Agar zararlilik ko'rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan oshib ketsa. bu holda sug'urta summasining zararlilik ko'rsatkichi vuqori darajada ekanliligidan dalolat beradi. 3. Xalqaro sug'urta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar Abandon - to'liq miqdordagi sug'urta summasini olish uchun sug'urta- lanuvchining sug'urtalangan mol-mulkdan sug'urtalovchining foydasiga voz kechishi (sug'urtalangan kema nobud bo'lganda, u xabarsiz yo'qolganda, kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to'g'risidagi ariza voqea-hodisa ro'y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug'urtalanuvchining bir tomonlama akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug'urtalovchining roziligi talab etiladi. Avariva komissari — sug'urta kompaniyasining vakolatiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema voki yuk bo'yicha ko'rilgan zaraming xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini organadi. Sug'urta kompanivasi avariva komissarining chct clda ham, mamlakat ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, tclcfon va teleks raqamlari sug'urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug'urta polisida ko'rsatiladi. Sug'urtalanuvchi sug'urta hodisasi ro'y berishi zahoti avariya komissariga murojaat qilishi zarur. Avariya komissari mol-mulkning zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug'urta kompaniyasining topshirig'iga asosan. ko'rilgan zarami qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan ishlar to'g'risida sug'urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki yozma axborot tayyorlaydi. Download 79.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling