Mavzu: Tabiatshunoslik fanini o’qitishda zamonaviy ta’lim jarayonini tashkil etish metodlari. Reja: Kirish Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati. I bob tabiiy fanda tasavvur va tushunchalarni shakllantirishning metodik asoslari
Download 320.99 Kb.
|
STEAM TABIIY 26.05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Namangan shahridagi 86- umumta’lim maktabi 4”A” 31 4 “B”
- Foydalanilgan adabiyotlar
Xulosa Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinflarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy izlanish va mantiqiy fikrlashlarini kengaytirish bilan birga ularni darslarda o'rganganlarini hayot bilan bog'lash hamda darsga qiziqishlarini oshirishga yordam beradi. O'qituvchilarning bunday zamonaviy talablar asosida yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanib, darslarni ilg'or pedagogik hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etilishi ta'lim-tarbiya jarayonini sifatini kafolatlaydi. O‘quvchilarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani boshlang‘ich sinflarda amalga oshirishda tabiatshunoslik fani muhim rol o‘ynaydi. Bu predmetni o ‘rganish kichik yoshdagi o ‘quvchilarning shaxsiy tajribasini boyitadi, atrofimizdagi jonli va jonsiz tabiatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlar to‘g‘risida bilimlar to'plashga imkon beradi. Shuning uchun ham pedagogika oliy o ‘quv yurtlarining talabalari, ayniqsa, bo‘lajak boshlang'ich sinf o ‘qituvchilari, pedagogik o ‘quv predm eti sifatida tabiatshunosiikni o ‘qitish fanining ilmiy-nazariy va amaliy yutuqlari bilan yaxshi tanish bo'lishlari kerak. Tabiatshunoslikning o‘qitish metodikasini yaxshi bilish boshlang'ich maktab o‘qituvchisiga bolalarni o ‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi. Metodika o’qituvchini tabiatshunosiikni o‘qitish nazariyasi bilan qurollantirib, o‘qitish mahoratini egallab olishiga imkon yaratadi. O‘quv materiallarining mazmunini ochib berishda xilma xil o ‘qitish metodlaridan foydalanishga turlicha yondashish mum kin. U yoki bu m etodni tanlashda o'qituvchi shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlash metodlar rivojlantiruvchi ta‘limning vazifalarini ta‘minlasin, o‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirsin va bir paytning o‘zida qayta axborot bersin, ya’ni m uvaffaqiyatsizlik sababini aniqlash va o ‘z vaqtida yordam ga kelish uchun o‘quvchilar tomonidan yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilayotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersin. Shunga ko‘ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish, tabiat hodisalari o ‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni aniqlash o‘sha ishlarning majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim. O‘qituvchi ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etadi, boshqaradi, nazorat qiladi, baholaydi va o‘qitishdan ko‘zda tutilgan ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlami amalga oshirish orqali shaxsning har tomonlama rivojlanishiga zamin yaratadi. O‘qituvchi uchun ta’lim jarayoni o‘quvchilarning faoliyati bilan uzviy bog‘langan va mazkur jarayonni tahlil qiladigan, umumlashtirib, tegishli hollarda o‚zgartirishlar kiritadigan ish jarayoni, kasbiy pedagogik faoliyati sanaladi. Darsda o‘quvchilarning bilish faoliyati va o‘qituvchining pedagogik faoliyati bir-biriga uyg‘un ravishda tashkil etilgandagina o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish dars strukturasining asosini tashkil etadi. Shu sababli bu masalani chuqurroq o‘rganish maqsadga muvofiq. Yuqoridagilardan xulosa qilish kerakki, bo'lajak tabiiy fanlar o'qituvchisi talim-tarbiya ishlarini yuqori saviyada tashkil qilshi darkor. Xususan: -mashg'ulotlarni davlat ta'lim standartlariga muvofiq holda tashkil qilish va olib borish; -darslarlarni zamonaviy pedagogic usullar va AKT vositalari asosida tashkil qilish; -talimni tarbiya bilan uzviy holda olib borish, o'quvchilarning manaviy-marifiy ongini shakllantirish va h.k. kabi vazifalarni oqilona hal etish lozim. Aytish joizki, multimedia ilovalarini har bir darsda qo'llash natijasida o'quvchilarda mustaqil, ijodiy fikrlash yana-da rivojlanadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, axborot kommunikativ vositalarining boshlang'ich sinf darslarida qo'llanilishi va darsning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi № PQ-3931-sonli Qarori. "Science and Education" Scientific Journal Volume 1 Issue 3 June 2020 399 w 2.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to„g„risida”gi PF-5712-son farmoni 3.3-sinf. Tabiiy fanlar o„qituvchi kitobi. 2022.3.SuyarovK.T va boshqalar. Tabiiy fanlar. 4. 6-sinf uchun darslik. -Toshkent. Respublika ta’lim markazi, 2021.–136b. 5.Nuriddinova M.I.Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasi.O’quv qo’llanma.T., 2005. Download 320.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling