Mavzu: Talab va taklif elastikligi körsatkichlarining bozor holati tahlilidagi örni. Reja: Kirish
Elastiklik nazariyasi. Talab va taklif nazariyasi va uning o’zgarishi
Download 0.67 Mb.
|
talab va taklif kurs iwi
2. Elastiklik nazariyasi. Talab va taklif nazariyasi va uning o’zgarishiElastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi. Tаlаb qоnunigа аsоsаn istе′mоlchilаr nаrх аrzоnlаshuvi tа′siridа ko`prоq tоvаr хаrid qilishgа mоyil bo`lаdilаr. Аmmо, istе′mоlchilаr tаlаbining nаrх o`zgаrishigа munоsаbаti tоvаrning хususiyatigа ko`rа turlichа bo`lishi mumkin. Аyrim tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishigа nisbаtаn istе′mоlchilаrning sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi vа nаrхdаgi оzginа o`zgаrishlаr tа′siridа tоvаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоri sеzilаrli dаrаjаdа o`zgаrаdi. Оdаtdа qimmаtbаhо buyumlаr nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi yuqоri bo`lаdi. Mаsаlаn, yеngil аvtоmоbillаr nаrхining оshishi ungа bo`lgаn tаlаbning sеzilаrli qisqаrishigа оlib kеlаdi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn elаstik tаlаb dеyilаdi. Ikkinchi tur tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Ko`pinchа kundаlik ehtiyoj vа zаrurаt buyumlаri nаrхigа nisbаtаn istе′mоlchilаr tаlаbining sеzuvchаnligi pаst bo`lаdi. Mаsаlаn, оziq-оvqаt, dоri-dаrmоn, gugurt kаbi tоvаrlаr nаrхining o`zgаrishi ulаrgа bo`lgаn tаlаb miqdоrigа sеzilаrli tа′sir ko`rsаtmаydi. Bundаy tоvаrlаrgа bo`lgаn tаlаb nоelаstik tаlаb dеb аtаlаdi. Elastiklik koeffitsienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikka ega bo`lgan talablarga ajratish mumkin. Talab elastikligi narxdan tashqari, daromadga ham bog`liq. Ko`pgina tovarlarga talab, iste′molchilar daromadi oshganda oshadi. Daromad bo`yicha elastiklik, bu daromadni R (Revenue) bir foizga o`zgarishi talab miqdorini (Q) necha foizga o`zgarishini bildiradi. Bitta tovarga bo`lgan talabga boshqa bir tovarning narxi ta′sir ko`rsatadi. Bunday bog`liqlikdagi talab o`zgarishiga narxga bog`liq kesishgan talab elastikligi deyiladi. Kesishgan talab elastikligi - bu boshqa tovarlar narxi bir foizga o`zgarganda, tovarga talabning necha foizga o`zgarishini bildiradi. Bu yerda taklif va talab chiziqlari yordamida qanday qilib elastiklikka oid hisob-kitoblar amalga oshirilishini qarab chiqamiz. Buning uchun bozor ma′lumotlariga muvofiq talab va taklifning chiziqli grafiklarini qarab chiqishimiz kerak (biz hozir statistik usullar orqali quriladigan chiziqli regressiya tenglamalarni hisoblashni qaramaymiz.) Faraz qilaylik, biror tovar uchun ikkita miqdor berilgan bo`lsin: tovar narxi va uning miqdori. Bu ko`rsatkichlar bozorda muhim ko`rsatkichlar hisoblanadi (ular o`rtacha ko`rsatkichlar bo`lib, bozordagi muvozanatlik holatida aniqlangan, yoki bozordagi shart-sharoitlar turg`unlashgan davrdagi ko`rsatkichlar bo`lsin). Bu ko`rsatkichlarni muvozanat ko`rsatkichlari deb qaraymiz va quyidagicha belgilaymiz: muvozanat narx
Bu ko`rsatkichlarning, ya′ni Pe,Qe,ES va ED son miqdori, faraz qilaylik, statistik hisob-kitoblar orqali aniqlangan va ular asoslangan bo`lsin. Berilgan ma′lumotlar asosida talab va taklif chiziqlarini chizamiz. Talab va taklif chiziqlari yordamida, talab va taklif miqdorining, narxning o`zgarishini, berilgan tovar miqdorining boshqa tovar narxiga nisbatan o`zgarishini va boshqa ko`rsatkichlarni hisoblash mumkin. Talab va taklifning grafigini chizamiz (2.4-rasm). 8 Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling