Mavzu: Tabiatshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I bob tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari


Download 320.99 Kb.
bet10/12
Sana19.06.2023
Hajmi320.99 Kb.
#1603074
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
STEAM TABIIY 26.05

Mavzu: O‘simliklar olami

Darsning maqsadlari:




ta’limiy: o‘simliklarning qanday ko‘paytirilishi va payvand qilinishi haqida bilim berish;


tarbiyaviy: ekologik tarbiyani oshirish, o‘lkamiz tabiatiga muhabbat hissini uyg‘otish, dala va bog‘ ishlaridagi kattalar mehnatini e’zozlash, nazariy bilimlarni amalda qo‘llay olishga ko‘niktirish;


rivojlantiruvchi: tabiatni kuzatish, tahlil qilish, tajriba o‘tkazish malakalarini rivojlantirish.


Dars kompetensiyasi: egallangan bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish va tajriba o‘tkaza olish.

Dars turi: aralash.


Dars metodi: hikoya, suhbat, savol-javob, klaster, tajriba.


Dars jihozi: darslik, rasmlar, urug‘, danak, novda, AKT.


Darsning borishi


Tashkiliy qism.

1. Salomlashish.


2. Davomatni aniqlash.


3. Fasl haqida suhbat.


Uyga vazifani so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.

Bahorda o‘simliklar hayoti mavzusidan savol-javob o‘tkazish.


Eng oldin qaysi gullar ochiladi?
Qaysi daraxtlar oldin gullab, keyin barg chiqaradi?
Qaysi daraxt oldin barg yozib, so‘ng gullaydi?
«Qora sovuq» qanday sovuq?

Savollar umumlashtirilib, o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.


Yangi mavzu bayoni.

O‘simliklar qanday ko‘paytiriladi?


Hovli, dala, gulzor va bog‘larda o‘sadigan o‘t-o‘lan, daraxt va gullar o‘simlik deyiladi. Ularning eng muhim xususiyatlaridan biri havoni tozalab turishdir.

O‘simliklar karbonat angidrid yutib, inson uchun zarur bo‘lgan kislorodni chiqaradi.


Biz shirin-shakar mevalarni maza qilib yeymiz. Ular vitaminlarga juda boy. Chiroyli gullar esa odamni o‘ziga tortadi. Ko‘ngilni ko‘taradi. Ko‘pchilik ekinlar urug‘idan ko‘paytiriladi. Paxtaning chigiti, qovun, tarvuz, handalak, qovoq, sabzi, piyozning urug‘i ekiladi. Pomidor, qalampir va karam ham urug‘idan ko‘paytirilib, keyin ko‘chat qilinadi. Kartoshka esa tugunagidan ko‘paytiriladi. O‘rik, yong‘oq, shaftolining danagi ekiladi. Anor, anjir, tokning novdasi ekib qo‘yilsa, ko‘karib ketadi. Tol, terak ham novdadan ko‘karadi. Ayrim mevali daraxtlar yaxshi hosil beradigan navlarga payvand qilinadi. Ko‘pincha olma, nok, gilos, o‘rik, shaftoli payvand qilinib, ko‘paytiriladi.


O‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
O‘simliklarning qanday foydasi bor?
Qaysi ekinlar urug‘idan ekib ko‘paytiriladi?
Qaysi mevalarning danagi ekiladi?
Mevali daraxtlar nima uchun payvand qilinishi mumkin?
Danagidan, urug‘idan, novdasidan ko‘paytiriladigan o‘simliklarni aniqlash (klaster usulida).
Darsga yakun yasash.
Uyga vazifa. 69—70- betlarni o‘qish, 47- rasmni chizish.



Download 320.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling