Badiiy asarni tahlil qilish bosqichlari
I bosqich
Ifodali o‟qish
va asar
mazmunini
o‟zlashtirish
II bosqich
Lug„at
ustida
ishlash
III bosqich
Savol-
topshiriqlar
ustida
ishlash
IV bosqich
Badiiy asar
tahlili orqali umumiy xulosalarga kelish
Dastlab ruboiy matni bilan tanishiladi. Masalan:
Yo„q dahrda bir besar-u somon mendek,
O„z holig„a sargashta-yu hayron mendek.
G„am ko„yida xonumoni vayron mendek,
Ya‟niki aloxon-u alomon mendek.
Navoiy juda ko„plab ruboiylar yaratgan bo„lib, ulardan 133 tasi “G„aroyib us-sig„ar” devoni tarkibiga kirgan. Devondan o„rin olgan ruboiylar falsafiy, ijtimoiy, axloqiy-ta‟limiy, ishqiy mavzularda bitilgan.
Ruboiy ifodali o„qilgach uning mavzu yo„nalishi aniqlanadi. Hasbi hol ko„rinishidagi bu ruboiyda oshiqning iztirobli kechinmalari ifodalangan. Ruboiy mazmunini anglashda ma‟nosi notanish so„zlar izohlanadi.
Dahr – zamon
Besar-u somon – bechora, qashshoq, besaranjom Sargashta – boshi aylangan Ko„y – ko„cha
Xonumon – ro„zg„or buyumlari
Aloxon-u alomon – xonavayron, uy-joysiz
Ruboiyda kuzatilgan lingvo-poetik ifoda, sintaktik hodisa – inversiya, poetik sintaksis – metafora hodisasi o„rganiladi.
Ruboiydagi qofiyadosh sozlar (muqayyad qofiya) va radiflar aniqlanadi.
Masalan:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |